Amir temur 1336-yilning 9-aprelida keshning hoja ilgʻor qishlogʻida
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
AMIR TEMUR (1)
AMIR TEMUR AMIR TEMUR 1336-YILNING 9-APRELIDA KESHNING HOJA ILGʻOR QISHLOGʻIDA (QASHQADARYO ,SHAHRISABZ) TAVALLUD TOPADI. UNING OTASI TARAGʻAY BAHODIR CHIGʻATOY ULUSINING EʼTIBORLI BEKLARIDAN ,ONASI BUXOROLIK DIN PESHVOSI MOVLONO AL-BUXORIYNING QIZI BOʻLGAN. YOSHLIK YILLARI Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Amir Temur yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va harbiy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib voyaga yetgan.Amir Temur juda erta taʼlim olishni boshlagan u hatto madrasaga chiqqanida yozuv taxtasidagi mumkin oʻzi oʻchira olmagan va madrasaga qoʻshni yoshi katta bolalar bilan borgan. Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Shu tufayli oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlaritoʻplanishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar boʻlishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qoʻshinida lashkarboshilik darajasigacha koʻtarilganlar. AMIR TEMUR SHAXSI Temurning zamondoshi , uni 1401 yildan beri shaxsan bilgan Ibn Arabshoh shunday deydi: “Temur yaxshi qaddi-qomatli, baland boʻyli, peshonasi ochiq, boshi katta, ovozi kuchli, kuchi uning jasoratidan kam emas edi; yorqin qizarish yuzining oppoqligini jonlantirdi. Uning keng yelkalari, qalin barmoqlari, uzun sonlari va kuchli mushaklari bor edi. U uzun soqol qo'ygan; o‘ng qo‘li va oyog‘i shikastlangan. Uning nigohi juda mehrli edi. U o‘limdan nafratlanar, o‘limida 70 yoshga to‘lganidan biroz tortinchoq bo‘lsa-da, hali ham o‘z dahosini ham, qo‘rqmasligini ham yo‘qotmagan edi. U yolg'onning dushmani edi; hazillar uni qiziqtirmasdi. U qanchalik qattiqqoʻl bo'lmasin, haqiqatni tinglashni yaxshi ko'rardi. Yaxshi yoki yomon muvaffaqiyatlar uning kayfiyatiga ta'sir qilmadi. Jasur askarlarning do'sti, o'zi jasoratga to'la, u o'zini hurmat qilishga va itoat qilishga majburlashni bilardi” Yozma manbalarda 1362 yilda Seiston yaqinida turkmanlar bilan boʻlgan jangda Temur oʻqlardan yaralangani; Oqibatda u umrining oxirigacha o‘ng oyog‘i oqsoqlanib, o‘ng qo‘li qurib qolgan. Buyuk Jangchi Amir Temur kuchli va yingilmas jangchi edi.U ikkala qoʻlida qilich ushlab ikki xil usul bilan jang qila olgan.Amir Temurni bilganlar bir necha kishi boʻlsa ham u bilan toʻqnash kelishdan qoʻrqqan.Janglarda oldi safda turib ishtirok etgan. Askarlari esa uning shijoatidan quvvat olishgan Amir Temur davlatining tashkil topishi Xondamirning yozishicha, otasi amir Taragʻoy Amir Temurni avval (1355) amir Joku barlosning qizi Nurmushk ogʻoga, soʻngra oʻsha yili (1355) Qazagʻonning nabirasi va amir Husaynning singlisi Oʻljoy Turkon ogʻoga uylantiradi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn oʻrtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurashadilar. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yoʻlidagi harakati 14-asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi. 14-asr ning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning oʻzaro kurashi kuchayib, amir Qazagʻon oʻldirildi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, ogʻir tanglik sodir boʻldi.Amir Temur va Amir Husayn mugʻullarga qarshi jang boshladi 1361-yil oxirida ular moʻgʻul qoʻshinlarini Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga muvaffaq boʻladilar.Biroq, Movarounnahrni qoʻldan chiqarishni istamagan Ilyosxoja 1365-yil ning bahorida yana Turkiston ustiga qoʻshin tortadi. Toshkent bilan Chinoz oraligʻida ikki oʻrtada sodir boʻlgan jang tarixda „Loy jangi“ nomi bilan shuhrat topadi. Jangda amir Husaynning xiyonati oqibatida magʻlubiyatga uchraydilar va oʻz qoʻshinlari bilan Amudaryo boʻylariga chekinib, Balx viloyatida oʻrnashdilar. Ilyosxoja esa hech qanday qarshilikka uchramay Xoʻjand, Jizzax va boshqa bir qancha shahar hamda qishloqlarni egallab, Samarqand ustiga yuradi. Amir Husaynning bu ishidan soʻng ularning oʻrtasida ochiqdan-ochiq dushmanlik paydo boʻladi.Amir Husayn 1370-yilga qadar Amir Temurning Movarounnahrni markazlashtirilgan davlatga aylantirish yoʻlidagi saʼy harakatlarida asosiy toʻsiq boʻlgan. 1370-yil Balx shahri boʻsagʻasida boʻlgan jangʻda Sohibqiron Amir Husaynning qoʻshinini tor-mor etadi va uni asirga olib qatl etadi. Balxga yurish paytida Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qoʻllab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi katta nogʻora va bayroq tortiq qiladi. Shubhasiz bu voqea katta siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. 1370-yilning 11-aprelida Chigʻatoy ulusining barcha beklari, amirlari, viloyat va tumanlarning dorugʻalari hamda Termizning sayyidlari shuningdek Amir Temurning yoshlikdan birga boʻlgan quroldosh doʻstlari va piri Sayyid Barakaning ishtirokida oʻtkazilgan qurultoyda anʼanaga koʻra chingiziylardan Suyurgʻatmishxon mamlakat hukmdori deb eʼlon qilingan boʻlsada, amalda markaziy hokimiyatni Amir Temur oʻzi boshqardi, viloyatlardagi hokimiyatni oʻgʻillari, nabiralari va yaqin amirlari orqali idora qildi. Samarqand Amir Temur davlatining poytaxtiga aylantirilib, oʻsha yilning yozida shahar devori va qalʼasi tiklandi, saroy va qasrlar bino qilindi. AMIR TEMURNING YURUSHLARI. Amir Temur taxtga o‘tirgach, Chig‘atoy ulusining barcha yerlariga o‘zini voris deb bildi. Sohibqiron Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlarni, Toshkent viloyatini, Farg‘ona vodiysini va Xorazmni o‘z hukmronligi ostiga kiritdi. Amir Temur1372-yildan boshlab Xorazmga besh marta harbiy yurish qildi va Xorazm 1388-yilda uzil-kesil bo‘ysundirildi.1381-yilda Hirot, Seyiston, Mozandaron egallandi. Shundan so‘ng Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor shaharlari jangsiz Amir Temurga bo‘ysundi va uning tasarrufiga o‘tdi. Shunday qilib,Amir Temur Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni birlashtirib, yirik markazlashgan davlat tuzdi. AMIR TEMUR bundan tashqari Hindiston,Oltin Oʻrda va Usmonli turklar imperiyasi bilan boʻlgan janglarda gʻalabaga erishdi. OLTIN OʻRDA. Amir Temur shu bilan birga shimoliy-gʻarbdan, yaʼni Oltin Oʻrda tomonidan boʻlayotgan tazyiqqa barham berish maqsadida Toʻxtamishga qarshi 3 marta qoʻshin tortishga majbur boʻldi. U 1389-yilda Dizaq (Jizzax)ning Achchiq mavzeida, 1391-yilning 18-iyunida (hozirgi Samara bilan Chistopol shaharlari orasida joylashgan Qunduzcha daryosi vodiysida va nihoyat, 1395-yilda 28 fevralida Shimoliy Kavkazda Terek daryosi boʻiida Toʻxtamish qoʻshiniga qaqshatqich zarba beradi .Amir Temur harbiy yurishlari natijasida Quyi Idil (Volga) viloyatlari, Saroy Berka, Saroychik va Hojitarxon (Astraxon) kabi shaharlar egallandi . Amir Temur Toʻxtamishni quvib Ryazan viloyatigacha bordi va Yelets shahrini ishgʻol qildi. Sharafuddin Ali Yazdiy Amir Temurning Moskva istilosini shunday taʼriflaydi: „Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning shaharlaridan erdi, tavajjuq qildi. Anda yetkonda nusratshiʼor cheriki ul viloyatni (shahar va atrofini) chobtilar va andagʻi hokimlarni tobeʼ qildi. Va cherikning eliklariga sonsiz mol tushti…“ („Zafarnoma“, 179-bet). Bu urushda Azaq (Azov), Kuban va Cherkas yerlari ham kuchli aziyat chekkandi. Qizigʻi shundaki, Amir Temur Idilning Turotur kechuvi boʻyida Oʻrusxonning oʻgʻli Quyrichoq oʻgʻlonni chaqirtirib, unga qoʻlga kiritilgan sobiq Joʻchi ulusini inʼom etdi. Rossiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiyparnmnt yozishlaricha, Amir Temurning Toʻxtamish ustidan qozongan gʻalabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek tarqoq Rus knyazliklarining birlashishi uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan. Shundan soʻng Amir Temur butun eʼtiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392 — 96) urush davomida Gʻarbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada muzaffariylar va jaloiriylar sulolasining hukmronligi barham topdi. Amir Temurning Hindiston istilosi (1398-yil may — 1399-yil mart) qariyb 11 oy davom etdi. Amir Temur Hindistondan katta oʻlja, shu jumladan 120 jangovar fil bilan qaytdi. Amir Temurning 1399—1404-yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida Shomning Halab (Aleppo), Xums, Baalbek (Baʼalbak), Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Arabning Ubuliston oʻlkasi (qad. Kappadokiya) bilan Bagʻdod, shuningdek Turkiyaning katta qismi zabt etiladi. Anqara jangida Amir Temur jahonning buyuk sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim ustidan gʻalaba qozondi. Turk sultoni asirga olindi. U bilan birga xotini serb malikasi Olivera, oʻgʻillari Muso va Iso Chalabiylar ham asirga tushdilar. Soʻng, Amir Temur Anadolu yarim orolini egallab, Oʻrta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. Soʻngra, Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari unga taslim boʻldilar, Misr ham oʻz itoatkorligini izhor etdi. Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir shaharlarini egallab, Vizantiya va butun nasoro olamining Boyazidga yigʻib bergan bojlaridan iborat katta boylikni qoʻlga kiritdi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va javohirlarning oʻzi kattagina karvonga yuk boʻlgan. Bandi qilingan Boyazid oʻrdugohga olib kelingach, Amir Temur unga hurmat va ehtirom koʻrsatdi. Uning vafotidan soʻng (1403-yil 9-mart) esa vorislariga himmat koʻzi bilan boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi. Chunonchi Boyazidning toʻngʻich oʻgʻli Sulaymon Chalabiyni turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinladi. Edirne (Adrianopol) shahri uning poytaxti qilib belgilandi. Anadoluning shimoliy-gʻarbiy qismi suyurgʻol sifatida Iso Chalabiyga inʼom qilinib, Bursa shahri uning poytaxtiga aylantirildi. Usmoniy turklar davlatining markaziy qismini boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi. Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404-yil 27-noyabrda 200 ming qoʻshin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning 1405-yilning 18-fevralida Oʻtrorda vafoti sababli amalga oshmay qoldi Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling