Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
13 
dalolat beradi. Maqbaradagi g‗ishtlarning yuksak badiiy did bilan terilganligi uning 
jahon me‘morchiligi ajoyib durdonalari silsilasidan o‗rin olishiga asos yaratgan. 
Maqbara gumbazsimon, Movarounnahr va Xuroson me‘morchiligining o‗ziga 
xos ―Chor‖ uslubida qurilgan. Me‘moriy obidaning o‗ziga xos tomoni shundaki, u 
O‗rta Osiyo arxitektura va san‘at tarixidagi dastlabki maqbaralardan biridir. Ismoil 
Somoniy maqbarasi loyihasidan tortib, hajmiy tuzilishigacha geometrik tartib asosida 
yaratilganligi uning boshqa maqbaralardan farqlantiruvchi xususiyatidir. Maqbara o‗z 
davrida somoniy amirlari dafn etilgan daxma hisoblangan. 
Hozirgi kunda me‘moriy inshoot atroflari bog‗ga aylantirilgan. U arxiologik 
qazishmalar orqali topilganligi uchun 60-50 sm pastda joylashgan. Bugungi kunda bu 
inshoot islom dunyosi ma‘rifatparvarlari va allomalarining diqqat-markazida hamda 
turistlarning sayohatgohiga aylangan. 
Maqbaraga O‗zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e‘tiborga 
to‗xtaladigan bo‗lsak, 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan 
Buxorodagi barcha obidalar qatorida Ismoil Somoniy maqbarasi ham qayta ta‘mirdan 
chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. 1993-
yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya) ―Butunjahon madaniy 
meroslari ro‗yxati‖ga kiritilgan. 
2000-yil 30-avgustda ―Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan 
foydalanish to‗g‗risi‖dagi qonun qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan 
ushbu qonunlar me‘moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.
Minorai Kalon 
 
Minorai 
Kalon 
(Katta 
Minora) 
me‘morchilik 
namunasi 
Qoraxoniylar 
davlatining Movarounnahrdagi amiri Arslon 
Bug‗roxon tomonidan bunyod etilgan. 
Arslon Bug‗roxon Muhammad ibn 
Sulaymon (to‗liq ismi Muhammad ibn 
Sulaymon 
ibn 
Dovud 
Kuchtegin 
ibn 
Tamg‗achxon 
Ibrohim, 
?-1130-1131) 
– 
Movarounnahr 
hukmdori 
(1102-1130). 
Qoraxoniylardan bo‗lgan bu amir Barqiyoruq vassalli Sulaymonteginning o‗g‗li 
bo‗lgan. U 1102-yil Samarqand taxtiga Arslonxon unvoni bilan o‗tqazilgan. 12 ming 
mamlukdan iborat qo‗shin tuzib Dashti Qipchoqqa bir necha bor harbiy yurishlar 
qilgan. Umrining oxirida falaj bo‗lib qolganligi tufayli taxtni o‗g‗illari – dastlab Nasr, 
so‗ng Ahmad bilan hamkorlikda boshqargan. Samarqand Saljuqiylar tomonidan 
egallangach (1130-yil,13-mart), Arslonxon Balxga jo‗natiladi va ko‗p vaqt o‗tmay 
o‗sha yerda vafot etadi. U Mavrdagi o‗zi qurdirgan madrasaga dafn etilgan. Arslonxon 
davrida madaniy hayot bir muncha rivojlangan. Buxoro va uning viloyatida ko‗plab 
binolar qurdirgan. Bulardan: Jarqo‗rg‗on minorasi va Masjidi Kalon yonidagi minora 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling