Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

Ollohqulixon madrasasi 
Xiva shahrida Ollohqulixon madrasasi 
Xiva xoni, qo‗ng‗irotlar sulolasining yirik 
vakillaridan biri Ollohqulixon tomonidan 
bunyod etilgan. 
Ollohqulixon (taxm. 1794-1842) – Xiva 
xoni (1825-1842) – Muhammad Rahimxonning 
o‗g‗li. Uning davrida Xivada karvonsaroy, tim, 
111 xona va bo‗lmali Toshhovli saroyi, Ichan 


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
63 
qal‘a sharqiy darvozasiga tutashtirib qurilgan Ollohqulixon madrasasi, Oq masjid, 
Saitboy masjidi, Toshhovuz qal‘asi (1835-1836) va boshqa inshootlar qurilgan. Yangi 
kanallar qazdirib sug‗oriladigan yerlarni kengaytirgan. Xiva shahrining obodonchiligi 
uchun ko‗p mehnat sarf qilgan. Ollohqulixon davrida koshinpazlik (koshinkorlik) 
san‘ati yuksak cho‗qqiga chiqqan. Pahlavon Mahmud maqbarasi va Ko‗hna Ark 
koshinlar bilan bezatilgan. Sayid Alovuddin maqbarasi va boshqa ko‗pgina tarixiy 
obidalar ta‘mirlandi. Arabxon va Muhammad Amin Inoq madrasalari qaytadan qurildi. 
Xiva shahrining atrofi mudofaa devori bilan o‗rab olingan (1842). Ichan qal‘a 
tashqarisida yashayotgan aholini himoya qilish maqsadida Dishan qal‘a (Tashqari 
qal‘a) qurilgan. Ollohqulixon 1842-yil Chorjo‗yga yurish qilib, qal‘ani qamal qilgan 
paytda og‗ir kasalga duchor bo‗lib, orqaga qaytishga majbur bo‗lgan va 23 noyabrda 
vafot etgan. Uni o‗zi hayot vaqtida tayyorlab qo‗ygan Pahlavon Mahmud maqbarasida 
dafn etishgan. 
Madrasa so‗nggi o‗rta asrlarning oxirlarida, 1834-1835-yillar oralig‗ida bunyod 
etilgan. 
Bu davrda Ollohqulixon Buxoro bilan sulh tuzilganligiga qaramay 7 marta 
Buxoro xonligi hududiga yurishlar qilib, qishloqlarni talab qaytgan. Xurosonga 5 
marta yurish qilgan. Qoraqalpoq va Turkmanlarning qo‗zg‗olonlarini beshafqat 
bostirgan (1828-yil). Rossiya bilan elchilik va savdo munosabatlarini mustahkamlagan 
(1840-1841-yillar). Bundan tashqari, Ollohqulixon hukmronligi davrida ko‗pgina 
obidalar qad rostladi. Borlari ta‘mirlandi. Bir so‗z bilan aytganda, me‘morchilik, 
san‘at va ko‗pgina sohalar rivojlandi. 
Me‘moriy obida qurilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan g‗isht, loy, 
tunuka, sement, ganch yog‗och, maxsus ―qir‖ qotishmasidan va shunga o‗xshash 
ashyolardan foydalanilgan. 
Ollohqulixon madrasasi to‗g‗ri to‗rtburchak tarhli (62,45x47,0 m), peshtog‗i 
g‗arbga qaragan inshoot bo‗lgan. Bosh tarzini miyonsaroy, masjid va darsxona hamda 
2 qavatli hujralar egallagan. Eshikdagi yozuvda binoning qurilgan sanasi saqlangan. 
Hovli (34,6x29,4 m) tomoni o‗ziga xos, undagi 2 qavatli qator hujralar Polvon 
darvozaning kichik gumbazlari ustiga va qisman tim gumbazlari chekkasiga 
joylashgan. Masjid va darsxona (4,8x4,8 m) tuzilishi bir xil. Usti yarim aylana 
shaklidagi pastak gumbaz bilan yopilgan. Devorlaridagi chuqur ravoqlar hisobiga xona 
keng ko‗rinadi. Ayvon (5,5x5,5 m) madrasa g‗arbida joylashgan, mehrobi ganchli 
muqarnasdan ―iroqi‖ uslubida bezatilgan. Hujralar (99 ta)ning har birida bittadan 
eshik, tobadoniga panjaralar o‗rnatilgan. 
Me‘moriy inshoot Sharq an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan. O‗rta Osiyo 
me‘morchiligida keng tarqalgan qo‗shmadrasa va ―Chor‖ uslubida bunyod etilgan. 
Me‘moriy obidaning o‗ziga xos tomoni shundaki, u Ko‗kaldosh madrasasi kabi 
sun‘iy tepalikda (balandligi 3 metr) joylashgan. Shu tufayli qo‗shni binolardan ancha 
baland ko‗rinadi. Inshoot so‗nggi o‗rta asrlarning ilm maskani sifatida faoliyat 
yuritgan. 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling