Olimova gulsanamning mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan
Download 25.32 Kb.
|
MIKROIQTISODIYOT REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Assotsiatsiya — Iqtisodiy jihatdan mustaqil boʻlgan korxonalar, tashkilotlarning ixtiyoriy birlashmasidir.
- Assotsiatsiyaga birlashishdan asosiy maqsad - ilmiy-texnika, ishlabchiqarish, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa muammolarni birgalikda hal etishdir.
- Sindikat - ortiqcha raqobatchilikni cheklash maqsadida, mahsulot sotish uchun tuzilgan bir tarmoqdagi korxonalar birlashmasidir.
Kooperativ a'zolari uchun, ularing shaxsan mehnat qilishlari yoki kooperativ faoliyatida qatnashishlari, shuningdek ular tomonidan badallarni birlashtirishi majburiydir.
Tadbirkorlikning asosiy tashkiliy-iqtisodiy shakllariga konsern,assotsiatsiya, konsorsium, sindikat, kartel, moliyaviy-sanoat guruhlarini kiritish mumkin. Konser - ko'p tarmoqli aksiyadorlik jamiyati boʻlib, korxona-lari qatnashishi tizimi orqali nazorat qiladi. Konsern tarmoqlanib chiqqan sho'ba kompaniyalarning aksiyalari nazorat paketlariga egalik qiladi. Assotsiatsiya — Iqtisodiy jihatdan mustaqil boʻlgan korxonalar, tashkilotlarning ixtiyoriy birlashmasidir. Assotsiatsiyaga birlashgan korxona va tashkilotlar ayni paytda boshqa tuzilmalar tarkibiga ham kirishi mumkin. Odatda, assotsiatsiya tarkibiga bir hududda joylashgan, bir sohaga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar kiradi. Assotsiatsiyaga birlashishdan asosiy maqsad - ilmiy-texnika, ishlabchiqarish, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa muammolarni birgalikda hal etishdir. Konsorsium - yirik moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan tadbirkorlarning uyushmasidir. Tadbirkorlarning bunday uyushmasi yirik loyihalarga mablag' sarflash imkoniga ega bo'lib, bunda tavakkalchilik bir muncha kamayadi, chunki javobgarlik ko'plab qatnashchilar o'rtasida taqsimlanadi Sindikat - ortiqcha raqobatchilikni cheklash maqsadida, mahsulot sotish uchun tuzilgan bir tarmoqdagi korxonalar birlashmasidir. Karetl – bir sohadagi korxonalaming mahsulot, xizmat narxlari, bozorni taqsimlanishi, umumiy ishlab chiqarish hajmidagi qissasi va boshqalar bo'yicha kelishuvidir. Tadbirkorlikning yangi tashkiliy - iqtisodiy shakli moliya-sanoat guruhidir (MSG). Ular sanoat, bank, sug'urta va savdo kapitalining shuningdek, korxona va tashkilotlarning intellektual potensiallari birlashmasini tashkil etadi. Firma egasi ishchilarni ishga yollash va ishdan bo'shatish huquqiga ega, shartnomalar tuzadi. Fimmaning afzalligi shundaki, uning boshqaruvi sodda, xarakat faoliyati erkin iqtisodiy mazmuni yetarlicha kuchli hisoblanadi . Kamchiliklari esa quyidagilardan iborat: moliyaviy va moddiy resurslarning cheklanganligi, rivojlangan ichki ishlab chiqarish ixtisoslashuvining va takomillashgan boshqaruv tizimining yo'qligi, javobgarlikning cheklanmaganligi. Hamkorlik korxonalar - hamkorlikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi bir necha shaxslar tomonidan tashkil etilgan firma yoki korxonadir. Bunda barcha hamkorlarga muhim huquqlar beriladi, biroq hamkorlik mas'uliyati cheklangan bo'lib, bu borada firma faoliyati bo'yicha to'liq javob beruvchi asosiy hamkorlar bilan bir qatorda, faqat ishga qo'shgan hissalari bilan javobgar bo'luvchi hamkorlar ham bo'ladi. Hamkorlik sharoitida moliyaviy masalalarini hal etish nisbatan osondir. Bunday firmada, xususiy tadbirkorlik firmadan farqli ravishda mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va boshqaruvni ixtisoslashtirilishidan foydalanish mumkin. hamkorlikning kamchiligi funksiyalar taqsimoti bo'lib, buning natijasida faoliyat yuritilishida kelishmovchiliklar va xatto manfaatlarning mos kelmasligi hollari yuzaga kelishi mumkin. Natijada kelishmovchiliklar sababli bir yoki bir necha hamkorning ishdan chiqib ketishi, hamkorlikning barbod bo'lishi havfini tug'diradi. Konsultativ xizmat mohiyati va bosqichlari. «Konsultant lotincha so'z bo'lib, maslahat beruvchi ma'nosini anglatadi. Bu soʻz orqali ma'lum soha bo'yicha maslaxat beruvchi mutaxassis tushuniladi. Chet el amaliyotida boshqaruv masalalari bo'yicha pulli maslahat berish konsalting deb nomlanadi. Menejment - konsalting mohiyati boshqaruv masalalari bo'yicha mustaqil maslahatlar berish va yordam ko'rsatish bo'lib, o'z ichiga muammolar va imkoniyatlarga baho berishda, zarur tadbirlar borasida tavsiyalar berishda va ularning bajarilishida yordam ko'rsatishda mujassamlangan. Konsalting xizmati bir marotabalik ogʻzaki maslahatlar ko'rinishida berilishi mumkin. Lekin ko'p hollarda bu maslahatlar konsalting loyihalari koʻrinishida berilib, oʻzida quyidagi bosqichlari aks ettiradi: Download 25.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling