Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
16 
Uning qurilishida har xil o‗lchamdagi pishgan g‗isht, tosh, maxsus ―qir‖ 
qotishmasi va shu kabi mahsulotlardan foydalanilgan. Inshoot O‗n ikki qirrali supa 
asosga o‗rnatilgan g‗o‗la (quyi qismining diametri 6,19 m., yuqori qisminiki – 2,81 
m.) shaklida rangdor, pishiq g‗ishtlardan qurilgan. Bir paytlar yonida mavjud bo‗lgan 
masjid tomonidan kirib, yuqoriga aylanma zinapoya orqali chiqilgan. Bo‗rtma naqshli 
10 belbog‗ bilan qismlarga ajratilgan, har bir qismi bir-
biriga o‗xshamaydigan qilib g‗isht terib naqshlangan, 
quyisidagi naqshlar orasida qurilgan yili va qurdirgan 
shaxs (Sadr Burhoniddin Abdulaziz II)ning nomi kufiy 
uslubida yozilgan. Minoraning uchi kengaytirilib, qafasa 
ishlangan (diametri 3,66 m), g‗isht terib ishlangan 10 
ravoq orasida 10 darcha hosil qilingan, darchalarning 
quyisi g‗isht panjara bilan to‗silgan. Minoraning tashqi 
ko‗rinishi ko‗p jihatdan Minorai Kalonga o‗xshaydi, lekin 
muqarnaslari ancha sodda. Minora supasi tuproq ostida 
qolgan, qurilgan paytida uning balandligi 2,3 m bo‗lganini 
arxeologik tadqiqotlar ko‗rsatadi. Minoraning umumiy 
balandligi esa 40,3 metr. 
Minora Sharq me‘morchilik an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, minora 
uslubida bunyod etilgan.
2004-yil minora qafasasining tepa qismi yopildi va hozirda minora yonida 
saqlanib qolgan madrasa mahalliy aholining e‘tiqodi uchun masjid vazifasini o‗tab 
kelmoqda. 
 
 
Ulug‘bek madrasasi (Buxoro) 
 
Buxoro shahrida joylashgan Ulug‗bek 
madrasasi Muhammad Tarag‗ay Ulug‗bek 
tomonidan bunyod etilgan 

Amir 
Temurning 
kenja 
o‗g‗li 
Shohruxning to‗ng‗ich o‗g‗li bo‗lib, 1394-yil 22-
martda Eronning Sultoniya shahrida tug‗ilgan. U 
1409-yil 
otasi 
Shohruxning 
yordamida 
Movarounnahr taxtini egallaydi va u yerda 40 yil, 
1449-yilgacha hukmronlik qilgan. U buyuk olim 
bo‗lib, 
astronomiyaga 
oid 
―Ziji 
jadidi 
Ko‗ragoniy‖ asarini, tarixga oid ―To‗rt ulus tarixi‖ asari va musiqaga oid 5 ta risola
yozgan.
Madrasa qurilishi o‗rta asrlarning so‗nggiga to‗g‗ri keladi. U XV asrning 
birinchi choragida, ya‘ni 1417-yilda qurib bitkazilgan.
Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bu obida Buxoro 
shahrining eski shahar qismida, Abdulazizxon madrasasi ro‗parasida bunyod etilgan. 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling