Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

Nodir Devonbegi xonaqohi 
 
Buxoro 
shahrining 
Labi 
hovuz 
ansamblida joylashgan Nodir Devonbegi 
xonaqohi Buxoro xoni Imomqulixonning vaziri 
Nodir devonbegi (Nodir mirzo Tog‗ay ibn 
Sulton) tomonidan bunyod etilgan. U yuz urug‗i 
boshliqlaridan bo‗lib, XVI asr oxiri – XVII asr 
boshlarida yashab faoliyat ko‗rsatgan. 
Ushbu xonaqoh o‗rta asrlarning so‗nggi 
davrida, 1620-1621-yillar oralig‗ida bunyod 
etilgan. 
Me‘moriy obida bunyod etilgan davr: Imomqulixon taxtga chiqishidan biroz 


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
35 
oldin taxtda Boqi Muhammad (1601-1605) hukmronlik qilar edi. 1605-yil Boqi 
Muhammad vafot etgach, ukasi Vali Muhammad taxtga o‗tkazildi. Ichki kurashlar 
yana avj oldi. Qabila beklari xon hokimiyatiga bo‗ysunmay, muholifatchilikni 
kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirilganligidan xabar 
topgan Vali Muhammad farzandlarini olib Eronga qochadi. Amirlar taxtga Boqi 
Muhammadning o‗g‗li Imomqulixonni (1611-1642) o‗tqazadilar. 1613-yilda Toshkent 
yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o‗z tasarrufiga kiritdi. O‗g‗li 
Iskandar sultonni Toshkent hokimi etib tayinladi. Iskandar sulton boj, xiroj va boshqa 
soliqlarni ko‗paytirib, aholiga qattiq zulm o‗tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda 
qo‗zg‗olon ko‗tarildi va Iskandar sulton o‗ldirildi. Bu voqeadan xabar topgan 
Imomqulixon Toshkent ustiga qo‗shin tortdi. Qo‗zg‗olonchilar ayovsiz jazolandilar. 
Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi.
Ashtarxoniylar sulolasidan bo‗lgan ushbu xon hukmronligi yillarida Nodir 
Devonbegi nomi bilan ikkita me‘moriy inshoot bunyod etildi. Xonaqohning 
qurilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan g‗isht, loy, yog‗och, tunuka va shunga 
o‗xshash ashyolardan foydalanilgan. 
Nodir Devonbegi xonaqohi simmetrik arkli (27,5x25 m), kiraverishda ayvon
xonaqoh (11,2x11,2 m) va uning yon tomonlarida 2 qavatli darveshlar yotog‗i bo‗lgan. 
Guldastalar ichidagi aylana zina bilan bino tepasiga chiqiladi. Xonaqoh ulkan 
gumbazli, devorlariga taxmonlar ishlangan. Undagi serhasham naqshlar saqlanmagan. 
Peshtoq ravog‗idagi 3 tobadonni ganchkori panjaralar bezagan. Nodir devonbegi 
xonaqohining hozirgi ko‗rinishi o‗zgarib muhtasham, salobatli, ko‗rkam inshootga 
aylantirilgan. Peshtoqi hashamatli, ravog‗ining qanosi ancha baland, ulug‗vor, ayrim 
yerlarida koshinlarning parchalari saqlanib qolgan. 2 tomonidagi tagi qiralli guldasta 
mezanalar old ko‗rinishiga salobat beradi. Xonaqohning 2 yonidan ham kiriladigan 
eshiklari bo‗lgan. U o‗z davrida darveshlar va musofirlar uchun ibodatxona, shu bilan 
birga, boshpana vazifasini bajargan. 
Me‘moriy obidaning uslubiga to‗xtaladigan bo‗lsak, Sharq an‘analarini o‗zida 
mujassamlashtirgan, ―Chor‖ uslubda, eshiklari esa xotamkori uslubida ishlangan. 
Me‘moriy obidaning o‗ziga xos tomoni shundaki, xonaqoh o‗zining yechimi va 
kattaligi jihatidan Labi hovuzdagi boshqa inshootlardan qolishmaydi. 
Me‘moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida so‗z borar ekan, devorlari 
bir necha bor ta‘mirlangani (1914-1916-yillarda Buxoroning oxirgi amiri Sayid 
Olimxon tomonidan ta‘mirlangan)dan asl ko‗rinishi o‗zgargan. Mustaqillikdan so‗ng 
mamlakatimizdagi boshqa me‘moriy obidalar qatorida ushbu inshoot ham ta‘mirlandi. 
Xonaqoh YUNESKOning Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatidan o‗rin olgan. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling