surat
Olimov Diyorbek Ergash o’g’li 2004-yil 11 noyabr kuni Xiva shahri Qiyot mahallasida tug‘ilgan. Hozirda Xiva shahar 16-sonli umumta’lim maktabida 11-A sinfida ta’lim olmoqda. Informatika va axborot texnologiyalari faniga judayam qiziqadi.
Informatika fani o ‘qituvchisi: Xudayberganov Xusanboy Shonazarovich.
Informatika fanidan o‘qigan o‘quv kurslari:
Erishgan yutuqlari:
One Million Uzbek Coders tanlovi ikki karra g'olibi
Robot-uz respublika robototexnika tanlovi 4-o'rin lauryati
Xalqaro informatika olimpiadasi ishtirokchisi.
O‘qituvchisi tomonidan Diyorbekka berilgan tavsifnomasi: Diyorbek tengdoshlariga nisbatan juda keng fikrlaydi. Zamonaviy bilimlarni egallashga qiziqadi va tinimsiz izlanadi. Kelajakda yurtimiz istiqboliga o‘z hissasini qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lishiga ishonaman.
Hayotdagi shiori: Ertalab maqsad qo‘ygin, kechqurun shu kun nima qildim deb o‘zingdan so‘ragin!
Tengdoshlariga yuzlanib aytar so‘zi. O'zbekiston kelajakini kodma-kod bunyod etamiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |