TOSHKENT MOLIYA INSTITUTINING
ANDIJON FAKULTETI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
YO’NALISHI 2-KURS 2-GURUH TALABASI
OLIMOVA GULSANAMNING
MIKROIQTISODIYOT VA MAKROIQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN
REFERATI
MAVZU:TADBIRKORLIK SHAKILLARI.
REJA
1.TASHKILIY-HUQUQIY TADBIRKORLIK.
2.TASHKILIY IQTISODIY TADBIRKORLIK.
3.KONSULTATIV TADBIRKORLIK.
Tadbirkorlikni shakllari bo'yicha: tashkiliy-huquqiy va tashkiliy iqtisodiy turlarga boʻlish mumkin. Tashkiliy-huquqiy shakldagi tadbirkorlik jumlasiga shirkatlar, jamiyatlar, kooperativlar kiradi.
Shirkatlar - tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tashkil etilgan shaxslar uyushmasidir. Shirkatlar korxonani tashkil etilishida ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirok etgan taqdirda tuziladi. Shirkat uyushmalarining afzalligi shundaki, ularda qo'shimcha kapitalni jalb etish imkoniyati mavjuddir.
Jarmiyatla- kamida ikki fuqaro yoki huquqiy shaxs tomonidan, ularning mablag'larini birlashtirish orqali (pul yoki natura ko'rinishida) xo'jalik yuritish faoliyatini amalga oshirish maqsadida tuziladi.
Ishlab chiqarish yoki boshqa xo'jalik yuritish faoliyatini
yo'lga qo'yish maqsadida shaxslar guruhi tomonidan tuzilgan korxona kooperativ korxona deb ataladi.
Shirkatlar mas'uliyati cheklanmagan va mas'uliyati cheklangan ikki guruhga boʻlinadi. Mas'uliyati cheklangan Jamiyat a'zolari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar hisoblanmaydi. Ular faqat o'zlari qo'shgan hissalari qiymati doirasida javobgardirlar. Bulardan farqli o'laroq, qo'shimcha masuliyatli jamiyat a'zolari o'zlarining barcha mulklari bo'yicha Javobgar hisoblanadilar.
Tadbirkorlikning eng ko'p tarqalgan ko'rinishi aksiyadorlik jamiyatidir. Ularning farqi shundaki, ularga qimmatli qog'oz - aksiya chiqarish yo'li bilan zarur mablag'ni ishlab chiqarishga jalb etish huquqi berilgan. Bu borada aksiyadorlik Jamiyati a'zolari jamiyat faoliyati yakunlari bo'yicha, o'zlari egalik qilayotgan aksiyalar qiymati chegarasida javobgar hisoblanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |