Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 33 bilan ziynatlangan. Xonaqoh Sharq an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, ―Chor‖ uslubida bunyod etilgan. Bu inshoot Buxorodagi boshqa me‘morchilik namunalaridan biroz kichikroq bo‗lsa-da, pishiqligi, ixchamligi bilan boshqa obidalardan farq qilib turadi. Fayzobod xonaqohi ochiq ravoqli galereya shaklida qurilganligi bilan ajralib turadi. 1997-yil Buxoro shahrining 2700 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me‘moriy inshootlar qatorida Fayzobod xonaqohi ham ta‘mirlandi. Inshoot atrofidagi yo‗llarga toshlar yotqizildi va sayirgohga aylantirildi. Xonaqoh o‗z davrida darveshlar va musofirlar uchun e‘tiqod joyi bo‗lishi bilan birga, boshpana vazifasini ham bajargan. Nodir Devonbegi madrasasi Buxoro shahrining Labi hovuz ansambli sharqiy qismida joylashgan Nodir Devonbegi madrasasi Buxoro xoni Imomqulixonning vaziri Nodir Devonbegi (Nodir mirzo Tog‗ay ibn Sulton) tomonidan bunyod etilgan. U yuz urug‗i boshliqlaridan bo‗lib, XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida yashab faoliyat ko‗rsatgan. Madrasa 1622-1623-yillar oralig‗ida bunyod etilgan. Bu so‗nggi o‗rta asrlar davriga to‗g‗ri keladi. Me‘moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy shart-sharoit haqida gapiradigan bo‗lsak, Imomqulixon taxtga chiqishidan biroz oldin taxtda Boqi Muhammad (1601-1605) hukmronlik qilar edi. U 1602-yilda Eron Safaviylariga zarba berib, Balxni kuch bilan bo‗ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi. 1605-yil Boqi Muhammad vafot etgach, ukasi Vali Muhammad taxtga o‗tqazildi. Ichki kurashlar yana avj oldi. Qabila beklari xon hokimiyatiga bo‗ysunmay, muholifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirilganligidan xabar topgan Vali Muhammad farzandlarini olib Eronga qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadning o‗g‗li Imomqulixonni (1611-1642) o‗tkazadilar. U Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo‗shinlarini tor-mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoladi. Vali Muhammad asir olinib, qatl qilinadi. 1613-yilda Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o‗z tasarrufiga kiritdi. O‗g‗li Iskandar sultonni Toshkent hokimi etib tayinladi. Iskandar sulton boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko‗paytirib, aholiga qattiq zulm o‗tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qo‗zg‗olon ko‗tarildi va Iskandar sulton o‗ldirildi. Bu voqeadan xabar topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo‗shin tortdi. Qo‗zg‗olonchilar ayovsiz jazolandilar. Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Imomqulixondan keyin Nodir Muhammad (1642-1645) davrida ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi. Nodir Devonbegi madrasasi bunyod etilgan davrda Buxoro xonligida Ashtarxoniylar sulolasi hukmronlik qilar edi. Me‘moriy obidaning bunyod etilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling