Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 34 g‗ishtlar, loy, yog‗och, maxsus ―qir‖ qotishmasi, tunuka, marmar, sement, tosh, ganch va shunga o‗xshash ashyolardan keng foydalanilgan. Me‘moriy obidaning dizayni haqida gapiradigan bo‗lsak, hovli atrofida 4 tomondan 2 qavatli kichik hujralar bilan o‗ralgan. Hujralarga o‗ymakori uslubida bezatilgan eshiklar, eshiklar tepasidagi tobadonga panjaralar o‗rnatilgan. Hovliga pishiq g‗isht yotqizilgan. Bosh tarzi maydonga qaragan. Old tomonida hovuz bor. Peshtog‗i o‗ziga xos mahobatli va serhashamdir. Undagi o‗simliksimon naqshlar orasida quyoshga intilayotgan afsonaviy xumo qushi va bug‗uning o‗tlab yurgan tasviri koshinkori bezaklari yorqin bo‗yoqlarda aks ettirilgan hoshiyalari madrasa peshtoqiga, kitobasiga arabiy yozuvlar bitilgan. Ustun go‗shasi burmasimon. Peshtoqining 2 yon qanotidagi 2 qavatli 3 tadan chuqur ravoqli peshayvon alohida zeb berib pardozlangan burchaklaridagi 2 guldasta ravoqdagi naqshlar bilan o‗zaro uyg‗unlashgan. Madrasa tarhi 52x49 m., hovli 34x30 m. ni tashkil etadi. Me‘moriy obida Sharq me‘morchiligi an‘analariga tayangan, naqshinkor, ―Chor‖ uslubida bunyod etilgan. Madrasa o‗z davrida ilm-ma‘rifat o‗chog‗i bo‗lgan, u yerda talabalarga diniy va dunyoviy fanlardan saboq berilgan. Me‘moriy obidaning o‗ziga xos tomonlari haqida gapiradigan bo‗lsak, inshoot dastlab karvonsaroy sifatida qurilgan, xonning qarori bilan madrasa holiga keltirilgan. Unda madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona yo‗q. Madrasa fasadining bezatilishi, fantastik qush tasvirining tushirilishi kabi jilolar bilan e‘tiborlidir. Shu tomonlari bilan Buxorodagi boshqa me‘moriy obidalardan ajralib turgan. Me‘moriy obidaning bugungi kundagi holati: Madrasa bir necha marta ta‘mirlanib, gumbaz, ravoq va devorlaridagi namlik yo‗qotilib, buzilib ketgan hujralari qayta tiklanganligini, Samarqand va Buxoro ustalarining sa‘y-harakatlari bilan bosh tarzi qayta jilolanganligini aytib o‗tishimiz lozim. 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Nodir Devonbegi madrasasi ham qayta ta‘mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. Davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjarlari me‘moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling