Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
11 
g‗alabaga erishgan Ismoil butun Movarounnahrga hokim bo‗lib oladi. 893-yilda u 
Tarozga yurish qilib Shimoliy chegaralarni mustahkamlagan.
Ismoil Somoniy maqbarasi o‗rta asrlarning rivojlangan davrida (IX-X asr), 864-
868-yillar oralig‗ida, hozirgi Buxoroning eski shahar qismida qurilgan. 
Inshoot qabr vazifasini bajarganligi sababli, uning intereri uch pog‗onali 
(to‗rtlik – to‗rt devor, sakkizlik – devordan tomga o‗tish qismi va gumbaz – tom 
ko‗rinishdagi) bir xonali kvadrat shaklni tashkil qilgan. 
Uning qurilishida pishgan g‗isht, tosh va yog‗ochdan foydalanilgan. 
Maqbaraning dizayniga to‗xtaladigan bo‗lsak, jimjima g‗ishtin bezaklari chiviqli 
to‗siq yoki qamish, bo‗yra to‗qimasini eslatadi. Devor qalinligi – 1,8 m., tarhi – 
tashqarisi 10,80x10,70 m., ichkarisi 7,20x7,20 m. Usti gumbaz bilan qoplangan. To‗rt 
burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba 
o‗rnatilgan. Devor tepasida kungirasimon darcha (40 ta). Har bir 
darcha hoshiyalangan. Ravoq tepasidagi qanos g‗ishtin 
tangachalar marjoni bilan chegaralangan. Ikki chetiga mayda-
mayda g‗ishtdan chorsu tumor yasalgan. Bino ichkarisi 
tashqaridagi bino bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, uslub jihatidan bir 
xil. Ichki devor gumbaz osti bag‗alidagi ustma-ust ravoqchalar –
ustunchalarga tayangan. Ravoqchalar 8 qirrali gumbaz asosini 
tashkil qiladi. Qirralar burchagiga gumbazga tirgaklik qiluvchi 
ustunchalar ishlangan. Arxeologik qazilma vaqtida (1927) xona 
sahnida 2 yog‗och sag‗ana borligi aniqlangan. Ismoil Somoniy 
maqbarasi 4 tomoni bir xil chordara shaklida, uning tuzilishida 
qadimiy sug‗d me‘morchiligining an‘analari saqlanib qolgan buyuk me‘moriy asar.
Ismoil Somoniy maqbarasi jahon me‘morchilik va binokorlik maktablarining 
noyob asari hisoblanadi. Tengi yo‗q bu arxitekturaviy yodgorlikni arxitektorlar va 
binokorlar faxr bilan tilga oladilar, tarixchilar yaratilishini o‗rganadilar, san‘at ahli esa 
uning tasvirlarini turli xil buyumlarda sevib aks ettiradilar. 
Ismoil Somoniy maqbarasi IX asrda Buxoroda me‘morchilik san‘ati, binokorlik 
texnikasining naqadar yuksalganligini va rivojlanganligini ko‗rsatadi. Ana o‗sha 
davrdan boshlab binokorlikda yuqori sifatli pishgan g‗isht, albastrli qorishmalar 
ishlatilgan. 
Ushbu nodir obidani tiklashgacha bo‗lgan davrda Buxoroda matematik bilimlar, 
xususan geometriya juda yaxshi rivojlangan. 
Professor M.Bulatov tomonidan uni barpo etishda qo‗llanilgan handasa 
qoidalari va qonuniyatlarini o‗rganish asosida doktorlik dissertatsiyasi yozilganligi 
ham bejiz emas. Hali inshootning o‗rganilmagan qanchadan-qancha qirralari, 
qonuniyatlari, qoidalari, qurilish usullari bor.
Yuksak professional darajada barpo etilgan bu tarixiy yodgorlik o‗sha davrdagi 
eng tajribali quruvchilarni, eng qobiliyatli me‘morlarni loyihalash va qurilish usullari 
bilan qurollantirganligi, ularning bilim va malakalarini nechog‗lik oshirganligi sir 
emas. 
Ismoil Somoniy maqbarasi markazlashma inshoot bo‗lib, uning asosiy hajmini 
to‗rt devori ko‗tarilgan sari bilinar-bilinmas yengil qiyshaytirilgan kub va fazoviy 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling