Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
46 
Mirzo Ulug‗bek 1425-yil Mo‗g‗ulistonga qilgan yurishi vaqtida olib kelgan. Toshdagi 
lavhada Temurni ulug‗laydigan so‗zlar, uning shajarasi hamda marsiyalar o‗ymakori 
naqshlarda bitilgan. Hamma sag‗analar Ulug‗bek tomonidan yaxlit o‗yma marmar 
panjara bilan o‗ralgan.
Me‘moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‗lsak, 
mustaqillikdan so‗ng olib borilgan ta‘mirlash, obodonlashtirish ishlaridan keyin 
inshootning ichki va tashqi qismlarini ko‗rkamlashganini ko‗rishimiz mumkin. 
Me‘moriy obidaga mamlakatimiz hukumati hamda Xalqaro tashkilotlar 
tomonidan 
berilayotgan 
e‘tiborga 
to‗xtaladigan 
bo‗lsak, 
mustaqillikka 
erishganimizdan so‗ng yurtimizdagi boshqa tarixiy inshootlar singari Go‗ri Amir 
inshootining ham ta‘mirtalab qismlari qayta tiklandi. Gumbazi qayta tiklanib, xonaqoh 
va madrasa qoldiqlari kavlab topildi, ichki va tashqi bezaklar ta‘mir etildi. 1941-yilda 
musulmon odatiga zid ravishda Amir Temur va Mirzo Ulug‗bek qabrlari ochib 
tekshirildi. Me‘moriy majmuada O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 
tashabbusi bilan 1991-1996-yillarda ta‘mirlash ishlari olib borildi. Yana shuni ham 
aytib o‗tish kerakki, madrasa YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari 
ro‗yxatiga kiritildi. Tarixiy yodgorliklarni saqlash va asrab-avaylashga oid davlatimiz 
tomonidan qabul qilinayotgan huquqiy-me‘yoriy hujjatlar me‘moriy inshoot 
muhofazasining huquqiy kafolatidir. 
Me‘moriy obidaning nima vazifalarni bajarganligi haqida gapiradigan bo‗lsak, 
maqbaradan buyuk shaxslarning sag‗analari joy olgan. Me‘moriy inshoot muqaddas 
qadamjolardan biri sifatida xalq tomonidan e‘zozlangan. 
Ulug‘bek madrasasi 
Tarixiy obida Mirzo Ulug‗bek tomonidan 
bunyod etilgan. 
Asl ismi Muhammad Tarag‗ay bo‗lgan 
Ulug‗bek Amir Temurning kenja o‗g‗li 
Shohruhning to‗ng‗ich o‗g‗li, 1394-yil 22-martda 
Eronning Sultoniya shahrida tug‗ilgan. U 1409-
yil otasi Shohruhning yordamida Movarounnahr 
taxtini egallaydi va u yerda 40 yil, 1449-yilgacha 
hukmronlik qilgan. U hukmdor bo‗lishi bilan birgalikda, buyuk olim bo‗lib, 
astronomiyaga oid ―Ziji jadidi Ko‗ragoniy‖ asarini, tarixga oid ―To‗rt ulus tarixi‖ asari 
va musiqaga oid 5 ta risola yozgan. 
Me‘moriy obida bunyod etilgan davrda Temuriy shahzodalar o‗rtasida o‗zaro 
taxt uchun kurashlar kechayotgan davr edi. Shunday sharoitda Temurning kichik o‗g‗li 
Shohruh 1409-yil Xuroson va Movarounnahrni birlashtirishga muvaffaq bo‗ldi. 
Ulug‗bek esa Movarounnahrning hukmdori sifatida siyosiy faoliyatini boshladi. 
Ulug‗bek hukmronligi davrida Movarounnahrda ilm-fan, madaniyat, binokorlik 
yuksak darajada rivojlandi.



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling