Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

Abdullaxon madrasasi 
Me‘moriy 
obida 
Abdullaxon 
II 
tomonidan bunyod etilgan. U (to‗liq ismi: 
Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn 
Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon) (1534, 
Miyonqol, Ofarinkent qishlog‗i – 1598, 
Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin 
majmuasiga dafn etilgan) o‗zbek davlatchiligi 
tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar 
sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-
1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, 


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
31 
ma‘rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi 
bo‗lgan. Otasi Iskandar sulton o‗g‗li tug‗ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik 
Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib 
ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini 
mustahkamlash uchun yoshlik chog‗idan qattiq kurash olib borgan. Uning
hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san‘at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi 
sohalar gullab-yashnadi. 
Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. 1574-yil 
Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yil Toshkent va Farg‗onani, 1584-yili 
Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etadi va o‗z davlati tarkibiga qo‗shib oldi.
Abdullaxon II davrida mamlakat hududi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari 
sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha bo‗lgan 
yerlardan iborat edi. Markazlashgan davlat tashkil etilgach, mamlakatda ilm-fan va 
madaniyat rivojlandi. 
Abdullaxon madrasasi xonlikdagi eng yirik ma‘rifat maskani sifatida bunyod 
etilgan. Uning qurilishi o‗rta asrlarning so‗nggi davrida, ya‘ni 1588-1590-yillarga 
to‗g‗ri keladi.
Me‘moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g‗isht, loy, taxta, maxsus ―qir‖ 
qotishmasi va shu kabi mahsulotlardan foydalanilgan. Me‘moriy obidaning umumiy 
ko‗rinishi haqida gapiradigan bo‗lsak, hovli atrofini ikki oshyonli hujralar o‗rab turadi. 
Har ikki tomonida baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichkari xonalar va 
xonaqohga o‗tiladi. Madrasaning katta peshtoqi janubga qaragan. Peshtoq qanotlari va 
guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan. Darvozadan o‗tib, ikki yonidagi katta 
xonalar – darsxona va masjidga kiriladi. 
Me‘moriy obida Sharq an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, gubazli uslubda, 
bezaklar qo‗llanilgan holda qurilgan. Modarixon madrasasi bilan birgalikdagi 
ko‗rinishi ―qo‗sh‖ uslub namunasi hisoblanadi. Madrasa darvozasi xotamkori 
uslubining noyob namunasi – girrix shaklli mayda yog‗och parchalaridan terilgan. 
Me‘moriy obidaning o‗ziga xos tomonlaridan biri shundaki, tuzilishi odatdagi 
madrasalardan ancha farq qiladi. Madrasa o‗z ro‗parasidagi Modarixon madrasasiga 
qarab biroz egilgan holatda qurilgan. Modarixon madrasasi Abdullaxonning onasiga 
atab qurilganligini hisobga olsak, o‗ziga xos onaga hurmat ramzidir. Abdullaxon davri 
me‘morchiligining yetuk namunasi bo‗lgan bu madrasa Buxoro me‘morchiligining 
XVI asrda erishgan barcha ijodiy yutuqlarni namoyish etadi.
Me‘moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‗lsak, 1997-
yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me‘moriy 
inshootlar qatorida Abdullaxon madrasasi ham qayta ta‘mirdan chiqdi. Hozirda 
O‗zbekistonning turli joylaridan Buxoroga tashrif buyurgan sayyohlar va chet elllik 
turistlar diqqat-e‘tiboridagi sayirgohga aylangan. 
Me‘moriy obida YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari 
ro‗yxatiga kiritildi. Haligacha chet el sayyohlarining diqqat-markazida. O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 30-avgustda qabul qilingan ―Madaniy meros 
obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonuni me‘moriy 
inshoot muhofazasining o‗ziga xos huquqiy kafolatidir. 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling