Fuqarolik huquqida mualliflik va uning huquqiy asoslari


Download 75.3 Kb.
bet1/6
Sana22.02.2023
Hajmi75.3 Kb.
#1220013
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mualliflik huquqi


MUALLIFLIK HUQUQI OBYEKTLARI VA ULARNI HIMOYA QILISH






KIRISH





I BOB.

FUQAROLIK HUQUQIDA MUALLIFLIK VA UNING HUQUQIY ASOSLARI






1.1.

Mualliflik huquqi tushunchasi, uni himoya qilish






1.2.

Mualliflik huquqi obyektlari va ularning amal qilish doirasi..





II BOB.

O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGIDA MUALLIFLIK HUQUQI OBYEKTLARINING HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI






2.1.

Mualliflik huquqi obyektlari va mulk huquqi obyektlari: ularning birligi va o'ziga xosligi.






2.2.

Mualliflik huquqini himoya qilish: tartibi va usullari………








XULOSA









FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI





KIRISH
Jahon miqyosida intellektual mulk, jumladan, mualliflik huquqi muhofazasini ta‘minlash va uning himoyalanganlik darajasini kuchaytirish iqtisodiy taraqqiyot hamda mamlakatni investitsion jozibadorligini oshirishning muhim kafolatlaridan sanaladi. Shu boisdan ham keyingi yillarda barcha davlatlarda mualliflik huquqini himoya qilish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bu ijodkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta‘minlash hamda mualliflik haqini adolatli tartibda to’lanishiga erishish, asarlardan ruxsatsiz foydalanish, ularning o’zlashtirilishi oldini olish va bunday holatlarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini kuchaytirish hamda internet tarmog’ida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar muhofazasini ta‘minlash zaruratining kuchayib borayotganligidan dalolat beradi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari iqtisodiyotida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar katta daromad keltiruvchi sohaga aylanib ulgurgan. Shundan kelib chiqib, hozirgi kunda mualliflik huquqini muhofaza qilishning zamonaviy huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish sohasida ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.


Biz elektron ommaviy axborot vositalarida asar yoki u haqidagi ma‘lumotlarni o’z nomi ostida chop etish ham mualliflikni tasdiqlashning bir usuli sifatida qaralmoqda. Bundan tashqari, nashr etish bu muntazam jurnallar tarmoq versiyalarida ham bo’lishi mumkin yoki maxsus xizmatlar "Amazon.com" kabi portallarni ushbu turga kiritishimiz mumkin. Bunday xizmatda ro’yxatdan o’tish va u yerda muallifning tarkibini topish haqiqati muallif huquqlarining isboti bo’ladi . Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarda ham muallif tomonidan muayyan postlarning joylashtirilishi, ya‘ni barchaning e‘tiboriga yetkazish ham mualliflik huquqi faktini tasdiqlashga tenglashtiriladi. Bevosita, O’zbekiston Respublikasining ―Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida‖gi qonuniga asosan, barchaning e‘tiboriga yetkazish — asarlarni yoki turdosh huquqlar obyektlarini simlar yoki simsiz aloqa vositalari orqali telekommunikatsiya tizimlaridan foydalanuvchilar o’z tanloviga ko’ra istalgan joyda va istalgan vaqtda ulardan foydalana olishi mumkin bo’lgan tarzda barchaning e‘tibori uchun yuborishdir.



Download 75.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling