Olimova Nilufarning 7-sinf uchun Fizika fanidan “Issiqlik miqdori


Download 439 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi439 Kb.
#1247277
Bog'liq
dars ishlanma




Buxoro viloyati Buxoro tumani


1 - IDUMning
Fizika fani o'qituvchisi
Olimova Nilufarning
7-sinf uchun Fizika fanidan
“Issiqlik miqdori (Loyiha ishi. Issiqlik o'tkazuvchanlikni aniqlash).
mavzusi bo`yicha 1soatlik ochiq


Mavzu: Issiqlik miqdori ( Loyiha ishi. Issiqlik o'tkazuvchanlikni aniqlash).
Darsning maqsadi: 1)talimiy maqsadi; Oquvchilarga Issiqlik miqdori haqida tushuncha berish;
2)tarbiyaviy maqsadi: Oquvchilarni vatanimiz fiziklarining fizika sohasida erishilgan yutuqlar orqali vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; 3)rivojlantiruvchi maqsadi: Oquvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga orgatish, issiqlik miqdori va unga doir masala yechishni organish.
Talim usuli va yoli: Bellashuv, oqituvchi bayoni, mustaqil fikrlash, amaliy ish, o'yinlar, munozara, umumlashtirish.
Kompetensiya:Axborotlar bilan ishlash
Dars jihozi: tarqatma materiallar, formula va kattaliklar yozilgan ko’rgazmalar, plakatlar,darslik.
I.Tashkiliy qism ( 2 daqiqa).
a) tozalikka e’tibor berish;
b) salomlashish ;
c) davomatni aniqlash;
d) o'quvchilarni guruhlarga bo'lish.
II.O’tilganlarni takrorlash ( 10 daqiqa)
Ichki energiya haqidagi tushunchalarni "Raketa o'yini" metodi orqali umumlashtirish va so’rash. "Fizika ingliz tilida" metodi.
III. Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa)
Issiqlik almashinuvi jarayonida jism olgan yoki yo'qotgan ichki energiya miqdorini belgilovchi fizik kattalik issiqlik miqdori deyiladi.
Issiqlik miqdori Q harfi bilan belgilanadi. Birligi XBSda joul qabul qilingan.
Oziq - ovqat mahsulotlarining energiya miqdorini kaloriyalarda hisoblash qabul qilingan. Bunda 1 kaloriya~4,2 joul.
Massasi 1 kg bo'lgan moddaning temperaturasini 1°C ga o'zgartirish uchun kerak bo'lgan issiqlik miqdorini tavsiflovchi fizik kattalikka moddaning solishtirma issiqlik sig'imi deyiladi.
Solishtirma issiqlik sig'imi c harfi bilan belgilanadi. Solishtirma issiqlik sig'imining birligi qilib Xalqaro birliklar sistema(SI)da [ c ]= J/kg×°C qabul qilingan.
Issiqlik almashinuvi jarayonida agar issiqlik yo'qolmasa, issiq jism chiqargan issiqlik miqdori sovuq jism tomonidan olgan issiqlik miqdoriga teng bo'ladi.
Issiqlik uzatilish jarayonida jismning temperaturasi t1 qiymatdan t2 qiymatga o'zgargan bo'lsa, jism olgan yoki yo'qotgan issiqlik miqdori quyidagi formulaga ko'ra hisoblanadi:
Q=cm(t2-t1)
bu yerda m -jism massasi, c-proporsionallik koeffitsienti bo'lib, unga moddaning solishtirma issiqlik sig'imi deyiladi, t1 - jismning boshlang'ich temperaturasi, t2- jismning oxirgi temperaturasi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
Yangi mavzuni mustahkamlashda o'quvchilarga tajriba ko'rsatilib beriladi. Bunda laboratoriya jihozlari menzurka, termometr, issiq va sovuq suv kerak bo'ladi. Tajribada menzurkaga issiq suv solinadi, massasi va harorati o'lchanadi. Keyingi sovuq suvni ham xuddi shunday tartibda o'lchab olinadi. Bu yerda issiqlik miqdorlarini yuqoridagi formula asosida topish o'quvchilarga vazifa qilib beriladi.
Mavzuni mustahkamlash maqsadida o'quvchilarga loyiha ishi uchun termos yasash topshirig'i beriladi. Bunda o'quvchilarga birinchi navbatda termos tuzilishi haqida, uning vazifasi haqida tushuncha beriladi.
Termos yasash qoidalari:
1) shisha idish oling;
2) shisha idishni alyuminiy folga bilan o'rang;
3) ustidan porolon materialini shisha idishga moslab qirqib oling va o'rang, yopishqoq lenta(skoch) bilan birlashtiring;
4) keyin esa yana ustidan yopishqoq lenta ( izolenta) bilan o'rab chiqiladi.
5) termos tayyor.


V. O`quvchilarni rag`batlantirish va baholash ( 2 daqiqa)
G'olib guruh aniqlanadi va darsda faol qatnashgan o'quvchilar baholanadi.


VI. Uyga vazifa . Mavzuni o’qib konspektlashtirib darslikdagi mashqni ishlab kelish, amaliy topshiriqni bajarish ( 1 daqiqa).
Download 439 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling