O’lim jazosini quvvatlovchi va unga qarshilarning asosiy dalillari
Download 22.5 Kb.
|
o\'lim jazosi
O’lim jazosiga QARSHI CHIQUVCHI
O’lim jazosi mahkum oilasiga ham shiddatli ruhiy azob beradi. Chunki mahkumning oilasi qatl etish bilan bog’liq bo’lgan barcha bosqichlardan o’tadi. Qurbonning oila a’zolari jiddiy ruhiy azob chekishi tabiiy hol. Bunday vaziyatda ular qotilga o’lim jazosi belgilanishini talab qilishlari turgan gap. Ammo davlatning o’lim jazosini qo’llash yoki qo’llamaslik haqidagi qarori ayrim kishilarning hissiyotlariga asoslanmasligi kerak. Davlat o’z qarorlarini jiddiy bahs-munozara va muhokamadan so’ng qabul qilishi maqsadga muvofiq. Zamonaviy jamiyat “jonga jon” tamoyiliga asoslanib ish tutmasligi kerak. Jinoyatchiga qarshi nafratlanish va undan o’ch olish ilinjida bo’lish hech qachon ijtimoiy muammolar yechimiga yordam bermaydi. Jazo jinoyatga yarasha bo’lishi kerak, ammo uning xuddi o’zi bo’lishi kerak, degan qoida yo’q. Biron kishini zo’rlagan kishiga jazo sifatida uni ham zo’rlash belgilanmaydi. Ko’pgina izlanishlar bergan xulosalarga ko’ra, qotillar kamdan-kam hollarda qaytadan qotillik sodir etganlar. Shuning uchun, umrbod qamoq jasozi ham qotillarni jamiyatdan to’sishda samarali bo’lishi mumkin. O’lim jazosining jamiyatga qaraydigan jihati ham kutilgan natijalarni bermaydi. Bu masalani o’rgangan olimlar o’lim jazosi va kelajakda qotilliklar sodir etilishi orasida o’zaro teskari munosabat bor degan xulosa kelmagan. O’lim jazosini umrbod qamoq jazosi bilan almashtirish davlat uchun katta xarajatga tushadi deyish har doim ham to’g’ri emas. G’arb davlatlarida mahkumni o’lim jazosiga mahkum qilish uni qamoqda umrbod saqlashdan ko’ra 2-4 barobar ko’proq mablag’ sarflanadi. Buning asosiy sabablari keti-tugamas apelyatsiya shikoyatlari va o’lim jazosini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan murakkab jarayonlardir. AQShda o’lim jazosi belgilanishi mumkin bo’lgan har bir jinoyat ishining ko’rib chiqilishi uchun davlat o’rtacha bir million AQSh dollari ko’proq mablag’ sarf qiladi. Davlat o’lim jazosini amalda qo’llash orqali jamiyatga nosog’lom o’rnak ko’rsatadi. Agar boshqa kishining jonini olish jinoyat bo’lsa, nimaga davlat o’zi shunday uslubdan foydalanishi kerak? Agar boshqa kishini jonini olish noqonuniy bo’lsa, bunday uslub bilan jazolash ham noqonuniy bo’lishi kerak. O’lim jazosi aybsiz kishilarga nisbatan qo’llanilgan holatlar talaygina. Masalan, 1973-yildan beri AQShda DNK testlari yordamida o’lim jazosiga mahkum qilinganlarning 130 tasi ozod etilgan. Bu degani qariyib 40 yil davomida o’rtacha yiliga 3-4 kishiga nohaq o’lim jazosi belgilangan. O’lim jazosi eski zamon sarqiti hisoblanadi. Bugungi kunda davlatlar o’lim jazosini amalga oshirishda otish, elektr stuli, zaxarli gaz, osish va zaxarli moddani mahkumga ukol qilish kabi qo’rqinch va vahshiy usullardan foydalanadi. Download 22.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling