Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fayzobod xonaqohi
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 32 Fathulla Qushbegi madrasasi Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida Buxoroning eski shahar qismida bunyod etilgan Fathulla Qushbegi madrasasi shu nomdagi shaxs tomonidan qurilgan. Fathulla ibn Mahmud (?-1597) Miyonqolda tug‗ilgan. Buxoro xonligida Parvonachi, Pirmuhammadxon davrida Shig‗ovul lavozimida ishlagan. Iskandar va Abdullaxon II hukmronligi davrida esa Qushbegi lavozimida faoliyat yuritgan. Abdullaxoning maxsus buyrug‗i bilan davlat xazinasi hisobidan Buxoroda madrasa bunyod ettirishda faol ishtirok etgani uchun u qurdirgan madrasa xalq orasida Fathulla Qushbegi nomi bilan mashhur bo‗lgan. Fathulla Qushbegi madrasasi XVI asrning so‗nggi choragida, 1585-1586- yillarda bunyod etilgan. U Sharq me‘morchilik an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, ‖Chor‖ uslubida bunyod etilgan. Me‘moriy obidani bunyod etilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan g‗isht, tosh, loy, yog‗och va shunga o‗xshash mahsulotlardan foydalanilgan. Inshoot madrasa, qishgi va yozgi masjid, darsxona, kutubxona va hujralardan iborat. Binoning old tomoni 2 qavatli, qolgan tomonlari 1 qavatli. Bino burchaklarida burjlar ishlangan, sirti sirkor parchinlar bilan bezatilgan. Uning umumiy tuzilishi Buxoroning boshqa madrasalaridan biroz farq qiladi. Darsxona atrofidagi 9 ta xonaning usti gumbazlar bilan yopilgan. Binoning ichki tuzilishi ham o‗ziga xos bezaklangan. Hovli 44 ta bir qavatli xonalar bilan o‗ralgan. Tashqi ayvonning ko‗cha tomoni past devor bilan to‗silgan. Fathulla Qushbegi madrasasi XX asrning o‗rtalarida buzilib ketgan. Fayzobod xonaqohi Buxoro shahridagi Fayzobod xonaqohi shayboniylar davlati amaldorlaridan biri bo‗lgan Do‗stum Devonbegi tomonidan bunyod etilgan. U Buxoro xonligida, Abdullaxon II davrida davlatning devonbegisi – bosh vaziri lavozimida, keyinchalik moliya va xazina ishlari bilan shug‗ullangan mansabdor shaxs bo‗lgan. Xonaqoh so‗nggi o‗rta asrlarning dastlabki bosqichida, 1598-1599-yillarda bunyod etilgan. Uning qurilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan g‗isht, loy, yog‗och, toshlar va shunga o‗xshash ashyolardan foydalanilgan. Xonaqoh ko‗p xonali, peshtoq- gumbazli, tarhi 35x28,8 m. Markazida gumbazli katta xonaqoh (12,7x12,7 m), 3 tomondan ravoqli bostirma (galereya) o‗rab turadi. Old tomonida ulkan peshtoq, 2 yon tomonida 2 qavatli hujralar hamda ravoqli yo‗lak joylashgan. Peshtoq va hujralar tobadoniga ganchkori panjaralar ishlangan, xonaqoh gumbazi 8 qirrali poygumbazga o‗rnatilgan. Xonaga yorug‗lik poygumbazdagi darchalardan tushadi. Uning ichi, gumbaz osti qirma pardozi naqsh bilan nafis bezatilgan. Kulrang va sariq ganchdan o‗yib islimiy naqsh ishlangan. Bag‗allari muqarnas bilan, hoshiyasi sodda naqshlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling