Olib borayotgan ishlari
Yuqumsiz va yuqumli kasalliklar
Download 295.22 Kb.
|
Yuqumsiz va yuqumli kasalliklar
Organizmga kasallik tug'diruvchi mikroorganizmlarning kirish u yoki bu kasallikni keltirib chiqaradi. Ba'zi odamlar ko'plab kasalliklarga beriluvchan, ba'zilari beriluvchan bo'lmaydi. Masalan , qizilcha (skorlatika) 40-50% bolalardagi-na kuzatiladi. Demak, odam organizmida kasalliklarga qarshi himoya omillari, mexanizmi mavjud, deb xulosa chiqarish mumkin. Nospesifik omillarga teri va shilliq qavat kirib, ular yot zarrachalarning organizm ichak muhitiga o'tish yo'lidagi to'siq bo'lib xizmat qiladi. Bundan tashqari qon tarkibidagi fagosit hujayralar ham kiritiladi, ular qondan tashqari limfa tugunlari, so'lak bezlar, suyak iligida bo'ladi. Ular umumiy himoya omillari bo'lib, u yoki bu kasallikni tug'diruvchi mikroorganizmlarni aynan yo'qotish xususiyatiga ega bo'lmay, barchasigabir xil ta'sir ko'rsatadi va mikroorganizmlar kam sonda bo'lganda samarali xizmat qiladi. Infeksiyalarda asosiy vazifani spesifik ( maxsus) omillar bajarib, organizmda u yoki bu kasallikka qarshi ishlab chiqarilgan tanachalar yordamida biror-bir kasallikni to'ldiruvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashadi. Bunday xususiyat immunitet deb ataladi. Immunitetda organizm yot zarrachalardan himoyalanish uchun kompleks reaksiya hosil qiladi. Immunitetda biro-bir kasallikka qarshi himoya hosil qilinib, ikkinchisiga ta'sir qilmaydi. Masalan, chechakka nisbatan hosil bo'lgan immunitet qizilchaga ta'sir qilmaydi. Organizmning immun jarayoni organizmga kirgan yot zarracha (bakteriya, moddalar)- antigen deyiladi, ular organizmga xos bo'lmay, turli himoya to'siqlarini chetlab, yorib o'tib organizm ichki muhitiga kirib oladi. Organizm ularga qarshi ko'rsatuvchi tanachalar- antitelalar ishlab chiqaradi. Ba'zan o'z organizmdagi oqsillar ham antigen xususiyatga ega bo'lib qoldi. Bu zararlangan molekulalarning organizmga xos bo'lmagan tizimida qayta transformasiyasi natijasida bo'lishi mumkin. Bunday zarrchalar autoantigen, unga qarshi tanachalar autoantitela deyiladi. Autoantitelalar kuyganda, ba'zi qon kasalliklarda, revmatizmda hosil bo'lishi mumkin. Barcha oqsil, polisaxaridlar (ayrimlari) antigen xususiyatga ega. Antigenlar soni yuz minglab hisoblanadi. Organizm ularga qarshi qonda maxsus tanacha, oqsil tuzilishga ega bo'lgan-antitela ishlab chiqaradi, ular antigenlarni zararlantiradi. Hozir antiyelalarning ximyaviy tuzulishi aniqlangan bo'lib,ular gamma-globulin oqsilining shakilari hisoblanadi. Ular limfatik tugunlar,sulak bezlari,suyak ko'migida va boshqa joylarda hosil bo'ladi va qonga tushadi, organizmda aylanib yuradi. Limfositlar va monositlar ayniqsa faol ravishda antitelarni ko'p ishlab chiqaradi. Antitelalar yot zarrachalarga turli xilda ta'sir ko'rsatadi. Ba'zilari mikroorganizimlarni o'rab oladi, uchinchi xilari ularni buzib,eritib yuboradi. Bunday antitelalar presipitin lar deyiladi. Bakteriyalar erituvchilar bakteriolizin, toksin,ya'ni zaharni (ilon, hashorat,o'simlik ) neytrallashtiruvchi antitlalar antitoksin deb ataladi. Immunitet gumoral va hujayra darajasida bo'ladi. Hujayraviy immunitetda asosiy vazifani 2ta oq qon tanachalari-monositlar (makrofaglar) va T-lifositlar. Ular yot zarrachalarni,yot ho'jayralarni parchalaydi. Gumoral immunitetda antitela ishlab chiqaradigan V-limfositlar asosiy vazifani amalga oshiradi. Hozirgi immunolgiya tekshuruvlariga ko'ra «immun javob» mexanizmi ko'p bosqichlar bo'lib, asosan limfond to'qimalarda amalga oshiriladi. Organizimga tushgan antigen o'zi tushgan joy yaqinidagi limfa tugunchalarida tutilib qoladi va bu makrofaglar hosil bo'lishiga signal bo'lib xizmat qiladi. Limfa tugunning ko'rinishidir. ikkinchi usul-antitela (ziddi-zahar)hosil bo'lib, yot zarralarni zararsizlantirishda birmuncha mukammal usul hisoblanadi. Download 295.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling