Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 59 munosabati bilan Xiva shahridagi boshqa me‘moriy obidalar qatorida Sherg‗ozixon madrasasi ham ta‘mirlandi. Madrasa Ichan qal‘a me‘moriy obidalari tarkibida YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritilgan. Muhammad Amin Inoq madrasasi Xiva shahrida, Ichan qal‘a markazida joylashgan Muhammad Amin Inoq madrasasi qo‗ng‗irotlar sulolasidan bo‗lgan Xiva xoni Muhammad Amin inoq tomonidan bunyod etilgan. Mardasa qurilishiga homiylik qilgan Muhammad Amin inoq (taxminan 1730-1790- yillar) – Xiva xonligini idora qilgan va inoqlardan bo‗lgan qo‗ng‗irot sulolasi asoschisi. Muhammad Amin inoq 1761-yilda inoqlik lavozimiga ko‗tarilgan. Turkmanlarning yovmut va chovdur qabilalariga qarshi kurash olib borgan, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchrab Buxoroga, Doniyolbiy otaliq yoniga ketgan. Xorazmni butunlay egallab olgan yovmutlar Xiva taxtiga G‗oyibxonning o‗g‗li Jahongirxonni ko‗targanlar. Uning davrida (1769-1770) besh qal‘a (Hazorasp, Xonqa, Urganch, Kat va Shohobod)da ocharchilik va vabo tarqalib o‗zbeklar Orol va Buxoroga ketganlar. 1770-yilda Muhammad Amin inoq Buxorodan qaytib kelib yovmutlarni Xorazmdan quvg‗in qilgan, taxtga Abulxayrxonning o‗g‗li Bo‗lakayxonni o‗tqazgan. Muhammad Amin inoq xon avlodidan bo‗lmagani uchun taxtga qo‗g‗irchoq xonlarni o‗tqazib, hokimiyatni ular nomidan boshqara boshlagan. Muhammad Amin inoq 20 yil mobaynida 13 marta Xiva xonini almashtirgan. Xorazmlik tarixchilar (Munis, Ogahiy, Bayoniy va boshqalar) Muhammad Amin inoq hukmronligi davri xususida ancha iliq fikr bildirganlar. Uning davrida Xiva shahrida Muhammad Amin Inoq madrasasi qurildi (1765), shaharning Nodirshoh bosqinida vayron bo‗lgan devori va darvozalari qayta tiklandi (1785), Xivaning Jome‘ masjidi qayta qurilib, uning yonida chiroyli minora qad ko‗targan (1789). Muhammar Amin Inoq madrasasi so‗nggi o‗rta asrlarda, 1765-yilda bunyod etilgan. Madrasani bunyod etishda har xil o‗lchamdagi g‗isht va toshlardan, loy, yog‗och, tunuka, sement, marmar, har xil qimmatbaho toshlar va shunga o‗xshash mahsulotlardan keng foydalanilgan. Me‘moriy obidaning umumiy ko‗rinishi haqida gapiradigan bo‗lsak, madrasa bosh tarzi maydonga qaragan. Janubiy peshtoqdan 3 gumbazli miyonsaroy orqali to‗g‗ri to‗rtburchak tarhli hovliga (25,4x24 m) kiriladi. Hovli atrofida bir qavatli |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling