Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
50 
Qunduz, Badaxshon, 1505-yilda Xorazm, 1507-yilda Hirot ham Shayboniyxon qo‗l 
ostiga o‗tgan. Keyinroq Eronning Mashhad va Tuya shaharlarini ham egallagan. 1510-
yilda Marv yaqinidagi Tahrirobod qishlog‗ida Eron shohi Ismoil Safaviyning 12 ming 
kishilik askari bilan Shayboniyxon qo‗shini o‗rtasidagi jangda uning qo‗shinlari 
mag‗lubiyatga uchragan va Shayboniyning o‗zi halok bo‗lgan. Uning boshsiz tanasi 
Samarqanddagi Baland Sufaga dafn qilingan. Baland Sufa Registon maydonida, 
Tillakori va Sherdor madrasalari o‗rtasidagi burchakda joylashgan bo‗lib, bu yerga 
keyinchalik boshqa shayboniylar ham dafn etilgan. 
Me‘moriy obidaning bunyod etilgan sanasi haqida yagona bir to‗xtamga 
kelinmagan bo‗lsa-da, uning qurilishi Shayboniylar sulolasi davrida, XVI asrning 
boshlarida boshlangan, bitgan sanasi 1515-yil ekanligi ayrim manbalar orqali bizga 
yetib kelgan. 
Me‘moriy obidaning bunyod etilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan 
g‗isht, yog‗och, qum, tosh va shu kabi ashyolardan foydalanilgan. 
Me‘moriy obidaning uslubini yoritar ekanmiz, inshoot Sharq me‘morchiligi 
an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, ―Chor‖ uslubida bunyod etilgan. 
Me‘moriy obidaning nima vazifalarni bajarganligiga to‗xtaladigan bo‗lsak, o‗z 
nomidan ham ma‘lumki, inshoot ta‘lim maskani bo‗lib xizmat qilgan. 
 
Shayboniylar daxmasi
Samarqanddagi o‗rta asr me‘moriy 
yodgorligi hisoblangan Shayboniylar daxmasi 
XV asrda shayboniylar sulolasiga mansub 
hukmdorlar tomonidan bunyod etilgan qabr-
maqbaralar majmuidan iborat. 
Shayboniyxon 1510-yil Eron shohi 
Ismoil I Safaviy bilan bo‗lgan jangda halok 
bo‗lgach, Samarqandga olib kelinib, o‗zi 
qurgan madrasada marmar supa ostiga dafn 
etilgan. Supa ostiga Shayboniyxondan tashqari 
boshqa shayboniy sultonlar va malikalar: Mahmud Sulton (1503-1504-yillar oralig‗ida 
o‗ldirilgan), Maxdiy Sulton, Hamza Sulton (1511-yil o‗ldirilgan), Muhammad Temur 
Sulton (1511-yil vafot etgan), Qutlug‗ Muhammad Sulton (1545-yil v.e.), Abulxayr 
Sulton (1511-yil o‗ldirilgan), Yodgor Sultonim (1526-yil v.e.), Shahribonu xonim 
(1535-yil v.e.), Shoh Sulton xonim (1530-yil v.e.), Suyunch Muhammad Sulton 
(1586-yil v.e.)lar dafn etilgan. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling