Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 18 Ulug‘bek madrasasi (G‘ijduvon) Buxoro viloyatining G‗ijduvon tumanida joylashgan Ulug‗bek madrasasi Muhammad Tarag‗ay Ulug‗bek tomonidan bunyod etilgan U Amir Temurning kenja o‗g‗li Shohruxning to‗ng‗ich o‗g‗li bo‗lib, 1394-yil 22-martda Eronning Sultoniya shahrida tug‗ilgan. U 1409-yil otasi Shohruxning yordamida Movarounnahr taxtini egallaydi va u yerda 40 yil, 1449-yilgacha hukmronlik qilgan. U buyuk olim bo‗lib, astronomiyaga oid ―Ziji jadidi Ko‗ragoniy‖ asarini, tarixga oid ―To‗rt ulus tarixi‖ asari va musiqaga oid 5 ta risola yozgan. Madrasa qurilishi o‗rta asrlarning so‗nggiga to‗g‗ri keladi. U XV asrning birinchi yarmida, ya‘ni 1414-1433-yillarda qurib bitkazilgan. Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bu obida Buxoro viloyatining G‗ijduvon tumanida bunyod etilgan. Madrasa qurilishida xom va pishgan g‗isht, loy, yog‗och, maxsus ―qir‖ qotishmasidan va shunga o‗xshash ashyolardan foydalanilgan. Madrasa bir qavatli, murabba tarhli (33x30 m), masjid, darsxona va yotoqxonadan iborat. Peshtoqi chuqur ravoqli. O‗rtada miyonsaroy, 2 yonida masjid va darsxona (8x4,6 m), burchaklarida guldasta joylashgan. Miyonsaroy to‗ridagi eshikdan hovliga chiqiladi. Hovli (15x13 m)ning 2 yonida 5 ta hujra bo‗lib, uning 4 tasi murabba tarhli, tomi qubbali. Bizgacha Ulug‗bek madrasasining bosh tarzi (XV asr), unga tutashgan ayvon va minora saqlangan. 1933-yilda V.Shishkin, V.Nil‘sen va I.Notkinlar arxeologik tadqiqotlar asosida madrasaning o‗lchamlarini aniqlagan. Bosh tarzida Ulug‗bek nomi va qurilgan sanasi yozilgan. Madrasaning g‗arbida shayx Abduxoliq G‗ijduvoniy qabri joylashgan. G‗ijduvoniyning 890 yilligi (1993) munosabati bilan Ulug‗bek madrasasi ta‘mirlangan. Bosh tarzi Peshtog‗i yoniga ustunli, tekis tomli ayvon (bostirma) qurilib, ichi koshin bilan bezatilgan, peshtoq yonlaridagi hujralarga bosh tarzidan kiriladigan eshik, tobadonlarga ganchkori panjaralar o‗rnatilgan. Madrasa qo‗shminorali, Sharq an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, gumbazli, arkli, ―Chor‖ uslubida qurilgan. Uning o‗ziga xos tomonlaridan biri esa, Ulug‗bek tomonidan Samarqand va Buxoroda qurilgan madrasalarning eng kichik va soddarog‗i. Bundan tashqari, madrasa bu davrda qurilgan boshqa me‘moriy obidalardan o‗zining me‘moriy yechimi bilan ajralib turgan. Madrasa o‗z davrida tolibi ilmlarga ma‘rifat tarqatadigan ilm maskani vazifasini bajargan bo‗lsa, darveshlar va musofirlar uchun boshpana ham bo‗lgan. Mustaqillik yillarida Abduxoliq G‗ijduvoniyning 890 yilligi (1993) munosabati bilan Ulug‗bek madrasasi ta‘mirlangan. Serhasham naqshinkori bezaklari tiklangan. G‗ijduvoniy daxmasi ustiga 2003-yili tomi ustunli yog‗och o‗ymakori gumbaz bilan yopilgan ayvon qurildi. Daxma bezaklari qaytadan tiklandi. Madrasa oldi, daxma va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling