Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
42 
Me‘moriy obidaning o‗ziga xos tomonlaridan biri shundaki, saroy tarixchisi
G‗iyosiddin Alining ―Amir Temur 1399-yil 10-mayda madrasada to‗xtab o‗tganligi‖ 
haqidagi ma‘lumoti hamda tarixnavis Fasih Havofiylarning (1375-1442) 
ta‘kidlashicha, Amir Temur jome‘ masjidini kelib ko‗rarkan, me‘moriy masjmuada 
mutanosiblik buzilganligi – madrasa peshtog‗i va ayvoni jome‘ masjidga nisbatan 
balandroq va qiyaroq bo‗lib qolganligi uchun norozi bo‗lgan va me‘morlar (Xoja 
Mahmud Dovud va Muhammad Jald)ni jazolagan. Arxeologik qazishmalar ham shu 
nomutanosiblikni tasdiqlaydi. Bino peshtoqi qanchalik mahobatli bo‗lmasin, uning 
qarshisidagi binoga monand emasligi ko‗zga tashlanib qolgan. Me‘moriy uslub 
talabiga ko‗ra, nomaqbul tushgan madrasa peshtoqi buzib tashlashga mahkum bo‗ldi. 
Shuning uchun ham keyingi asrlarda madrasa qoldiqlari buzib tashlandi.
Me‘moriy obidaga O‗zbekiston hukumati hamda Xalqaro tashkilotlar 
tomonidan berilayotgan e‘tiborga kelsak, mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, 
yurtimizdagi boshqa me‘moriy inshootlar qatorida Bibixonim madrasasi ham 
ta‘mirlandi. Jumladan, Tuman og‗a xonaqohi Amir Temur tavalludining 660 yilligi 
munosabati bilan 1996-yilda ta‘mir etilgan. Madrasa YUNESKO tashkilotining Butun 
Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda ―Madaniy meros 
obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonun qabul 
qilingan bo‗lib, davlatimiz tomonidan qabul qilingan shu kabi qonunlar me‘moriy 
inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir. 
Me‘moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‗lsak, 
mustaqillik yillarida olib borilgan ta‘mirlash, obodonlashtirish ishlari natijasida 
inshoot joylashgan hudud o‗zgacha chiroy kasb etgan. Samarqand shahrining 2750 
yilligi munosabati bilan madrasa va atrofidagi qadamjolar yanada chiroy ochdi. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling