Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
39 
Hovlining ikkinchi tomoniga, bu bino bilan yonma-yon, unga tik qilib g‗arb 
tomonda 1912-1914-yillarda katta badiiy ahamiyatga ega bo‗lgan noyob Oq zal 
qurilgan. Bu zal va uning dahlizi buxorolik ustalar tomonidan milliy uslubda ko‗rkam 
ishlangan. Oq zal ganchkorlik va ganch o‗ymakorligi san‘atining eng so‗nggi yutuqlari 
asosida usta Shirin Murodov rahbarligida 25-30 ta qo‗li gul ustalar tomonidan ikki yil 
davomida ajoyib qilib ishlangan. 
Bino ichi noyob me‘moriy yechimga ega. Oq zalning intererini bezatishda 
o‗sha davrgacha ma‘lum bo‗lgan eng yaxshi tajribalar o‗z aksini topgan. Devor va 
shiftlarda panno ko‗rinishidagi oynalar ustida ishlangan ganchkorlik mahsuli kishi 
ko‗zini 
qamashtirib 
yuboradi. 
Ishlatilgan oynalar devor va shiftda 
bejirim bezaklar ostidagi fon 
vazifasini bajargan.
Yangi saroy ―П‖ shaklida 
bunyod etilgan. Saroy rejasida, 
bezak va jihozlarida Sharq va 
yevropacha 
uslublar 
ma‘lum 
darajada uyg‗unlashgan. 1917-
1918-yillarda zinali hovuz barpo 
etilgan, u ansambl me‘morchiligida katta ahamiyat kasb etgan. 
1917-1918-yillarda hovlining uchinchi – shimol tomonida hovuz oldida 
yevropacha uslubda ishlangan peshayvonli bino qurilgan. Demak, me‘moriy 
kompleksni barpo yetishda aralash, milliy va yevropacha usullardan foydalanilgan. 
Sitorai Mohi Xosaga kiraverishda tashqi hovli, uning janubiy-g‗arbiy 
tomonida kichik hovlili xazinaxona, janubiy-sharqdagi qarama-qarshi burchakda yozgi 
dam olish joyiga kiriladigan darvoza bor. Yozgi dam olish joyi bog‗ning to‗rida 
bo‗lib, bino kichik hovli va hovuzchaga ega. Dam olish joyining atrofi baland imorat 
bilan o‗ralgan bo‗lgan. Bino assimetrik yechimda milliy tusda chiroyli ishlab 
chiqilgan. 
Me‘morchilikning keyingi tarixi Markaziy Osiyo, Turkiston, shu jumladan, 
Buxoroni ham rus qo‗shinlari tomonidan ishg‗ol etilishi bilan bog‗liq bo‗lgan. Avvalo, 
ularning manfaatini ko‗zlovchi ba‘zi bir inshootlar qurilgan. Temir yo‗l, 20 tacha 
kichik paxta tozalash zavodlari va boshqalar shular jumlasidandir. 
O‗sha davrda Buxoroda bir necha norozilik harakatlari bo‗lib o‗tgan. Ana 
shundaylardan biri 1919-yilda yuzaga kelgan. Biroq, 1920-yil 2-sentabrda rus 
qo‗shinlari tomonidan amirlik qulatilgan. Buxoro amirligining 16 vagon oltin, kumush 
va shunga o‗xshash boshqa qimmatli buyumlari tashib ketilgan. 
Rossiya tomonidan Buxoro xalq sovet respublikasi (BXSR) tashkil qilingan. 
1921-yil 14-martda BXSR bilan Rossiya o‗rtasida ittifoqchilik shartnomasi va 
iqtisodiy kelishuv imzolangan. 
Saroy Buxoro amiri Olimxonning yozgi qarorgohi bo‗lgan. Amir bu yerdan 
yozgi dam olish maskani sifatida foydalangan. Bundan tashqari Amir chet el 
elchilarini va rus vakillarini shu yerda qabul qilgan. 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling