Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

 
Chor Minor majmuasi 
 
Chor Minor me‘moriy obidasi Xalfa Niyozqul 
tomonidan bunyod etilgan. Ushbu inshootning 
qurilishiga homiylik qilgan Xalfa Niyozqul turkman 
urug‗idan bo‗lib, Amir Haydar hukmronligi davrida 
yirik davlat lavozimlarida ishlagan. U XIX asrning 
o‗rtalarida vafot etgan. 
Chor Minor Buxoroda mang‗itlar sulolasi 
hukmronligi davrida bunyod etilgan bo‗lib, uning 
o‗ziga xos tomoni shundaki, u to‗rtta minora bilan o‗rab olingan O‗rta Osiyodagi 
yagona inshoot hisoblanadi.
Chor Minor me‘morchilik majmuasi so‗nggi o‗rta asrlarning oxirgi davrlarida 
(XIX asrda), 1807-yilda bunyod etilgan. Me‘moriy obidaning qurilishida har xil 
o‗lchamdagi xom va pishgan g‗ishtlar, loy, yog‗och, tosh va shunga o‗xshash 
mahsulotlardan keng foydalanilgan. 


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
37 
Majmua
chor qavatli minora, an‘anaviy usulda qurilgan masjid, bir qavatli 
madrasa, atrofi bir qavatli hujralar bilan o‗ralgan hovlidan iborat. Sinchli peshayvon 
tipidagi masjid hovlining janubiy-g‗arbiy burchagida joylashgan (nomi ham shundan). 
Minoralarning tepa qismi gumbaz shaklida yakunlangan bo‗lib, ular sirkori koshinlar 
bilan bezatilgan. Ikki qavatli xonaning birinchi qavati miyonsaroy ko‗rinishida bo‗lib, 
izoralari toshlar bilan qoplangan, tomi gumbazli, ikkinchi qavati kutubxona
kutubxonaning shifti pastak gumbazli bo‗lib, sodda muqarnaslar halqasi bilan 
to‗ldirilgan. Ikkinchi qavatga minoralarning biridagi zina orqali chiqiladi.
U o‗z davrida masjid, madrasa, darveshlar va musofirlar tunab qolishi mumkin 
bo‗lgan xonaqoh vazifasini bajargan. Chor Minor majmuasi Sharq me‘morchilik 
an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, an‘anaviy ―Chor‖ uslubda bunyod etilgan. 
Me‘moriy obida bugungi kunda ham o‗z davridagi vazifasini saqlab qolgan.
U Buxoro shahridagi boshqa me‘moriy obidalar qatorida YUNESKO 
tashkilotining ―Butun Jahon madaniy yodgorliklari‖ ro‗yxatiga kiritildi. O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan 2000-yil 30-avgustda ―Madaniy 
meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish‖ hamda 2008-yil 12-
sentabr ―Muzeylar to‗g‗risida‖gi qonunlari madaniy meros obyektlarining huquqiy 
kafolatidir. Yuqoridagi qonunlar ijrosi sifatida me‘moriy obidaning ta‘mirtalab 
qismlari qayta tiklandi, yon-atroflari ko‗kalamzorlashtirildi.

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling