Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
29 
bajarilgan. Namoyon o‗lchamlariga mutanosib ravishda murakkab bo‗rtma naqshlar 
ishlangan. Ustun go‗shalari o‗yma naqshlar bilan, bog‗chasi vazasimon shaklda 
ko‗kalamzorlashtirilgan.
Me‘moriy obida Sharq me‘morchiligi an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan
―Chor‖ uslubida bunyod etilgan.
Me‘moriy obidaning o‗ziga xos tomonlaridan biri, Mag‗ok (chuqurlik)da va 
Attor bozori yaqinida joylashganligi sababli Mag‗oki Attori madrasasi deb atalgan. 
Inshootning bezaklari XII asr Buxoro me‘morchilik maktabining yuksak na‘munasi 
sifatida O‗zbekiston me‘morchiligi tarixida alohida o‗rin tutadi. Vaqt o‗tishi bilan 
masjid ko‗milib ketgan. Masjidning sharqiy peshtoqidagi yozuvlarga ko‗ra, 1547-yilda 
Abdulaziz ibn Abdulloh masjidni buzdirib, o‗rniga yangi masjid qurdirmoqchi bo‗ladi. 
Ammo naqshbandiya tariqatining o‗sha davrdagi peshvosi va xonning murshidi 
Maxdumi A‘zam bunga yo‗l qo‗ymaydi. Me‘moriy obidaning 1939-1949-yillarda 
peshtoqi mustahkamlanib ta‘mirlangan, atrofi obodonlashtirilgan. Bundan tashqari, 
mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‗ng, yurtimizdagi boshqa me‘moriy 
inshootlar qatorida ushbu inshoot ham ta‘mirlandi. 
1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha 
obidalar qatorida Mag‗oki Attor masjidi ham qayta ta‘mirdan chiqdi. YUNESKO 
tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda 
―Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi 
qonun qabul qilindi. 2008-yil 12-sentabrda ―Muzeylar to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston 
Respublikasi Qonuni kabilar me‘moriy obidaning huquqiy kafolatidir. 
Abdullaxon timi 
Usti berk savdo rastasi hisoblangan Abdullaxon 
timi Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan. 
Uning qurilishiga homiylik qilgan Abdullaxon 
(to‗liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek 
sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon, 1534-
yil Miyonqol, Ofarinkent qishlog‗i – 1598-yil 
Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) – o‗zbek 
davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng 
yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma‘rifat, madaniyat 
homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‗lgan. Otasi Iskandar 
sulton o‗g‗li tug‗ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani boshqargan. 
Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini 
qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik 
chog‗idan qattiq kurash olib borgan. Abdullaxon II hukmronligi davrida Buxoroda 
ilm-fan, san‘at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi. 
Me‘moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy shart-sharoit haqida 
gapiradigan bo‗lsak, Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda 
kechdi. 1574-yil Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yil Toshkent va Farg‗onani, 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling