Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ulug‘bek madrasasi
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 46 Mirzo Ulug‗bek 1425-yil Mo‗g‗ulistonga qilgan yurishi vaqtida olib kelgan. Toshdagi lavhada Temurni ulug‗laydigan so‗zlar, uning shajarasi hamda marsiyalar o‗ymakori naqshlarda bitilgan. Hamma sag‗analar Ulug‗bek tomonidan yaxlit o‗yma marmar panjara bilan o‗ralgan. Me‘moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‗lsak, mustaqillikdan so‗ng olib borilgan ta‘mirlash, obodonlashtirish ishlaridan keyin inshootning ichki va tashqi qismlarini ko‗rkamlashganini ko‗rishimiz mumkin. Me‘moriy obidaga mamlakatimiz hukumati hamda Xalqaro tashkilotlar tomonidan berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, mustaqillikka erishganimizdan so‗ng yurtimizdagi boshqa tarixiy inshootlar singari Go‗ri Amir inshootining ham ta‘mirtalab qismlari qayta tiklandi. Gumbazi qayta tiklanib, xonaqoh va madrasa qoldiqlari kavlab topildi, ichki va tashqi bezaklar ta‘mir etildi. 1941-yilda musulmon odatiga zid ravishda Amir Temur va Mirzo Ulug‗bek qabrlari ochib tekshirildi. Me‘moriy majmuada O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1991-1996-yillarda ta‘mirlash ishlari olib borildi. Yana shuni ham aytib o‗tish kerakki, madrasa YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. Tarixiy yodgorliklarni saqlash va asrab-avaylashga oid davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan huquqiy-me‘yoriy hujjatlar me‘moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir. Me‘moriy obidaning nima vazifalarni bajarganligi haqida gapiradigan bo‗lsak, maqbaradan buyuk shaxslarning sag‗analari joy olgan. Me‘moriy inshoot muqaddas qadamjolardan biri sifatida xalq tomonidan e‘zozlangan. Ulug‘bek madrasasi Tarixiy obida Mirzo Ulug‗bek tomonidan bunyod etilgan. Asl ismi Muhammad Tarag‗ay bo‗lgan Ulug‗bek Amir Temurning kenja o‗g‗li Shohruhning to‗ng‗ich o‗g‗li, 1394-yil 22-martda Eronning Sultoniya shahrida tug‗ilgan. U 1409- yil otasi Shohruhning yordamida Movarounnahr taxtini egallaydi va u yerda 40 yil, 1449-yilgacha hukmronlik qilgan. U hukmdor bo‗lishi bilan birgalikda, buyuk olim bo‗lib, astronomiyaga oid ―Ziji jadidi Ko‗ragoniy‖ asarini, tarixga oid ―To‗rt ulus tarixi‖ asari va musiqaga oid 5 ta risola yozgan. Me‘moriy obida bunyod etilgan davrda Temuriy shahzodalar o‗rtasida o‗zaro taxt uchun kurashlar kechayotgan davr edi. Shunday sharoitda Temurning kichik o‗g‗li Shohruh 1409-yil Xuroson va Movarounnahrni birlashtirishga muvaffaq bo‗ldi. Ulug‗bek esa Movarounnahrning hukmdori sifatida siyosiy faoliyatini boshladi. Ulug‗bek hukmronligi davrida Movarounnahrda ilm-fan, madaniyat, binokorlik yuksak darajada rivojlandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling