Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
54 
orasida Tillakori nomi bilan mashhur bo‗lgan. Bundan tashqari, dastlab madrasaning 
o‗rnida Mirzoyi karvonsaroyi bo‗lgan.
Me‘moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‗lsak, 
inshoot mamlakatimiz mustaqilligi davrida va undan oldin ham bir necha bor 
ta‘mirlangan. Jumladan hozirgi kunda me‘moriy inshoot muzey vazifasini o‗tamoqda. 
Me‘moriy inshoot ko‗pgina xalqaro sayyohlarning e‘tibor-markazida. Bundan 
tashqari, inshoot YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga 
kiritildi.
Madrasada tarixchi-arxeologlar, arxitektorlar tadqiqot ishlari olib borishdi va u 
haqida bir qancha ilmiy maqolalar, ilmiy ishlar yozildi. Hozirda madrasa davlat 
himoyasiga olingan tarixiy-moddiy yodgorlik hisoblanadi. 
Ishratxona arxitekturaviy yodgorligi 
 
Rivoyatlarga ko‗ra, bu inshootni Amir Temur 
xotinlaridan biriga atab maqbara sifatida qurdirgan. 
Maqbarani ko‗rgani kelgan Amir Temur uni 
muhtashamligidan hayratlanib, mahbubasiga bu 
maqbara emas, balki shod-hurramlik uyi – ishratxona 
bo‗lishi lozim degan. Boshqa rivoyatlarga ko‗ra, 
Bibixonim bunyod ettirgan. Maqbaraning nomi 
Ishratxona emas, Ashratxona (arabcha – o‗nta xonali) 
degan fikr ham bor. 
Biroq tarixiy hujjatlar bu inshootni Amir Temur vafotidan keyin bunyod 
etilganligidan dalolat beradi. 1464-yili Sulton Abu Saidning xotini Xabiba Sultonbeka 
tomonidan bevaqt vafot etgan qizi Sohib Davlatbeka sharafiga qurilgan. Inshoot vaqt 
o‗tishi bilan qattiq shikastlangan: asosiy gumbazning yuqori qismi va yon tomlari 
qulab tushgan, koshinlarining ko‗p qismi tushib ketgan. 1903-yilgi zilzilada gumbaz 
tamomila qulagan. 
Yodgorlik bir-biriga bog‗liq bir nechta murakkab binolardan iborat. Umumiy 
rejasi to‗rtburchak shaklda. Markaziy qismda bir vaqtlar bezakdor muhtasham zal 
bo‗lgan. Zalning janubi-sharqiy qanotiga miyonsaroy xonalari yondashib turgan. 
Shimoliy-g‗arb tarafida ularga simmetrik bo‗lib masjid tushgan. To‗rtta aylanma 
zinapoyadan ikkinchi qavatga chiqilgan. Bu yerda bir qancha hujralar bo‗lgan. 
Markaziy zaldan pastga sakkiz qirrali keng xonaga tushiladi. U yerda sag‗analar 
bor. Qachonlardir xonaning devorlari rang-barang naqshlar va toshlar bilan 
ziynatlangan; o‗ymakor marmar sag‗analar turgan bu xonaning zamini oq marmar 
bilan qoplangan. 
Ishratxonaning janubiy-g‗arbga qaragan qismi o‗z mutanosibligi jihatdan aniq 
qubbasimon peshtoq bilan ajralib turadi. Peshtoqning quyi qismi bo‗yiga ketgan 
qambar ravoqchalarga bo‗lingan, ikki yonida esa ikki qavatli ayvoncha bor. 
Ishratxonaning shimoli-sharqiy tarafi bezakli ravoqlardan iborat bo‗lib, ular 
chetdagi ayvonchalardan boshlanib, markaziy devor ravog‗iga qarab ko‗paya boradi. 
Ziynat berishda pushti rang va sayqallangan pishiq g‗ishtdan foydalanilgan. Ayrim 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling