Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
44 
qismi 1897-yilgi zilzilada qulagan. 1865-yilda chor qo‗shinlari masjidni vayron 
qilgan. Hozirda esa bu joylar ziyoratgohga aylandi. 
Qurilishda xarsang tosh, marmar, maxsus ―qir‖ qotishmasi, taxta, loy va turli 
o‗lchamdagi pishiq g‗isht kabi ashyolardan foydalanilgan. 
Bibixonim masjidi o‗z davrida Samarqandning markaziy jome‘ masjidi 
vazifasini bajargan va u yerda hayit namozlari, juma namozlari o‗qilgan.
Bibixonim masjidiga mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan, qolaversa, 
Xalqaro tashkilotlar tomonidan munosib ravishda e‘tibor qaratilmoqda. Jumladan, 
Vazirlar Mahkamasining ―Amir Temur tavalludining 660 yilligi‖ haqidagi qaroriga 
(1994-yil 29-dekabr) asosan, masjidda katta ta‘mirlash ishlari olib borildi. 2007-yil 
Samarqand shahrining 2750 yillik yubeliyi munosabati bilan masjid to‗la ta‘mirlandi. 
Shuningdek, 2001-yilda YUNESKOning Finlandiyada o‗tkazilgan 25-syezdida 
Samarqandning 73 ta me‘moriy yodgorligi jahon merosi ro‗yxatiga kiritildi. Bu 
ro‗yxatdan Bibixonim masjidi ham o‗zining munosib o‗rnini egalladi. Masjidda 
tarixchi-arxeologlar, arxitektorlar tadqiqot ishlarini olib borishdi va u haqida bir 
qancha ilmiy maqolalar, ilmiy ishlar yozildi. Hozirda masjid davlat himoyasiga 
olingan tarixiy-moddiy yodgorlik hisoblanadi. 
 
Amir Temur maqbarasi (Go‘ri Amir) 
Go‗ri 
Amir 
me‘moriy 
yodgorligi 
temuriylar daxmasi sifatida Amir Temur 
tomonidan bunyod etilgan. 
Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh 
shahri yaqinidagi Xo‗ja Ilg‗or qishlog‗i (hozirgi 
Yakkabog‗ tumani)da tug‗iladi. Uning otasi 
Amir Tarag‗ay barlos urug‗ining oqsoqollaridan, 
onasi Takina Xotun esa Kesh yurtining obro‗li 
beklaridan hisoblangan. Uning yoshligi Keshda 
kechadi. Keyingi hayot davri ikkiga bo‗linadi. Birinchi davri (1360-1370) 
Movarounnahrni mo‗g‗ullardan ozod qilib, o‗zaro urushlarga barham berish va 
markazlashgan davlat tuzish bilan o‗tadi. Ikkinchi davri esa (1370-1405) 3 yillik, 5 
yillik, 7 yillik deb ataluvchi yurishlari bilan xarakterlanadi. U 1370-yilda 
Movarounnahr amiri bo‗ldi. Mamlakat boshqaruviga oid ―Temur tuzuklari‖ nomli asar 
yaratadi. Amir Temur 1405-yil 18-fevralda Xitoyga yurishi chog‗ida, O‗trorda vafot 
etadi.
Me‘moriy inshoot bunyod etilgan davrdagi shart-sharoit haqida gapiradigan 
bo‗lsak, bu paytda Anqara yaqinida Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo‗shinlari 
o‗rtasida hal qiluvchi jang bo‗lib o‗tdi. Uch kun davom etgan jangda har ikki 
tomondan hammasi bo‗lib 360 ming, Amir Temurning taxminan 200 ming, usmonlilar 
sultonining 160 ming askari qatnashgan. Uzoq davom etgan jangda Amir Temur 
qo‗shinlari g‗alaba qozondi. Natijada Sulton Boyazid va uning o‗g‗li Muso Chalabiy 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling