Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masjidi Kalon
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 19 yangi qurilgan masjid joylashgan hudud zamonaviy talablarga mos qilib obodonlashtirildi. Me‘moriy obidaga hukumatimiz hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, madrasa YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. 1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya) ―Butunjahon madaniy meroslari ro‗yxati‖ga kiritilgan. Masjidi Kalon Masjidi Kalon inshooti o‗rta asrlarning noyob me‘morchilik namunasi bo‗lib, uning o‗rnida dastlab qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida Juma masjidi bunyod etilgan. Shayboniylar davrida esa u Masjidi Kalon sifatida qayta qurildi. Masjidning hozirgi ko‗rinishi Shayboniylar sulolasiga mansub xonlar tomonidan bunyod etilgan. Me‘moriy obidani bunyod ettirgan shaxslar haqida gapiradigan bo‗lsak, inshootning ko‗pgina qismlari Ubaydullaxon, Abdulazizxon va Abdullaxon davrida qurilgan. Abdulazizxon (1509-1550) – Shayboniylardan, Ubaydullaxonning o‗g‗li, Xorazm hokimi (1538-1539). Otasining vafoti (1540)dan so‗ng mamlakatda ikki hokimiyatchilik yuzaga kelib, Abdulazizxon Buxoro xoni (1540-1550), Ko‗chkinchixonning o‗g‗li Abdulatifxon esa Samarqand xoni (1540- 1551) bo‗lgan. Abdulazizxon o‗z hukmronligi davrida davlat va aholi manfaatlarini ko‗zlab qaror islohotlar o‗tkazgan, ayrim soliqlar (tanob puli, tafovut va tavfiri va b.)ni bekor qilgan, Buxoro atrofini yangi devor bilan o‗rashga kirishgan (uni Abdullaxon II bitkazgan bo‗lib, XX asr boshlarigacha saqlangan). Bundan tashqari u Buxoroda madrasa, ulkan kutubxona, Bahouddin Naqshband qabristonida xonaqohlar bunyod ettirgan. Abdullaxon (to‗liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon) (1534, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‗i – 1598, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) – o‗zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma‘rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‗lgan. Otasi Iskandar sulton o‗g‗li tug‗ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik, aftidan aka-ukalaridan biri vafot etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‗idan qattiq kurash olib borgan. Abdullaxon II hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san‘at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi. Buxoroning eski shahar qismida joylashgan Masjidi Kalon rivojlangan va so‗nggi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling