ijrochi tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan yoʻllanma xat (.pdf);
ijrochi tashkilotning ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi qaroridan koʻchirma (.pdf);
amaliy yoki innovatsion loyiha matni (imzo va muhr qoʻyilgan holda pdf va .doc/.docx).
Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, koʻchirmachilikka (plagiatga) yoʻl
qoʻyilmaganligi, ushbu mavzu doirasida avval ilmiy loyiha bajarilmaganligi, tanlov talablari asosida shakllantirilganligi, shuningdek loyiha yakunida qoʻlga
kiritiladigan muhim ilmiy natijalar (yangi ishlanma, texnologiya) hamda ilmiy yo‘nalishning tadqiqot dizayniga muvofiq toʻliq asoslanganligi va soʻralgan
mablagʻlarning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq toʻgʻri hisob-kitob qilinganligi boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan
oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PQ3855-son qaroriga muvofiq, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilgan
amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan soʻng toʻliq tijoratlashtirilishi shart.
Taqdim etilgan loyihalardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi hamda tanlov gʻoliblari tomonidan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligi,
tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy
loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning masʼul xodimlari javobgar hisoblanadilar.
Taqdim etilgan loyihada keltirilgan ilmiy yangilik, nou-xau va gʻoyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qoʻyishning maqsadga muvofiqligi
toʻgʻrisida ijrochi tashkilot vakolatli tuzilmasining (xizmatining) xulosasi loyihaga ilova qilinishi lozim.
Tanlovga taqdim etiladigan loyihani amalga oshirish uchun soʻralayotgan umumiy moliyalashtirish hajmini (5-shakl) hisoblashda ushbu havolaga joylashtirilgan
hisob-kitob shaklidan foydalanish tavsiya etiladi:
http://grant.mininnovation.uz/site/example-docs
.
Do'stlaringiz bilan baham: |