O’lchov asosining yaratilishi Og’irlik o'lchov birliklari tizimi


Download 43.99 Kb.
bet5/7
Sana21.04.2023
Hajmi43.99 Kb.
#1371919
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’RTA OSIYODA DAVLATLARINING O\'LCHOV BIRLIKLARI

Og’irlik o'lchov birliklari


Og’irlik o'lchov birliklari – narsalaming miqdorini ifodalash uchun qo'llaniladigan o'lchov birliklari. Ajdodlarimiz og'irlikni o'lchashning bir qancha turlarini asta sekinlik bilan kashf qilib keldilar. Avvallari narsalaming miqdori faqat biror sig'imga ega bo'lgan idish bilan o’lchangan bo'lsa, keyinchalik ba'zi o'lchov vositalari yordamida aniqlanadigan bo'ldi. Natijada og'irlik o'lchash uchun yuzlab o'lchov va o'lchov birliklari kashf etildi.
Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Zahriddin Muhammad Bobur asarlarida juda ko'plab o'lchov birliklari keltirilgan. Ularning ko'pchiligi hozirgi kunda ham o'z kuchini yo’qotmagan. Misqol, pud, botmon, karb o'lchov birlikla-riga ko'p duch kelamiz. Bu o'lchov birliklari xalqimiz hayotida keng qo'llanilibgina qolmasdan, iyyor-o'lchov va o'lchash ishlari bilan shug'ullanuvchi shaxslar bo'lib, ular metall sofligini sinash, bozor-dagi tosh tarozilar to'g'riligini, muomladagi oltin va kumush pullar-ning sofligini tekshirib, og'irligini o'lchash bilan shug'ulanganlar.
BIRLIKLARI TIZIMI.
1 misqolning og'irligini o'zlari yetishtirgan arpa (yoki bug'doy) donidan yo’z donasining og'irligiga tengladilar. Agar bir dona arpa donini qadimda o'rtacha 0,0409512 g ga teng qilib olishganini hisobga olinsa, u holda 1m=100 arpa doni =100x0,0409512 = 4,09512 g bo'ladi. Lekin arpani yetishtirish davri, joyi va sharoitga qarab, uning katta-kichikligi, ya'ni og'irligi ham har xil bo'lgan. Quyida misqol qanday qiymatlarga ega bo'lganligi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan: Xorazimda 14 - asrda va undan oldin 1 arpa doni 0,0455 g deb qabul qilingan, 1 m-4,55 bo'lgan, 19 - asrga kelib 1 arpa doni =0,0453 g, 1 m = 4,53 g bo'lgan. Buxoroda misqolning ikki xil qiymati bo'lgan : 1 misqol =96 arpa doni= 4,8 g; ikkinchisi 1 misqol = 100 arpa doni =5 g bo'lgan.



Og'irlik o'lchov birlik-larining nomlari

Birliklarning qadoq bo'yicha qiymatlari

Xalqaro birliklar
tizimidagi qiymatlari

1

1 arpa doni

1.1104

0,04095=0,00004095kg

2

1 misqol=100 arpa doni

1-102

4,095g=0,004095 kg

3

1 qadoq =100 misqol

1

=

4

1 kumush tosh = 250 misqol

2,5

1023,75r =1,02375 kg

5

1 oltin tosh = 500 misqol

5

=

6

To'rtdan bir pud 1000 misqol

10

=4,095 kg

7

Yarim pul =2000 misqol

20

=

8

1 pud = 4000 misqol

40

=

9

l kichkina botmon=8 pud

320

=

10

1 botmon = 10 pud

400

=163,80 kg

11

1 katta botmon = 16 pud

640

=

12

1 eng katta botmon = 20 pud (bu ko'pincha botmon – motmon deb ham ataladi.

800

=

Samarqand xalqi 6-8-asrlardan, balki undan ham oldin og'irligi 4,46 g bo'lgan misqollarni qo'llashgan. Bu misqollar (l misqol = 4,46 g) hozirgi kunda ham mamlakatimizda, shuningdek, ba'zi sharq mamlakatlari ham qo'llanilmoqda. Farg'ona vodiysida Xorazmning 100 arpa doniga teng va qiymati 4,55 g bo'lgan misqoli qo'llanilgan ( 1 misqol= 100 arpa doni = 4,55 g). Beruniy va Ibn Sino asarlarida berilgan jadvallarda misqolning o'rtacha qiymati 4,25 g ga teng qilib berilgan.
Misqolning boshqa mamlakatlardagi qiymatlari quyidagicha bo'lgan: Misrda uning qiymati 0,195 g li 24 karat bilan aniqlanadi. Bu holda 1 misqol = 24 karat = 24 x 0, 195 = 4,68 g. Suriyada misqolning qiymati 3,14 g bo'lgan ko'paytirish yo'li bilan aniqlangan; dirham =17/12 x 3,14 = 4,4483 g bo'lgan. Iroqda bir misqol =4,46 g bo'lgan. Eronda 14-asrda 1 misqol 4,3 g ga,18 asrda 4,613 g ga, 1890 yildan keyin esa 4,639 g ga teng bo'lgan; lekin amalda 16 -asrdan boshlab misqolning 4,6 g li qiymati ko’proq qo'llanilgan. Qipchoqda 14-asrda 1 misqol = 4,41 g bo'lgan, lekin amalda og’irligi 4,46 g bo'lgan misqol ishlatilgan. Hindistonda 1 misqol = 4,583 g (Kalkutta shahrida 1 misqol = 4,415 g) bo'lgan. Shimoliy Afrikada 1 misqol = 4,72 g, Sharqiy Afrika (Mozambik)da 1 misqol = 4,41 g bo'lgan.
706-yilda Amudaryo tomon kelgan Qutayba boshliq arablar mafialliy aholining boyligiga hayratga qoldi. Ular juda katta o'ljaga – oltin idishlar, haykalcha va boshqa buyumlarga ega bo'ldi. Eritilgan tilloning o'zi 150 ming misqolga teng kelgan.
Taxmin qilishlaricha, Qutayba xazinadagi barcha tillo buyumlarni bir joyga yig'ib eritishni buyurgan. Bundan 50 ming misqol oltin hosil bo'lgan ekan.
Qadoq – og'irlik o'lchov birligi. Juda qadimdan qo'llanilib keladi. l qadoq = 409,512 g. Qiymat jixatidan 1 funtga teng bo'lgan; 1 qadoq = l funt. Funtning qiymati ishlatilishi joyiga qarab har xil bo'lgan. Masalan, Rossiyada 1 funt = 409,512 g bo'lsa, Angliya va AQSH da 1 funt = 0,45359237 kg, 453,592 g. O’rni kelganda shuni ta'kidlash kerakki, Angliya funti 453,592 g bo'lib, u Misr xinasi /Misr xinasi=0,454 kg hajmidagi suv og’irligiga teng. Bulardan ko'rinib turibdiki, o'zbek qadoqining qiymati qadimdan to hozirgacha o'zgarishsiz bo'lib, o'lchov birligi sifatida qo'llanilib kelmoqda. Chunki 40 qadoqga tenglab olingan va qadimdan to hozirgi kungacha qo'llanib kelayotgan pud hozirgi kunda ham 16,3805 g ga teng. Bunga asosiy sabab, qadoqni 1 arpa doni = 0,0409512 g va 1 misqol =100 arpa doni bo'yicha aniqlash bo'lib, unda 1 qadoq = 100 misqol 100x100 Arpa doni=409,512g ekanligidir.

Download 43.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling