Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
34 
g‗ishtlar, loy, yog‗och, maxsus ―qir‖ qotishmasi, tunuka, marmar, sement, tosh, ganch 
va shunga o‗xshash ashyolardan keng foydalanilgan. 
Me‘moriy obidaning dizayni haqida gapiradigan bo‗lsak, hovli atrofida 4 
tomondan 2 qavatli kichik hujralar bilan o‗ralgan. Hujralarga o‗ymakori uslubida 
bezatilgan eshiklar, eshiklar tepasidagi tobadonga panjaralar o‗rnatilgan. Hovliga 
pishiq g‗isht yotqizilgan. Bosh tarzi maydonga qaragan. Old tomonida hovuz bor. 
Peshtog‗i o‗ziga xos mahobatli va serhashamdir. Undagi o‗simliksimon naqshlar 
orasida quyoshga intilayotgan afsonaviy xumo qushi va bug‗uning o‗tlab yurgan 
tasviri koshinkori bezaklari yorqin bo‗yoqlarda aks ettirilgan hoshiyalari madrasa 
peshtoqiga, kitobasiga arabiy yozuvlar bitilgan. Ustun go‗shasi burmasimon. 
Peshtoqining 2 yon qanotidagi 2 qavatli 3 tadan chuqur ravoqli peshayvon alohida zeb 
berib pardozlangan burchaklaridagi 2 guldasta ravoqdagi naqshlar bilan o‗zaro 
uyg‗unlashgan. Madrasa tarhi 52x49 m., hovli 34x30 m. ni tashkil etadi.
Me‘moriy obida Sharq me‘morchiligi an‘analariga tayangan, naqshinkor, 
―Chor‖ uslubida bunyod etilgan. Madrasa o‗z davrida ilm-ma‘rifat o‗chog‗i bo‗lgan, u 
yerda talabalarga diniy va dunyoviy fanlardan saboq berilgan. 
Me‘moriy obidaning o‗ziga xos tomonlari haqida gapiradigan bo‗lsak, inshoot 
dastlab karvonsaroy sifatida qurilgan, xonning qarori bilan madrasa holiga keltirilgan. 
Unda madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona yo‗q. Madrasa fasadining 
bezatilishi, fantastik qush tasvirining tushirilishi kabi jilolar bilan e‘tiborlidir. Shu 
tomonlari bilan Buxorodagi boshqa me‘moriy obidalardan ajralib turgan.
Me‘moriy obidaning bugungi kundagi holati: Madrasa bir necha marta 
ta‘mirlanib, gumbaz, ravoq va devorlaridagi namlik yo‗qotilib, buzilib ketgan hujralari 
qayta tiklanganligini, Samarqand va Buxoro ustalarining sa‘y-harakatlari bilan bosh 
tarzi qayta jilolanganligini aytib o‗tishimiz lozim. 
1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha 
obidalar qatorida Nodir Devonbegi madrasasi ham qayta ta‘mirdan chiqdi. YUNESKO 
tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. Davlatimiz tomonidan 
qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjarlari me‘moriy inshoot muhofazasining 
huquqiy kafolatidir. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling