Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
26 
masjidning o‗rtasidan Shohrud arig‗i o‗tgan. Lekin bu ariq 1930-yillarda ko‗milib 
ketgan. Madrasaning sharqiy tarafi ikki qavatli, yon va orqa tomonida bir qavatli 
hujralar va mezana mavjud. Peshtoqning g‗arbidagi ravoq ustidagi qanosi 
o‗simliksimon sirkori naqshlar, kitoba qismi esa suls xati bilan bezalgan. Kiraverishda, 
o‗ngda xonaqoh-masjid (darsxona) bor. O‗rtadagi hovli (25x35 m)ning to‗rt tomoni 
hujralar bilan o‗ralgan. Xo‗ja masjidi kirish peshtoqi, hovli atrofi g‗ishtin ravoqli 
ayvonlar, xonaqoh va minoradan tashkil topgan. Minora (19,5 m)ga masjid tomidagi 
ravoqli ko‗prik orqali chiqilgan. Minora turli shakldagi g‗ishtlardan terilgan. Naqshlar 
yuqoriga tomon noziklasha borib, fonusning ravoqli darchalari bilan birga minoraga 
nafislik 
bag‗ishlaydi. 
Govkushon 
madrasasi 
Sharq 
an‘analarini 
o‗zida 
mujassamlashtirgan, naqshdor, ―Chor‖ uslubida ishlangan.
Madrasaning nomi boshqa madrasalardan tubdan farq qiladi. Madrasa mahalla 
nomi bilan bog‗liq. Bundan tashqari Govkushon degan qassoblar bozori va mahalla 
bo‗lgan. Mustaqillik yillarigacha va mustaqillikdan so‗ng me‘moriy obidaning ta‘mir 
talab qismlari qayta tiklandi. Madrasa atroflari ko‗kalamzorlashtirildi. Chet el 
sayyohlari va yurtimiz ziyoratchilarning sayilgohiga aylangan. 
1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha 
obidalar qatorida Govkushon madrasasi ham qayta ta‘mirdan chiqdi. YUNESKO 
tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda 
―Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖ 
qabul qilingan qonunlar me‘moriy obidaning huquqiy kafolatidir. 
Modarixon madrasasi. 
 
Buxorodagi 
Modarixon 
madrasasi 
Abdullaxon II tomonidan o‗z onasiga 
qurdirgan 
inshoot 
hisoblanadi. 
Uning 
qurilishiga homiylik qilgan Abdullaxon II 
(to‗liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn 
Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn 
Abdulxayrxon) (1534, Miyonqol, Ofarinkent 
qishlog‗i – 1598, Samarqand, Buxoro 
yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn 
etilgan) o‗zbek davlatchiligi tizimidagi 
Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-
1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma‘rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek 
sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‗lgan. Otasi Iskandar sulton o‗g‗li tug‗ilgan 
paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani boshqargan. Abdullaxon II 
Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta 
birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‗idan 
qattiq kurash olib borgan. Uning hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san‘at, 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling