“Olima ayollar” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi (78-tur) eʼlon qilinadi


Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana21.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1375419
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Olima ayollar” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi (78-tur) eʼlon qilinadi

Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF87-son Farmonining 5.2-bandida belgilangan ustuvor vazifalar doirasida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik
vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda tashkil etilmoqda.
Mazkur tanlov ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablarga muvofiq oʻtkaziladi.
Tanlov shartlari.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar 
www.grant.mininnovation.uz 
– davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali
2023-yilning 5-mayiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Loyiha ijrochilarining tarkibi faqatgina xotin-qizlardan iborat boʻlishi, ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi, shuningdek ilmiy jamoada
yosh olimalar, iqtidorli talaba va magistrantlar ishtirok etishi lozim.
Tanlovda ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida hamda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi boshqa tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan ilmiy darajaga ega
xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin.
Ijrochi tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi majlisining bayonidan koʻchirmada va loyihaning 4.6-bandida bajarilishi rejalashtirilgan ilmiy loyiha yakunida qoʻlga
kiritiladigan muhim ilmiy natija (yakuniy mahsulot, yangi ishlanma, texnologiya) quyidagi minimum talablarga javob berishi qayd etilishi (asoslab berilishi) lozim:
aniq iqtisodiyot tarmogʻidagi yoki muayyan ijtimoiy sohadagi mavjud muammoning ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilganligi (yillik talab/ehtiyoj aniq
raqamlarda koʻrsatilishi lozim);
mavjud/xorijiy (import) analoglari bilan taqqoslangan holda qiyosiy ustunligining mavjudligi (aniq raqamlarda koʻrsatilishi zarur);
tijoratlashtirish/joriy etishdan olinadigan aniq iqtisodiy (ijtimoiy/amaliy) samaraning mavjudligi.
Bizga xabar yuboring
Oʻzbekiston
Respublikasi
Innovatsion rivojlanish
agentligi
Agentlik
Ochiq
ma'lumotlar
Faoliyat
Matbuot
markazi
E'lonlar
Saytning eski talqini


28.03.2023, 15:25
“Olima ayollar” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi (78-tur) eʼlon qilinadi
https://mininnovation.uz/contest/post-1182
2/3
Tanlovga bajarilishi bir yilga moʻljallangan amaliy va innovatsion loyihalar qabul qilinadi. Bajarilishi bir yildan ortiq muddatlarga moʻljallangan ilmiy loyihalar
dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkazilmaydi va koʻrib chiqilmaydi.
Loyiha rahbari tomonidan tanlovga faqat bitta loyiha taqdim etilishi mumkin. Agar loyiha rahbari tomonidan amalda ilmiy loyiha bajarilayotgan boʻlsa, bir
vaqtning oʻzida bir turdagi ikkita loyihaga rahbar boʻlishiga ruxsat etilmaydi.
Ilmiy loyiha hujjatlarini grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida quyidagi hujjatlar asl nusxalarining pdf/doc shakli
elektron platformaga yuklanishi lozim:

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling