Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
40 
Me‘moriy inshoot g‗arb va Sharq me‘morchiligi asosida qurilgan. Oq zalning 
qurilishida yevropacha qurilish uslubi ustunlik qiladi. 
Bugungi kunda inshootning ta‘mir talab qismlari qayta rekonstruksiya qilingan. 
Inshootning kirish joyida xalq amaliy san‘ati namunalari bo‗lgan buyumlar savdo 
rastasi mavjud. Hovlida esa tovuslar, Oq zalda amirlik huzurida bo‗lgan chet el 
elchilarining billur vaza, qimmatbaho gilamlar, guldonlar kabi sovg‗alaridan iborat. 
O‗zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, 
1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha 
me‘moriy inshootlar qatorida Setorai Mohi Xossa saroyi ham qayta ta‘mirdan chiqdi. 
YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-
avgustda ―Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish 
to‗g‗risida‖gi qonun qabul qilindi. 2008-yil 12-sentabrda ―Muzeylar to‗g‗risida‖gi 
qonun qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar me‘moriy 
inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
41 
SAMARQAND ME’MORCHILIGI 
 
Bibixonim madrasasi 
Bibixonim madrasasi Amir Temurning 
katta 
xotini 
Bibixonim 
(Saroymulkxonim) 
tomonidan bunyod etilgan. 
Inshootning qurilishiga bosh-qosh bo‗lgan 
Bibixonim (asl ismi Saroymulkxonim) (1341-
1408) – Amir Temurning katta xotini, Chig‗atoy 
ulusi xoni – Qozonxonning qizi. Dastlab amir 
Qozag‗onning nabirasi – Husayn ibn Musallabga 
(1355), keyin (Husayn qatl etilgach) Amir 
Temurga nikohlangan (1370). Saroymulkxonim 
hukmdor haramidagi barcha malikalardan ulug‗i 
hisoblanib, ―Katta xonim‖ yoxud ―Bibixonim‖ degan unvonga sazovor bo‗lgan. 
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Bibixonim o‗z zamonasining yuksak 
idrokli, farosatli, tadbirkor, maslahatgo‗y va yetuk aql-zakovat sohibasi, shuningdek, 
husn-latofat bobida ham benazir edi. Bibixonim insonparvar, vatanparvar, 
mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidan yaxshigina xabardor 
bo‗lgan, saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan qatnashib turgan. Ayniqsa, ilm-
ma‘rifatga alohida e‘tibor berar, tolibi ilmlarga homiylik qilar edi. Sohibqiron Amir 
Temurning harbiy yurishlarida ko‗pincha hamrohlik qilgan. Bibixonim o‗z 
jamg‗armasidan Samarqandda ulkan madrasa qurdirgan. Bibixonim farzand 
ko‗rmagan bo‗lsa-da, Sohibqiron o‗z nabiralari – Muhammad Sulton, Halil Sulton
Ulug‗bek va boshqa mirzolarni bevosita zukko Bibixonim tarbiyasiga topshirgan. 
Samarqandda Amir Temur Bibixonimga atab Bibixonim jome‘ masjidini qurdirgan. 
Bibixonim madrasasi XIV asrning so‗nggi choragida bunyod etilgan bo‗lib, 
uning qurilishida xom va pishiq g‗isht, loy, yog‗och, maxsus ―qir‖ qotishmasi va shu 
kabi ashyolardan keng foydalanilgan. 
Me‘moriy obidaning dizayni haqida 
gapiradigan bo‗lsak, chortoqli keng xonaqoh, 
tepasi baland gumbaz bilan bog‗langan. 
Devorlariga manzara naqshin gullar, serhasham 
bezaklar ishlangan. 4 tarafidagi keng derazalar – 
tobadonlar va eshiklar orqali xonaqoh juda yaxshi 
yoritilgan. Ostidagi tagxona – sardoba esa 
kichikroq bo‗lib, devorlari yirik kulrang 
toshtaxtalar bilan bezatilgan. Tagxonada bir necha tosh tobutlar saqlangan. Me‘moriy 
obidaning uslubini yoritadigan bo‗lsak, Sharq an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, 
gumbazsimon ―Chor‖ uslubida bunyod etilgan. 
Madrasa XIV asr oxirlaridagi eng yirik ta‘lim muassasalaridan biri bo‗lgan va u 
yerda tolibi ilmlar astronomiya, geografiya, xandasa, tarix, adabiyot, musiqa va 
boshqa fanlardan ta‘lim olganlar. 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling