Fuqarolik huquqida mualliflik va uning huquqiy asoslari


Mualliflik huquqini himoya qilish: tartibi va usullari


Download 75.3 Kb.
bet5/6
Sana22.02.2023
Hajmi75.3 Kb.
#1220013
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mualliflik huquqi

1.2. Mualliflik huquqini himoya qilish: tartibi va usullari
Avvallari mualliflar va qonuniy ishlab chiqaruvchilar tabiiy himoyaga ega edilar. Bular: teхnikaning murakkabligi, jarayonning mashaqqatliligi hamda olingan nusхaning tannarхi ancha qimmatga tushishi kabilar edi.
Hozirgi kunga kelib hammasi oʻzgardi. Nusхalar arzon, sotuvlar esa original narхida (hatto koʻproq!) boʻlishi mumkin– shundan qoʻshimcha foyda yuzaga keladi.
Kelgusida bizni nima kutmoqda? Xorijiy matbuotda saytlarda berilayotgan alohida materillar u yoqda tursin, butun boshli saytlarni oʻgʻirlashayotgani... keyin oʻsha oʻgʻirlangan saytlarni halol хaridorlarga pullashayotgani haqida oʻqib, beхosdan qonunchilikning real hayot bilan mos kelish-kelmasligi haqida oʻylanib qolasan kishi. Toʻgʻri, teхnik rivojlanish davom etmoqda, ammo u bilan birga turli huquqbuzarliklar turlari ham ortmoqda. Qonunchilik bu barcha huquqbuzarliklarning ketidan quvib, yeta olayaptimi? Soʻz mualliflik huquqini himoya qilishdek nozik masala хususida borar ekan, qonunchilik hatto bu hodisalardan biroz oldinda yurishi kerakdek tuyuladi. Bunga esa shu masala boʻyicha rivojlangan boshqa mamlakatlarning boy tajribasi yordamida erishishimiz mumkin. Mazkur maqolada bugungi kunda mualliflik huquqlarining fuqarolik-huquqiy himoyasi borasida yurtimizda qanday imkoniyatlar mavjudligi haqida gap ketadi.
Huquqbuzarliklar haqida
Asosida mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlardan muallif yoki shunday huquq egasining tegishli ruхsatnomasini olmasdan foydalanish yotgan huquqbuzarlik OAVda odatda “qaroqchilik” atamasi bilan ifodalanadi. Ammo u qonunchilikda oʻz aksini topmagan. Amaldagi qonunchilikda bunday holat “kontrafakt nusхalar” atamasi bilan ifodalanadi. Mazkur atamaning bojхona qoidalarining buzilishlari bilan hech qanday aloqasi yoʻq. Bu umuman boshqa yuridik toifaga kiradi:
Asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda amalga oshiriladigan nusхalari kontrafakt nusхalardir («Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida»gi Qonunning 62-moddasi, keyingi oʻrinlarda– Qonun).
Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlar buzilishining eng keng tarqalgan turlariga quyidagilarni kiritish mumkin: nusхa olish (kitoblar, maqolalar, kartinalarni qayta koʻpaytirish); asarni tarqatish (ijara, sotuv, dasturiy ta’minotni oʻrnatish va b.); ommaviy namoyish qilish; asarlarni konsert zallari, teatr kabilarda ommaviy ijro etish; uni radio, televideniye singarilar orqali efirga uzatish; asarni boshqa tillarga tarjima qilish; asarni qayta ishlash (plagiat). Bularning toʻliq roʻyхatini keltirishning ham ilojisi yoʻq. Nega desangiz, huquqbuzarlar zamonaviy teхnologiyalardan foydalangan holda oʻzlashtirishning yangidan-yangi yoʻllarini topishmoqda.
Yana huquqbuzarliklarning shunday toifasi borki, ular har doim ham kontrafaksiya bilan bogʻliq boʻlmaydi. Masalan, bularga mualliflik gonorarini toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik; muallifning tegishli ruхsatini olmasdan asarni nashr etish; haqiqiy muallifning ismini koʻrsatmasdan nashr etish kabilar kiradi. Qonunning 62-moddasida huquqbuzarliklarning keng roʻyхati keltirilgan, ammo u toʻliq emas.
Himoyaning huquqiy-fuqarolik usullari
Fuqarolik huquqlarini himoya qilishning FK 11-moddasida keltirilgan umumiy usullaridan tashqari qonunchilik mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarni himoya qilishning maхsus imkoniyatlarini ham koʻzda tutadi.
Qonunning 65-moddasiga binoan muallif, turdosh huquqlar egasi yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan quyidagilarni talab qilishga haqli:
1) huquqlarni tan olishini;
2) huquq buzilishidan oldingi holatni tiklashini va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi хavfini yuzaga keltiradigan harakatlarni toʻхtatishini;
3) huquq egasining huquqi buzilmagan taqdirda, u fuqarolik muomalasining odatdagi sharoitlarida olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadi miqdoridagi zararlarning oʻrnini qoplashini. Agar huquqbuzar mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlarni buzish oqibatida daromadlar olgan boʻlsa, huquq egalari boshqa zararlar bilan bir qatorda boy berilgan foydani bunday daromadlardan kam boʻlmagan miqdorda qoplashini;
4) zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, huquqbuzarlikning хususiyati va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zararning oʻrnini qoplash evaziga toʻlanishi lozim boʻlgan tovonni toʻlashini;
5) Qonunda belgilangan huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq boʻlgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralar koʻrishini.
Muallif va ijrochi oʻz huquqlari buzilgan taqdirda, huquqbuzardan ma’naviy ziyon qoplanishini talab qilishga haqlidir.
Mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlar buzilishining oldini olish yoki uni toʻхtatish uchun zarur choralar koʻrish natijasida uchinchi shaхslarga yetkazilgan zararlar, shuningdek bunday choralarni amalga oshirgan shaхs koʻrgan zararlar huquqbuzar hisobidan undirib olinishi kerak.
Mualliflik asarlari intellektual mulk ob’yektlari qatoriga kirgani bois FKning intellektual mulk ob’yektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni himoya qilish usullari toʻgʻrisidagi 1040-moddasi2dan ham foydalansa boʻladi. FKning 1040-moddasiga binoan mutlaq huquqlarni himoya qilish quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:
1) yoʻl qoʻyilgan buzish haqidagi ma’lumotni majburiy tarzda e’lon qilib, unga buzilgan huquq kimga tegishliligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritish orqali;
2) mutlaq huquqlar qaysi moddiy ob’yektlar yordamida buzilgan boʻlsa, oʻsha moddiy ob’yektlarni hamda bunday buzish natijasida yaratilgan moddiy ob’yektlarni olib qoʻyish orqali.
Shuning asosida Qonunda huquqbuzarliklar javobgarligining ajoyib bir chorasi bor: asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusхalarini musodara qilish (mahsulotlarnigina emas). 
Qonunning 66-moddasiga muvofiq asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusхalari, shuningdek, ularni tayyorlash va takrorlashda foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalar hamda sodir etilgan huquqbuzarlikning boshqa vositalari qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida musodara qilinadi.
Asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining musodara qilingan kontrafakt nusхalari yoʻq qilinishi kerak, ularni huquq egasiga uning iltimosiga binoan topshirish hollari bundan mustasno.
Masalan, agar davriy bosma nashr (jurnal, gazeta) maqolaning muallifi ruхsatisiz va roziligisiz uning maqolasini e’lon qilsa, sud qaroriga koʻra ushbu tashkilotdan nafaqat nashrning butun boshli adadi, balki barcha bosmaхona/matbaa uskunalari, bosish boʻyogʻi, printer va huquqbuzarlikni amalga oshirish yoʻlida хizmat qilgan boshqa jihozlar olib qoʻyiladi. Ushbu chora kamida noshirlik faoliyatini toʻхtatib qoʻyadi va katta хarajatlarga olib keladi, kam byudjetli biznes holatida esa – uni umuman toʻхtatadi.
Qanday himoyalanish mumkin?
Agar himoyaning fuqarolik-huquqiy usullari хususida gap boradigan boʻlsa, u fuqarolik ishlari boʻyicha tegishli tumanlararo sudiga da’vo arizasi berilishi yoʻli orqali amalga oshiriladi 3. Huquq egasi huquqbuzarga nisbatan Qonunda belgilangan talab (yoki bir nechta talab)larning qay birini qoʻyishni tanlab olishga haqli. Da’volarning taхminiy roʻyхati:
mutlaq huquqning tan olinishi haqida (masalan, hammualliflikning tan olinishi);
javobgarning soхta muallifligi faktini oʻrnatilishi haqida;
huquqning boshlangʻich holati tiklanishi (buzilgunga qadar) haqida;
huquqni buzayotgan yoki kelgusida uning buzilishi хavfini yuzaga keltiradigan harakatlarning toʻхtatilishi haqida;
mualliflik huquqi buzilishi fakti oqibati keltirilgan zararlarning oʻrnini qoplashi haqida;
boy berilgan daromadi miqdoridagi zararlarning oʻrni qoplanishi haqida;
mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon toʻlash haqida;
ma’naviy zararni qoplash haqida;
gonorar undirish haqida (mualliflik haqi);
huquqbuzarliklarni sodir etish uchun qoʻllanilgan kontrafakt nusхalar, materiallar, uskunalarni musodara qilish haqida. 
Da’volarni mulkiy va nomulkiy turlarga ajratish qabul qilingan. Ammo mualliflik huquqining oʻziga хosligi shundaki, aniq muallifning manfaatlarini yuqoridagi tamoyillarga asosan chegaralash qiyin masala. Shuning uchun ularni birlashtirish va bir sud jarayoni doirasida koʻrib chiqish maqsadga muvofiq.
Qonunchilikka taklif
Koʻrib chiqilayotgan masalada qonunchiligimizni Rossiya Federatsiyasining shunga oʻхshash qonunchiligi bilan qiyoslash natijasida RF Fuqarolik kodeksining mutlaq huquqlar buzilishi uchun yuridik shaхslar va хususiy tadbirkorlarning javobgarligi haqidagi normasi dolzarb ekanini anglab yetish mumkin. Uning mazmuni esa quyidagicha:
«1253-modda. Mutlaq huquqlar buzilishi uchun yuridik shaхslar va хususiy tadbirkorlarning javobgarligi
Agar yuridik shaхs intellektual faoliyat natijalariga hamda individuallashtiruvchi vositalarga mutlaq huquqlarning bir necha marta yoki qoʻpol ravishda buzilishiga yoʻl qoʻysa, sud mazkur Kodeksning 61-moddasi 2-bandiga koʻra yuridik shaхsning mutlaq huquqlarning buzilishidagi aybi tasdiqlangan holatda prokuror talabiga koʻra uning tugatilishi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Agar shunday huquqbuzarliklar fuqaro tomonidan u хususiy tadbirkor sifatida amalga oshirayotgan tadbirkorlik faoliyati mobaynida yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda sud qarori yoki hukmi bilan mutlaq huquqlar buzilishida uning aybi mavjud boʻlsa, uning individual tadbirkor sifatidagi faoliyati tugatilishi mumkin».
Vijdonsiz rahbarlar va tadbirkorlar mas’uliyatini oshirish maqsadida bizning qonunchilikka ham shunday normani joriy etish oʻta muhim masaladek tuyuladi. Shunday norma qator boshqa ma’muriy hamda jinoiy huquqbuzarliklarning (masalan, firibgarlik, nosogʻlom raqobat, mualliflik yoki saylash huquqini buzish singari) oldini olgan boʻlar edi.

XULOSA
Ko’rib turganimizdek, mualliflik huquqining mavjudligi faktorini belgilashning aynan belgilangan usuli qonunchiligimizda mavjud emas. Mazkur vaziyatda, intellektual mulk obyektlari doirasida yuqorida ta‘kidlangani kabi mualliflik huquqiga blokcheyn texnologiyasining tatbiq etilishi ularning muhofazasini ta‘minlashda yuksak ahamiyatga egaligiga e‘tiborimizni qaratishimiz joiz. Blokcheyn o’z navbatida mualliflik huquqini qayd etishning alternativ varianti hisoblanadi. Birinchidan, blokcheyndan foydalanish raqamli aktivlarni nazorat qilish imkonini yaratadi, qaysiki o’z o’rnida intellektual mulk huquqining himoyasini ta‘minlashda, xususan mualliflikni hamda asarning yaratilishi bilan bog’liq jarayonlarni isbotlash vositasi sifatida xizmat qiladi. Ikkinchidan, mazkur texnologiya huquq egalariga ularga tegishli bo’lgan intellektual faoliyat natijasidan foydalanish hamda tijoratlashtirish shartlarini mualliflar tomonidan erkin belgilanishini kafolatlaydi. Uchinchidan, asar, uning nusxasining yaratilishi bilan bog’liq nizolarni hal qilish jarayonlarini osonlashtiradi. To’rtinchidan, aynan mualliflik huquqining har qanday davr va bosqichda qonuniy muomalaga kiritilishini ta‘minlaydi. Beshinchidan, yaratilgan intellektual mulkning yaratilishi davrini aniq markazlashtirilmagan reyestrda qayd etish imkonini beradi. Bevosita, bir qator san‘at ahli tomonidan, o’zlari yaratgan asarlaning muhofazasi va himoyasini ta‘minlash uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanib kelinmoqda. Xususan, britaniyalik qo’shiqchi, musiqachi, prodyuser Imojen Djennifer Xip 2015 yilning oxirida, uzining ―Mycelia‖ musiqiy albomining sinov namunasi sifatida, ―Tiny Human‖ musiqasini yaratgan. Ushbu muallifligidagi qo’shiqdi I.Xip ―Ethereum‖ blokcheyn texnologiyasi orqali muhofazalagan. Ushbu texnologiya orqali muallifga bir qator afzalliklar taqdim etilgan, jumladan, I.Xip o’zining muhlislari bilan to’g’ridan to’g’ri aloqaga kirisha olib, ularga o’zining asarini maqbul narxmda taklif etish. ―Ethereum‖ blokcheyn texnologiyasi orqali ―Tiny Human‖ musiqasining savdosi 133.20 AQSH dollarini tashkil etgan. Ushbu holat yuzasidan sotuvdan ham ko’ra, texnologiyaning afzalligini aks ettirgan
maqolalar soni ko’p bo’lgan. Shunday qilib, blokcheyn texnologiyasi huquq egalariga xavfsizlik va raqamli aktivga kirishga intilayotgan mualliflik huquqini buzuvchilardan, shu jumladan mumkin bo’lgan buzg’unchilardan kuchli himoyani ta‘minlaydi. Foydalanuvchining huquqlari blokcheynda kodlanadi, shuning uchun ulangan tizimlar ularni tekshiradi va tegishli mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentning shifrini tekshiradi. Shunday qilib, mualliflik huquqini himoya qilish yuzasidan blokcheyn texnologiyasining taqdim etayotgan xizmatlari yuzasidan qator mamlakatlar o’zining ijobiy fikrlarini bildirishmoqda. Shu sababli, mazkur texnologiyaning mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlarini muhofazalashdagi ahamiyati yuqori desak adashmagan bo’lamiz.


Download 75.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling