Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
49 
hisoblanadi. Kvadratning janubiy qismi yer ostida, qolgan qismi shimoliy tomonda yer 
sathidan 30 m cha balandda joylashgan. Asbob aylanasida bir gradus yoy 701,85 mm 
va bir minut yoy 11,53 mm ga to‗g‗ri keladi. Rasadxona o‗rta asrlarda asbob-uskunasi 
jihatdan ham beqiyos bo‗lgan. Asbob astronomiyaning asosiy doimiyliklari – ekvator 
va ekleptika orasidagi burchakni o‗lchash, yillik protsessiya doimiysini, tropik yil 
davomiyligini va boshqa fundamental astronomik doimiyliklarni aniqlashga imkon 
bergan. Mirzo Ulug‗bekning eng yirik astronomik asari ―Ziji jadidi Ko‗ragoniy‖ ham 
rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati Ulug‗bek taklifi 
bilan yig‗ilgan mashhur olimlar G‗iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali 
Qushchi va boshqalar nomi bilan bog‗liq.
Rasadxona o‗z davrida yirik astronomik kuzatuv majmuasi vazifasini o‗tagan. 
Unda mavjud bo‗lgan asbob-uskunalar yordamida 
quyosh, oy, sayyoralar va alohida yulduzlar 
kuzatilgan.
Me‘moriy obidaning bugungi kundagi holati 
haqida 
gapiradigan 
bo‗lsak, 
mustaqillikka 
erishganimizdan keyin mamlakatimizdagi boshqa 
me‘moriy obidalar singari ta‘mirtalab qismlari qayta 
tiklandi. Bundan tashqari Samarqand shahrining 2750 
yilligi munosabati bilan ko‗pgina ishlar amalga 
oshirildi.
 
Shayboniyxon madrasasi. 
 
Shayboniyxon madrasasi Mehr Nigor xonim madrasasi deb ham ataladi. Chunki 
bu madrasani Shayboniyxon suyukli xotini Mehr Nigorga atab bunyod ettirgan. 
Me‘moriy obidani bunyod ettirishga homiylik qilgan Sulton Muhammad 
Shayboniyxon (1451-1510) Movarounnahrdagi shayboniylar sulolasi asoschisi, 
Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudog‗ sultonning o‗g‗li. Abulxayrxon unga Shohbaxt 
deb laqab qo‗ygan. Otasining erta vafotidan so‗ng bobosining qaramog‗ida qolgan 
Sulton Muhammad Shaybon Boyshayx otalig‗ida voyaga yetgan. U XV asrning 80-
yillarida Abulxayrxon vafotidan so‗ng Dashti Qipchoqning asosiy hududida o‗z 
hukmronligini o‗rnatmoqchi bo‗lgan. U 1490-yillardan o‗zaro kurashlar va ichki 
nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan Temuriylar hududi bo‗lgan 
Movarounnahrda ham o‗z hukmronligini o‗rnatish uchun harakat boshlagan. XV asr 
oxiri – XVI asr boshlarida Movarounnahrga qilgan yurishlari natijasida hokimiyat 
boshqaruvi uning qo‗liga o‗tgan. U o‗zbek, fors tillarida g‗azal, ruboiylar ham bitgan. 
Uning ana shu g‗azal, ruboiylaridan ayrimlari va ―Baxr-ul xudo‖ nomli dostoni, o‗g‗li 
Muhammad Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (yagona 
nusxasi Turkiyada saqlangan) bizgacha yetib kelgan. Shayboniyxon Turkistonning 
Sig‗noq, Sabron, Yassi shaharlarini ham o‗z qo‗l ostiga kiritgan. 1504-yil Hisor, 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling