Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 45 ham qo‗lga olinadi. Misr esa Amir Temurga o‗z itoatkorligini e‘lon qiladi. Me‘moriy obidaning bunyod etilgan davri va tarixi: 1403-yil Amir Temurning Anqara jangidan qaytishi paytida suyukli va to‗ng‗ich nabirasi Muhammad Sulton to‗satdan vafot etadi. Samarqandda uning qabri ustida maqbara qurilishi boshlanadi va keyinchalik Go‗ri Amir deb nom olgan yodgorlik majmuasi qad ko‗taradi. Me‘moriy obida qurilishida xom va pishgan g‗isht, loy, yog‗och, maxsus ―qir‖ qotishmasi, oltin, kumush, marmar, nefrit toshi va shu kabi ashyolardan foydalanilgan. Maqbaraning pastki qismi to‗rtburchak, ya‘ni ‖Chor‖ uslubda, tepa qismi esa Sharq an‘analarini o‗zida mujassam etgan gumbaz uslubida qurilgan. Me‘moriy obida sayqallanishida reylefli bezak qo‗llanilgan bo‗lib, bu uslubda ishlangan jahondagi ikkita asar ham Samarqandda (Bibixonim masjidi va Amir Temur maqbarasi), temuriylar davrida amalga oshirilgan. Bizgacha inshootning, asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbarasi saqlangan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad Sulton qurdirgan madrasa va xonaqoh qoldiqlari topilgan. Madrasa va xonaqoh chorsu hovlisining sharqiy va g‗arbiy tomonlarini egallagan. Hovlining janubida gumbazli maqbara joylashgan. Maqbara janubdan Ulug‗bek qurdirgan darcha (1424) orqali kiriladi. Maqbaraning chortoq tarhli ziyoratxonasi baland toqi – ravoqli, tepasi yozuv hoshiyalari va ichki gumbaz bilan qoplangan. Tashqi gumbazi 64 qobirg‗ali, baland poygumbaz (diametri 15 m., balandligi 12,5 m)ga o‗rnatilgan. Ziyoratxonaning sharqiy qismidagi ravoqdan zina orqali ostki qavatdagi go‗rxonaga tushiladi. Go‗rxona 8 qirrali. Ziyoratxona serhasham bezaklarga boy. Bo‗rtma bezak qandillar zaminiga lojuvard rang gullar ishlangan. Izorasi esa yashil toshdan girrix shaklida terilgan. To‗rtta chuqur ravoqlaridagi darchalarga rangli oyna o‗rnatilgan. Oltin va kumush qandillardagi shamlar yonganda ziyoratgoh ichkarisi ulug‗vor va afsonaviy tus olgan. Tashqarisi sirkor g‗ishtchalar bilan bezatilgan, gumbaz va uning poyidagi bezaklar, turli adabiy yozuvlar alohida ko‗zga tashlanadi. Maqbara darchalarida yog‗ochdan ishlangan nafis panjaralar, eshiklarida esa murakkab qo‗sh zaminli o‗ymakor bezaklar bo‗lgan. Maqbaraning g‗arbiy tomoniga baland peshtoq yondashgan. Taxminlarga ko‗ra, bu peshtoq qoldiqlari XVII asrga mansub. Maqbaraning mutanosiblik nisbati, naqshlari, turli bezaklari katta mahorat bilan bajarilgan. U xalq orasida Go‗ri Amir yoki Go‗ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga Temuriylarga mansub kishilar (Amir Temur va uning piri Mir Sayyid Baraka, o‗g‗illari Umarshayx, Mironshoh va Shohruh, nabiralari Muhammad Sulton, Ulug‗bek va boshqalar) dafn etilgan. Qabrlarning to‗rida Amir Temurning piri, harbiy yurishlarida unga hamroh bo‗lgan va uning yuksak, hurmatini qozongan Mir Sayyid Baraka sag‗anasi joylashgan. Sayyid Baraka qabrining oyoq tomoniga Amir Temurning o‗zi dafn qilingan. Uning uch tomonida Muhammad Sulton, Mironshoh Mirzo, Umarshayx qabrlari bor. Keyinchalik bu yerga Temurning nabiralari va evaralarining qabr toshlari qat‘iy tartibda joylashtirilgan. Temur sag‗anasiga qo‗yilgan ko‗k nefrit qabrtoshini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling