O’lchov asosining yaratilishi Og’irlik o'lchov birliklari tizimi
Download 43.99 Kb.
|
O’RTA OSIYODA DAVLATLARINING O\'LCHOV BIRLIKLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arpa doni
- Foydalanilgan adabiyotlar
Ilcha – og'irlik o'lchovi birligi. 19-asrda Toshkentda 1 ilcha Toshkent botmonining 1/512 qismi, ya'ni 336 g ga, 1 ilcha 2 g'ichchaga teng bo'lgan. Agar 1 Toshkent botmoni 10,5 pudga teng bo'lsa va 1 pudning 16,3805 kg ekanligi e'tiborga olinsa, 1 ilcha=l/512 Toshkent botmoni=2 g'ichcha=335,9=336g bo'ladi.
Arpa doni – qadimdan qo'llanilib kelgan og'irlik o'lchov birligi. Ming dona arpaning og’irligi 40,9610 - 40,9514g bo'lgani uchun l dona arpaning og’irligi o'rtacha 0,0409512g ga teng, deb olingan. Avvallari mana shu og'irliklar bo'yicha misqol va qadoqlarning qiymatlari aniqlangan. Shuning uchun ham qadimda 1 misqol - 100 arpa doni = 4,0912 g bo'lgan. Lekin arpa donining katta-kichikligi qaysi zamon va qaysi o'lkada yetishtirilganligiga qarab har xil bo'lgan. Shuning uchun keyinchalik 1 arpa doni = 0,0453g deb qabul qilingan. 14-asrga kelib esa 1 arpa doni = 0,045 g bo'lgan. Hozirgi vaqtda 1 arpa donining 0,04g ga teng qiymati qo'llanilmoqda. Ba'zan 1 arpa doni 0,052 g deb ham qo'llaniladi. Arpa donining forscha nomi joudir. Uning yana boshqa nomi sha'iradir. l sha'ira 0,05 g ga teng deb qabul qilingan; o’zinlik o'lchov birligi sifatida qo'llanilgan vositalardan biri. l arpa dona arpaning eni ishchi otning 6 dona yoliga yoki barmoqning 6 dan biriga teng. 1 arpa doni = l/6 barmoq = 6 ishchi otning yoli. Agar lbarmoq 2,18-2,28 sm ga teng bo'lsa, u holda 1 arpa doni = 0,36-0,38 sm. Foydalanilgan adabiyotlar: Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelalak yo`q. –T.: Sharq. 1998. Hasanov M. Sayyoh olimlar. –T.: 1974. Ahmedov E.A. O`zbekiston shaharlari. –T.: O`zberiston. 1991. O`zberistonda etno-demografik jarayonlar. Xalqaro konferensiya materiallari. 1-2-qismlar. T.: 2005. Bobojonova D. O`zbekistonda demografik jarayonlar va ularning xususiyati. –T.: Fan, 1995. Xidirov A. Chag`oniyon tarixi. –T.: Islom universiteti.2001. Download 43.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling