Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
45 
ham qo‗lga olinadi. Misr esa Amir Temurga o‗z itoatkorligini e‘lon qiladi.
Me‘moriy obidaning bunyod etilgan davri va tarixi: 1403-yil Amir Temurning 
Anqara jangidan qaytishi paytida suyukli va to‗ng‗ich nabirasi Muhammad Sulton 
to‗satdan vafot etadi. Samarqandda uning qabri ustida maqbara qurilishi boshlanadi va 
keyinchalik Go‗ri Amir deb nom olgan yodgorlik majmuasi qad ko‗taradi.
Me‘moriy obida qurilishida xom va pishgan g‗isht, loy, yog‗och, maxsus ―qir‖ 
qotishmasi, oltin, kumush, marmar, nefrit toshi va 
shu kabi ashyolardan foydalanilgan.
Maqbaraning pastki qismi to‗rtburchak, 
ya‘ni ‖Chor‖ uslubda, tepa qismi esa Sharq 
an‘analarini o‗zida mujassam etgan gumbaz 
uslubida qurilgan. 
Me‘moriy obida sayqallanishida reylefli 
bezak qo‗llanilgan bo‗lib, bu uslubda ishlangan 
jahondagi ikkita asar ham Samarqandda 
(Bibixonim masjidi va Amir Temur maqbarasi), temuriylar davrida amalga oshirilgan.
Bizgacha inshootning, asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbarasi saqlangan. 
Arxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad 
Sulton qurdirgan madrasa va xonaqoh qoldiqlari topilgan. Madrasa va xonaqoh chorsu 
hovlisining sharqiy va g‗arbiy tomonlarini egallagan. Hovlining janubida gumbazli 
maqbara joylashgan. Maqbara janubdan Ulug‗bek qurdirgan darcha (1424) orqali 
kiriladi. Maqbaraning chortoq tarhli ziyoratxonasi baland toqi – ravoqli, tepasi yozuv 
hoshiyalari va ichki gumbaz bilan qoplangan. Tashqi gumbazi 64 qobirg‗ali, baland 
poygumbaz (diametri 15 m., balandligi 12,5 m)ga o‗rnatilgan. Ziyoratxonaning 
sharqiy qismidagi ravoqdan zina orqali ostki qavatdagi go‗rxonaga tushiladi. Go‗rxona 
8 qirrali. Ziyoratxona serhasham bezaklarga boy. Bo‗rtma bezak qandillar zaminiga 
lojuvard rang gullar ishlangan. Izorasi esa yashil toshdan girrix shaklida terilgan. 
To‗rtta chuqur ravoqlaridagi darchalarga rangli oyna o‗rnatilgan. Oltin va kumush 
qandillardagi shamlar yonganda ziyoratgoh ichkarisi ulug‗vor va afsonaviy tus olgan. 
Tashqarisi sirkor g‗ishtchalar bilan bezatilgan, gumbaz va uning poyidagi bezaklar
turli adabiy yozuvlar alohida ko‗zga tashlanadi. Maqbara darchalarida yog‗ochdan 
ishlangan nafis panjaralar, eshiklarida esa murakkab qo‗sh zaminli o‗ymakor bezaklar 
bo‗lgan. Maqbaraning g‗arbiy tomoniga baland peshtoq yondashgan. Taxminlarga 
ko‗ra, bu peshtoq qoldiqlari XVII asrga mansub. Maqbaraning mutanosiblik nisbati, 
naqshlari, turli bezaklari katta mahorat bilan bajarilgan. U xalq orasida Go‗ri Amir 
yoki Go‗ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga Temuriylarga 
mansub kishilar (Amir Temur va uning piri Mir Sayyid Baraka, o‗g‗illari Umarshayx, 
Mironshoh va Shohruh, nabiralari Muhammad Sulton, Ulug‗bek va boshqalar) dafn 
etilgan. Qabrlarning to‗rida Amir Temurning piri, harbiy yurishlarida unga hamroh 
bo‗lgan va uning yuksak, hurmatini qozongan Mir Sayyid Baraka sag‗anasi 
joylashgan. Sayyid Baraka qabrining oyoq tomoniga Amir Temurning o‗zi dafn 
qilingan. Uning uch tomonida Muhammad Sulton, Mironshoh Mirzo, Umarshayx 
qabrlari bor. Keyinchalik bu yerga Temurning nabiralari va evaralarining qabr toshlari 
qat‘iy tartibda joylashtirilgan. Temur sag‗anasiga qo‗yilgan ko‗k nefrit qabrtoshini 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling