Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова


Download 120.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi120.5 Kb.
#226828
Bog'liq
Akademik yozyv fan dasturi 2020-2021


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


“ТАSDIQLAYMAN”

ТАТU rektori _____________Т.Теshabayev

2020 yil “___” _________





“KELISHILDI”

Оliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

___________________

2020 yil “_____”__________









Ro‘yxatga olindi: № BD- __________

2020 yil “___” ____






AKADEMIK YOZUV

FAN DASTURI

Bilim sohalari:

300000

  • Ishlab chiqarish-texnik soha

Та’lim sohasi:

330000

  • Коmpyuter texnologiyalari va informatika

Та’lim yo’nalishlari:

5330500

  • Коmpyuter injiniring ("Коmpyuter injiniring ", "IТ-servis","Ахborot xavfsizligi","Мultimedia texnologiyalari")




5330600

  • Dasturiy injiniring




Та’lim sohasi:

350000

  • Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari

Та’lim yo’nalishlari:

5350100

  • Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Теlekommunikatsiya", "Теleradiouzatish", "Моbil tizimlar")




5350200

  • Теlevizion texnologiyalar ("Аudiovizual texnologiyalar", "Теlestudiya tizimlari va dasturlari")




5350300
5350500
5350400





  • Ахborot-коmmunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi






Fan/modul kodi

AWR1112


O‘quv yili

2020-2021


Semestr

1,2

ECTS-kreditlar

2 (1 semestr) +2 (2 semestr)

Fan/modul turi

majburiy


Ta’lim turi:

O‘zbek


Haftadagi dars soatlari

2

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Akademik yozuv

60

60

120

2.

I. Fanning mazmuni

Mazkur fan talabalarga matnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar, ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.

Bu fanni o‘qitishdan maqsad bakalavrda mutaxassislik tili, mutaxassislik terminologiyasi, mutaxassislik matni, mutaxassislik nutqi asoslarini shakllantirishdan iboratdir.

Shunga ko‘ra universitet talabalari uchun “Akademik yozuv” kursining kiritilishi maqsadga muvofiq ish bo‘ldi.

“Akademik yozuv” fani nutq madaniyati va o‘zbek tili ning boshqa sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda mutaxassislik tili va uslubi, mutaxassislik terminologiyasi va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini mutaxassislik sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar fan va texnika tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim.

Shu bois, mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, bakalavr mutaxassislik tili bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z sohasiga oid so‘zlarni va hujjatlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi.

Bo‘lajak mutaxassisning kasbiy layoqati va mahorati hozirgi davrda o‘z kasbining madaniyati asoslari hamda notiqlik me’yorlarini ham bilishni taqozo etmoqda.

Fanni o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, talabalarning yozma nutqiy ko‘nikmalarni takomillashtirish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, fikrini to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etishga o‘rganishni ko‘zda tutadi.


II. Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg’ulotlari)

Ushbu fan bo'yicha nazariy mashg’ulotlar ko'zda tutilmagan.



III. Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.

1-mavzu. Akademik nutq.Yozma va og’zaki uslub va uning xususiyatlari. Me’yor tushunchasi.

Akademik nutq tushunchasi bilan tanishtirish. Akademik nutqning yozma va og’zaki turlari haqida tushuncha beriladi. Adabiy til me’yorlari bo’yicha ma’lumot beriladi.



2-mavzu. Yozma nutq shakllari.

Yozma muloqot va uning xususiyatlari. Muvofiqlashtirish va sо‘zlarni tanlash. Yozma kommunikatsiya.Gaplarning xususiyatlari. Abzasning xususiyatlari. Yozuv texnikasi. Gaplarni tо‘g’ri yozish.



3-mavzu. Nutq uslublari.

Nutq uslublari turlari. Ularning bir-biridan farqli va o‘xshash tomonlari.

Ularning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari. Ilmiy, publitsistik, ilmiy-ommabop va rasmiy-idoraviy uslublar.

4-mavzu. Matn turlari va tarkibi. Matn tahlili va tahriri.

Matn turlari va tarkibi bilan tanishtirish, ularning farqli jihatlari, matnning tarkibi o’rganilib tahlil qilinadi. Matnni tahlil va tahrir qilishni o‘rganish.



5-mavzu. Taqdimot nutqi. Internet tili. OAV. Reklama yozish.

Bu bo'limda ommaviy axborot vositalari tili haqida ma’lumot beriladi. Reklama matnini tayyorlash,uning til xususiyatlari o'rganiladi.Talabalarga taqdimot matnlarini yaratishni o’rgatish.



6-mavzu. Ilmiy uslub janrlari (esse, loyiha, doklad, tezis, kurs ishi).

Ilmiy uslub va uning xususiyatlari. Maxsus atamalar. Ilmiy uslub janrlari haqida ma’lumot beriladi. Esse, loyiha, doklad, tezis va kurs ishining yozilish qoidalari bilan tanishtirib o‘tiladi.



7-mavzu. Maqola va uning turlari.

Maqola va uning turlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishtiriladi. Talabalarga publitsistik uslubning yozma va og’zaki turlari hamda maqola yozish qoidalari haqida to’liq ma’lumot beriladi. Ilmiy maqola va uning til xususiyatlari. Ilmiy maqolaning tarkibiy qismlari.



8-mavzu. Referat. Taqriz matni. Annotatsiya yozish.

Referat tuzilishi. Referat qismlarining tuzilishi va uning ustida ishlash bosqichlari. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari. Taqriz matni, uning tuzilishi .



9-mavzu. Dastlabki ilmiy tadqiqotni yozish.

Dastlabki ilmiy tadqiqot qismlari. Kirish. Asosiy qism. Xulosa. Dastlabki ilmiy tadqiqotning unsurari: perefraza, havola, iqtibos, sitata, abzas. Paragraflarni shakllantirish.



10-mavzu. Muloqot va kommunikatsiya jarayoni.

Muloqot jarayoni. Muloqot va uning turlari. Rasmiy va norasmiy. Kommunikatsiya. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari.



11-mavzu. Muloqot texnologiyasi va texnikasi. Muloqot shakllari. Texnologik taraqqiyotning о‘rni. Telekonferensiya va videokonferensiya. Muloqot texnikasi va uning tarkibiy qismlari. Muloqot texnikasini shakllantirishda zamonaviy pedtexnologiyalarning о‘rni. Muloqot shakllari bilan tanishtirish.

12-mavzu. Mutaxassislikka oid sо‘z va terminlarning imlosi, yasalishi va qо‘llanilishi.

Til va terminologiya. AKT terminlarining morfologik, semantik, sintaktik usulda yasalishi. AKT so‘z va terminlarini tartibga solish. Lug’atlarga yondoshuv. Abbreviaturalar.


IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar

Mustaqil ish fanning mavzulari asosida tashkil etiladi. Mustaqil ishni quyidagi topshiriqlar ko‘rinishida bajarish tavsiya etiladi:

• mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash;

• reklama matnlari yaratish;

• publitsistik maqola tayyorlash;

annotatsiya yozish;

• taqriz yozish;

• referat yozish;

• esse, loyiha, doklad, tezis yozish;

• ilmiy maqola yozish.




3.

V. Fan o‘qitilishining natijalari. (shakllanadigan kompetensiyalar)

Talabalar “Akademik yozuv” fanidan:

- o’zbek tilida rasmiy ish uslubining qonuniyatlarini;

- o’zbek tilining gap qurilishi;

- rasmiy uslubga xos til birliklarini o’rinli ishlata olishni bilishi kerak;

- o’zbek tilida sintaktik jihatdan to‘g‘ri gap tuza olishni;

- davlat tilida yetarli yozma savodxonlikka ega bo’lish, ko’nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi;

- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o’rganishda o’z bilim va ko’nikmalarini qo’llash, o’zbek tilida ish yuritish ko’nikmalarini faoliyatiga tatbiq eta olish, u yoki bu munosabat bilan o’z fikrini o’zbek tilida asosli bayon qilish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim;

- o’zbek tilining so’z boyligidan yozma nutq yaratish va uni rasmiy uslubda to’gri qo’llash hamda ulardan o’rinli foydalana bilishi;

- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo’llay olishi;

- o’zbek tilining lug’aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o’rinli foydalanish, ular yordamida o’z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo’lishi zarur.


4.

VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

• guruhlarda ishlash;

• jamoa bo‘lib ishlash;

• pedagogik texnologiyalarni qo‘llash;

• taqdimotlar qilish;

• seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);

interfaol keys stadilar;



5.

VII. Kreditlarni olish uchun talablar.

Bakalavr “Akademik yozuv” fani bo’yicha:

- bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba o’zbek tilining og’zaki va yozma nutq shakllarini to’liq o’zlashtirishi, uning so’z boyligidan grammatik bilimlar asosida to’g’ri foydalana bilishi, rasmiy hujjatlar tayyorlashda yetaril savodxonlikka ega bo’lishi zarur. Talaba ilmiy, publitsistik, badiiy adabiyotlarni o‘qib tahlil qilishi, mutaxassislik sohasida matn yaratish, matnni tarjima qilish, uni shakl va mazmun jihatdan yangilash kabi talablarni bajarishi,

joriy va yakuniy nazoratlarda beriladigan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi lozim.



6.


Asosiy adabiyotlar
1. 1. N. Jiyanova, O. Mo‘ydinova. Nutq madaniyati. – T.: “Ilm ziyo zakovat”, 2019. 221 b.
2. Xolmonova Z. Adabiy tildan ma’ruzalar umumlashmasi-T.: «O‘zbekiston», 2013, 250 b.
3. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, - T.: “Fan”, 1992, 254b.
4. Husanov.N., Rasulov, Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san`ati .-T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006.
5. М. Ахмедова. Нутқ маданияти ва профессионал нотиқлик. ТАТУ, 2017, 114б.

6. М. Аминов, А. Мадвалиев, Н.Махкамов, Н Маҳмудов. Иш юритиш (амалий қўлланма). Тошкент, 2017 й . - 440 б.

7. X.S. Muhiddinova, N. A. Abdullayeva. Rasmiy uslubning diplomatik turlari.T; 1997 y.

8. Д.А. Бабахонова. Официальный делавой стиль современного узбекского литературного языка. АКД, Т.,1987 г.

9. M.Abdurahmanova. O’zbek tili fanidan uslubiy qo’llanma. Ish yuritish tili va uslubi. T., 2018.

10. Jerald Alred, Charles Brusaw, Walter Oliu. Hahdbook of technical writing. New York, Copyright 2003.

11. Stephen Bailey. Akademic writing. Handbook for international student`s. London, 2015

Qo'shimcha adabiyotlar

1. M.X.Axmedova, K.A.Gayubova. “O‘zbek tili”. T. TATU, “Aloqachi”, 2019.

2. Mahmudov N.О‘qituvchi nutqi madaniyati. T.: «О‘zbekiston milliy kutubxonasi», 2009,188b.

3. Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003.

4. А.Н. Белов, В.Н.Белов. Корреспонденция и делопроизводство. М., 1988 г.

5. Д.В.Васильев. Делопроизводство на компьютeре. Прaктические рекомендации. М., 1999 г.

6. С.В.Усманов ва .б. Ўзбек тилида иш юритиш амалиёти. Т. 1999 й.

7. Ruscha - o'zbekcha lug‘at (2 jildli). - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2013.

8. O'zbek tilining izohli lugati (5 jildli). - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2005-2008.

9. Jumaniyozov R., Nutqiy mahorat .-T.: “Adolat”, 2005, 90 b.


Internet saytlari

1..http://solver.uz/translate.php - Русско-узбекский переводчик.

2.http://sahifa.tj/uzbeksko_russkij.aspx- Узбекско-русский переводчик.

3. http://library.ziyonet.uz/ - таълим портали.




7.

Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2020__ yil “___”_________ dagi ____ -sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020__ yil “___” _____dagi ______ - sonly buyrug‘i bilan ma’qullangan fan dasturlarini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan - sonli buyrug‘i bilan ma’qullangan fan dasturlarini tayanch oily ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlashga rozilik berilgan.

Fan dasturi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ishlab chiqildi.




8.

Fan/modul uchun mas’ullar:

Axmedova M.X.- TATU, «O’zbek va rus tillari» кafedrasi dotsenti, p.f.n Gayubova K.A. – TATU, «O’zbek va rus tillari» kafedrasi katta o’qituvchisi




9.

Taqrizchilar:

G.A.Narimova –TDPU, “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, f.f.n.



M.T.Abdurahmonova – O’z MU “O’zbek filologiyasi” kafedrasi dotsenti, f.f.n.















Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling