Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishratxona arxitekturaviy yodgorligi
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 54 orasida Tillakori nomi bilan mashhur bo‗lgan. Bundan tashqari, dastlab madrasaning o‗rnida Mirzoyi karvonsaroyi bo‗lgan. Me‘moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‗lsak, inshoot mamlakatimiz mustaqilligi davrida va undan oldin ham bir necha bor ta‘mirlangan. Jumladan hozirgi kunda me‘moriy inshoot muzey vazifasini o‗tamoqda. Me‘moriy inshoot ko‗pgina xalqaro sayyohlarning e‘tibor-markazida. Bundan tashqari, inshoot YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. Madrasada tarixchi-arxeologlar, arxitektorlar tadqiqot ishlari olib borishdi va u haqida bir qancha ilmiy maqolalar, ilmiy ishlar yozildi. Hozirda madrasa davlat himoyasiga olingan tarixiy-moddiy yodgorlik hisoblanadi. Ishratxona arxitekturaviy yodgorligi Rivoyatlarga ko‗ra, bu inshootni Amir Temur xotinlaridan biriga atab maqbara sifatida qurdirgan. Maqbarani ko‗rgani kelgan Amir Temur uni muhtashamligidan hayratlanib, mahbubasiga bu maqbara emas, balki shod-hurramlik uyi – ishratxona bo‗lishi lozim degan. Boshqa rivoyatlarga ko‗ra, Bibixonim bunyod ettirgan. Maqbaraning nomi Ishratxona emas, Ashratxona (arabcha – o‗nta xonali) degan fikr ham bor. Biroq tarixiy hujjatlar bu inshootni Amir Temur vafotidan keyin bunyod etilganligidan dalolat beradi. 1464-yili Sulton Abu Saidning xotini Xabiba Sultonbeka tomonidan bevaqt vafot etgan qizi Sohib Davlatbeka sharafiga qurilgan. Inshoot vaqt o‗tishi bilan qattiq shikastlangan: asosiy gumbazning yuqori qismi va yon tomlari qulab tushgan, koshinlarining ko‗p qismi tushib ketgan. 1903-yilgi zilzilada gumbaz tamomila qulagan. Yodgorlik bir-biriga bog‗liq bir nechta murakkab binolardan iborat. Umumiy rejasi to‗rtburchak shaklda. Markaziy qismda bir vaqtlar bezakdor muhtasham zal bo‗lgan. Zalning janubi-sharqiy qanotiga miyonsaroy xonalari yondashib turgan. Shimoliy-g‗arb tarafida ularga simmetrik bo‗lib masjid tushgan. To‗rtta aylanma zinapoyadan ikkinchi qavatga chiqilgan. Bu yerda bir qancha hujralar bo‗lgan. Markaziy zaldan pastga sakkiz qirrali keng xonaga tushiladi. U yerda sag‗analar bor. Qachonlardir xonaning devorlari rang-barang naqshlar va toshlar bilan ziynatlangan; o‗ymakor marmar sag‗analar turgan bu xonaning zamini oq marmar bilan qoplangan. Ishratxonaning janubiy-g‗arbga qaragan qismi o‗z mutanosibligi jihatdan aniq qubbasimon peshtoq bilan ajralib turadi. Peshtoqning quyi qismi bo‗yiga ketgan qambar ravoqchalarga bo‗lingan, ikki yonida esa ikki qavatli ayvoncha bor. Ishratxonaning shimoli-sharqiy tarafi bezakli ravoqlardan iborat bo‗lib, ular chetdagi ayvonchalardan boshlanib, markaziy devor ravog‗iga qarab ko‗paya boradi. Ziynat berishda pushti rang va sayqallangan pishiq g‗ishtdan foydalanilgan. Ayrim |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling