Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 44 qismi 1897-yilgi zilzilada qulagan. 1865-yilda chor qo‗shinlari masjidni vayron qilgan. Hozirda esa bu joylar ziyoratgohga aylandi. Qurilishda xarsang tosh, marmar, maxsus ―qir‖ qotishmasi, taxta, loy va turli o‗lchamdagi pishiq g‗isht kabi ashyolardan foydalanilgan. Bibixonim masjidi o‗z davrida Samarqandning markaziy jome‘ masjidi vazifasini bajargan va u yerda hayit namozlari, juma namozlari o‗qilgan. Bibixonim masjidiga mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan, qolaversa, Xalqaro tashkilotlar tomonidan munosib ravishda e‘tibor qaratilmoqda. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining ―Amir Temur tavalludining 660 yilligi‖ haqidagi qaroriga (1994-yil 29-dekabr) asosan, masjidda katta ta‘mirlash ishlari olib borildi. 2007-yil Samarqand shahrining 2750 yillik yubeliyi munosabati bilan masjid to‗la ta‘mirlandi. Shuningdek, 2001-yilda YUNESKOning Finlandiyada o‗tkazilgan 25-syezdida Samarqandning 73 ta me‘moriy yodgorligi jahon merosi ro‗yxatiga kiritildi. Bu ro‗yxatdan Bibixonim masjidi ham o‗zining munosib o‗rnini egalladi. Masjidda tarixchi-arxeologlar, arxitektorlar tadqiqot ishlarini olib borishdi va u haqida bir qancha ilmiy maqolalar, ilmiy ishlar yozildi. Hozirda masjid davlat himoyasiga olingan tarixiy-moddiy yodgorlik hisoblanadi. Amir Temur maqbarasi (Go‘ri Amir) Go‗ri Amir me‘moriy yodgorligi temuriylar daxmasi sifatida Amir Temur tomonidan bunyod etilgan. Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh shahri yaqinidagi Xo‗ja Ilg‗or qishlog‗i (hozirgi Yakkabog‗ tumani)da tug‗iladi. Uning otasi Amir Tarag‗ay barlos urug‗ining oqsoqollaridan, onasi Takina Xotun esa Kesh yurtining obro‗li beklaridan hisoblangan. Uning yoshligi Keshda kechadi. Keyingi hayot davri ikkiga bo‗linadi. Birinchi davri (1360-1370) Movarounnahrni mo‗g‗ullardan ozod qilib, o‗zaro urushlarga barham berish va markazlashgan davlat tuzish bilan o‗tadi. Ikkinchi davri esa (1370-1405) 3 yillik, 5 yillik, 7 yillik deb ataluvchi yurishlari bilan xarakterlanadi. U 1370-yilda Movarounnahr amiri bo‗ldi. Mamlakat boshqaruviga oid ―Temur tuzuklari‖ nomli asar yaratadi. Amir Temur 1405-yil 18-fevralda Xitoyga yurishi chog‗ida, O‗trorda vafot etadi. Me‘moriy inshoot bunyod etilgan davrdagi shart-sharoit haqida gapiradigan bo‗lsak, bu paytda Anqara yaqinida Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo‗shinlari o‗rtasida hal qiluvchi jang bo‗lib o‗tdi. Uch kun davom etgan jangda har ikki tomondan hammasi bo‗lib 360 ming, Amir Temurning taxminan 200 ming, usmonlilar sultonining 160 ming askari qatnashgan. Uzoq davom etgan jangda Amir Temur qo‗shinlari g‗alaba qozondi. Natijada Sulton Boyazid va uning o‗g‗li Muso Chalabiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling