Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 48 kiritildi. Hozirda Registon maydoni yurtimiz va chet el sayyohlarining doimiy ziyoratgohiga aylangan. Ulug‘bek rasadxonasi Rasadxona Mirzo Ulug‗bek tashabbusi va homiyligida bunyod etilgan. Mirzo Ulug‗bek Amir Temurning kenja o‗g‗li Shohruhning to‗ng‗ich o‗g‗li bo‗lib, 1394-yil 22-martda Eronning Sultoniya shahrida tug‗ilgan. U 1409-yil otasi Shohruhning yordamida Movarounnahr taxtini egallaydi va u yerda 40 yil, 1449-yilgacha hukmronlik qilgan. U buyuk olim bo‗lib, astronomiyaga oid ―Ziji jadidi Ko‗ragoniy‖ asarini, tarixga oid ―To‗rt ulus tarixi‖ asari va musiqaga oid 5 ta risola yozgan. Rasadxona rivojlangan o‗rta asrlarning so‗nggi davrida, XV asr me‘morchiligining nodir namunalaridan biri bo‗lib, Mirzo Ulug‗bek farmoyishi bilan 1424-1429-yillarda bunyod etilgan. Uning geografik joyini G‗iyosiddin Jamshid tanlagan bo‗lib, Samarqanddagi Ko‗hak (Cho‗ponota) tepaligida, Obirahmat anhori bo‗yida bunyod etilgan. Me‘moriy obida bunyod etilgan davrda Temuriylar hukmronlik qilar edi. Bu davrda mamlakatda madaniyat, savdo-sotiq, ilm-fan rivojlandi. Movarounnahrda nisbatan osoyishtalik o‗rnatilgan bo‗lsa-da, Ulug‗bek 1425- yilining erta bahorida otasining roziligi bilan Mo‗g‗uliston ustiga yurish qiladi. Issiqko‗l yaqinida sodir bo‗lgan jangda Ulug‗bek mo‗g‗ullar ustidan g‗alaba qozonadi va mamlakatning sharqiy chegaralarini mustahkamlab oladi. Ulug‗bek hukmronligi davrida mamlakatda ilm-fan, madaniyat, savdo-sotiq rivojlandi. Savdoni rivojlantirish maqsadida u 1428-yili mamlakatda fulusiy pullarni zarb qildirdi. Xalq orasida ular ―fulusi adliya‖, ya‘ni ―adolatli chaqa‖ nomi bilan shuhrat topgan. Ulug‗bek tashqi savdodan davlat xazinasiga tushadigan daromadni ko‗paytirish maqsadida tamg‗a solig‗ini birmuncha oshirdi, bu esa mamlakat iqtisodini rivoj topishiga xizmat qilgan. Ulug‗bek rasadxonasi qurilishida xom va pishgan g‗isht, loy, taxta va shu kabi ashyolardan foydalanilgan. Rasadxona ulkan silindr shaklida bunyod etilgan; ayrim qo‗lyozmalarga ko‗ra, balandligi 31 m dan iborat 3 qavatli qilib qurilgan. Ulug‗bek rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908-yil V.L.Vyatkin rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari asosida topildi. Xususan, bu yerda diametri 48 m keladigan, qalinligi bir g‗isht bo‗lgan aylanma devor borligi va uning markazida qo‗shaloq yoydan iborat bosh qurilmaning qoldig‗i mavjud bo‗lganligi aniqlangan. Uning katta zallari, turli katta-kichik xonalari bo‗lgan. Boburning yozilishicha, Ulug‗bek rasadxonaning sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan. Ulug‗bek rasadxonasi me‘morchilikning o‗ziga xos, teng diametrli yumaloq uslubida bunyod etilgan. Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 m.li qo‗shaloq yoydan iborat kvadrat qurilma |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling