O‘lchashlarning sifat mezonlari Metrologiyaning asosiy aksiomalari va postulatlari Etalonlar, ularning tabaqalanishi


Metrologiyaning asosiy aksiomalari va postulatlari


Download 111.75 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi111.75 Kb.
#1513423
1   2   3   4
Bog'liq
Sifat mezonlari

Metrologiyaning asosiy aksiomalari va postulatlari
1-Aksioma. Aprior ma’lumotsiz о‘lchashni bajarib bо‘lmaydi.
Dastlab "aprior ma’lumot" degan tushunchaga izoh berib o‘tamiz. Aprior sо‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “a rriori - oldin keluvchi, dastlabki” ma’nosini bildirib, boshlang‘ich, muayyan voqea, voqelik yoki tajribagacha bо‘lgan ma’lumotlar, bilimlar majmuini anglatadi. Bu sо‘z bilan ketma-ket keluvchi yana bir tushuncha bor - aposteriori, (a rosteriri) ya’ni keyingi, orqadagi, tugallanuvchi degan ma’nolarni bildiradi. Bu sо‘zlarni fanga ilk bor qadimgi grek faylasuflari kiritganlar. Ularning talqinicha, har bir inson anglaydigan ilm, ma’lumot yoki axborot muayyan bir tajribadan, voqelikdan yoki amal (saboq olish, yodlash, о‘qish va shu kabilar) dan sо‘ng mujassamlashadi. Hosil qilingan axborot keyingi amallar mobaynida ortib boradi va ma’lum bir davrdagi aposterior ma’lumot aprior ma’lumotga aylanadi.
Shunday qilib, о‘lchashlar nazariyasi nuqtai nazaridan qaraydigan bо‘lsak, muayyan о‘lchashni amalga oshirishdan oldin shu о‘lchashga tegishli bо‘lgan ma’lum doiradagi ma’lumotlar aynan aprior ma’lumotni bildiradi. Agar bizda mana shu ma’lumotlar bо‘lmasa, u holda umuman о‘lchash tо‘g‘risidagi tushunchaning о‘zi shakllana olmaydi ham.
2- Aksioma. Har qanday о‘lchash - taqqoslash (solishtirish) demakdir. О‘lchash degani, sodda qilib aytganda olingan ob’yektda tekshirilayotgan kattalikning miqdori uning birlik sifatida qabul qilingan miqdoriga nisbatan qanchalik kо‘p yoki kam ekanligini aniqlashdir. Masalan, sinf xonasining uzunligini o‘lchab, uning uzunligi 10 m ga tengligini aniqladik. Demak, bu sinfxonasining uzunligi uzunlik birligi etaloni uzunligi (1 m) ga nisbatan 10 marta katta ekan.
3- Aksioma. О‘lchash amalidan olingan natija tasodifiydir.
Har qanday buyum yoki detal o‘lchamlarini o‘lchash asboblari yordamida bir necha marta takror o‘lchaganimizda o‘lchash natijalari turlicha bo‘lishini kuzatamiz. Bunda o‘lchash obyekti, o‘lchash asbobi va o‘lchash sharoiti o‘zgarmasada, natijalar turlicha bo‘lmoqda. Buning sababi tasodifiylik degan tushuncha bilan bog‘liq.
Metrologiyaning asosiy postulatlari. Har qanday o‘lchanadigan kattalik o‘zining chinakam qiymatiga ega. Chinakam qiymat kattalikni miqdor jihatdan har tomonlama, bekami-kо‘st va butkul tavsiflaydigan qiymat hisoblanadi. Ammo, uni aniq о‘lchash imkoniyati mavjud emas.
Modomiki, chinakam qiymatni о‘lchash imkoni yо‘q ekan, о‘lchash amalida qiymati unga yaqin bо‘lgan va uni о‘rniga ishlatilishi mumkin bо‘lgan boshqa qiymat, ya’ni haqiqiy qiymat qо‘llaniladi. Bu xususda metrologiyaning uchta asosiy postulatlari mavjud:

Download 111.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling