Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
52 
bo‗lgan. Ayvonlar yozda darsxona vazifasini o‗tagan. 1960-1964-yillarda peshtoq 
qanoslaridagi koshinkori naqshlar qayta tiklangan. Shuningdek, Sherdor 
madrasasining Peshtoq ravog‗i tepasi diqqatga sazovor: qizg‗ish zarhal sher oq ohuni 
quvmoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq ko‗zli yuz shaklida tasvirlanib, zarhal tusli 
yog‗du bilan hoshiyalangan.
Madrasa hovlisi va undagi hujralar ham o‗z 
me‘moriy yechimlari bilan Ulug‗bek madrasasidan farq 
qiladi. Sherdor madrasasining devorlarida uni qurgan usta-
me‘mor Abdul Jabborning va me‘morchilik bezaklarini 
yaratgan mohir usta Muhammad Abboslarning nomlari 
abadiy muhrlanib qolgan.
Memoriy obidaning uslubi haqida gapirar ekanmiz
O‗rta 
Osiyo 
me‘morchiligida 
ko‗p 
uchraydigan 
gumbazsimon, qo‗sh va ―Chor‖ uslubidan keng foydalanilgan.
Madrasaning o‗ziga xos tomonlaridan biri shundaki, me‘moriy inshoot 
Ulug‗bek madrasasining ro‗parasida bir o‗q chizig‗i bo‗ylab joylashgan. Madrasa 
masjid vazifasini o‗tagan, hozirgi kunda esa muqaddas qadamjolarimizdan 
hisoblanadi. Yana shuni ham aytib o‗tish kerakki, madrasa o‗z davrida qurilgan 
boshqa madrasalardan me‘moriy yechimi bilan ajralib turgan. 
Mustaqillik yillarida me‘moriy inshootda bir necha bor ta‘mirlash ishlari olib 
borildi. Ayniqsa, Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan Samarqanddagi 
boshqa me‘moriy obidalar qatorida Sherdor madrasasi ham ta‘mirlandi. Madrasaning 
atroflari ko‗kalamzorlashtirilib, o‗zgacha chiroy kasb etdi.
Me‘moriy obidaga hukumatimiz tomonidan hamda Xalqaro tashkilotlar 
tomonidan berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, u ko‗pgina xalqaro 
sayyohlarning e‘tibor-markazida. Bundan tashqari, inshoot YUNESKO tashkilotining 
Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. Mamlakatimiz tomonidan berilayotgan 
e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, 2000-yil 30-avgustda ―Madaniy meros obyektlarini 
avaylab-asrash to‗g‗risida‖gi qonun va shu kabi huquqiy-me‘yoriy hujjatlar me‘moriy 
inshootning huquqiy kafolatidir. 
Madrasada tarixchi-arxeologlar, arxitektorlar tadqiqot ishlari olib borishdi va u 
haqida bir qancha ilmiy maqolalar, ilmiy ishlar yozildi. Hozirda madrasa davlat 
himoyasiga olingan tarixiy-moddiy yodgorlik hisoblanadi. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling