Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
55 
g‗ishtlar orasidagi choklarga lojuvard yoki ko‗k sirli koshinlar ishlatilgan. Inshootning 
turli joylaridagi hoshiyalarga rang-barang naqshli, yumaloq yoki tuxumsimon bezaklar 
bilan jilo berilgan. 
Ishratxona Markaziy Osiyoda yangi uslubda barpo etilgan inshootlardan. Uning 
konstruksiyasida bir-biri bilan kesishadigan to‗rtta ravoq kabi yangi uslub 
qo‗llanilgan. Bu uslub gumbazli binolarni yanada mustahkam bo‗lishini ta‘minlagan. 
Turli qismlarida yangi qurilish uslubining o‗nlab variantlari ishlatilgan. Bunday katta 
inshootni bezash, pardozlash, ziynatlashda ham yangi usullardan foydalanilgan. 
Devoriga naqsh solishda kundal uslubi birinchi bor shu yerda ishlatilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
56 
XIVA ME’MORCHILIGI 
 
Ichan qal’a 
Ichan 
qal‘ada 
me‘moriy 
va 
shaharsozlik kompozitsiyalarini o‗rganish 
uchun keng imkoniyatlar mavjud. Ichan 
qal‘a Xivaning ichki qal‘a qismidir. U 
Dishan qal‘adan kungurador devor bilan 
qisman ajratilgan. Dishan qal‘adan baland 
qo‗rg‗ontepaga o‗xshab ko‗rinadi. Ichan 
qal‘aga Bog‗cha, Polvon, Tosh va Ota deb 
nomlangan darvozalaridan kirilgan. 
Ichan qal‘aning yaratilish tarixi uch 
davrga bo‗linadi: mo‗g‗ullar istilosidan keyingi tiklanish (Sayd Alovuddin maqbarasi 
va boshqalar), XVI-XVII asrlardagi tiklanish (Anushaxon hammomi, 1657-yil; 
peshayvonli Oq masjid, 1675-yil; Xo‗jamberdibek madrasasi, 1688-yil; xonning 
qabulxonasi, 1686-1688-yillar), XVIII-XX asrlardagi tiklanish. 
Uchinchi davrda mahalliy me‘morchilik an‘analari asosida masjid, madrasa, tim 
va toqlar qurilgan, Ota va Polvon darvozalari orasida katta yo‗l o‗tkazilgan, masjid 
qayta qurilgan, minoralar qad rostlagan. Qutlug‗ Murod Inoq madrasasiga qaratib tim 
va toqlar qurilgan. Muhammad Rahimxon (1806-1825-yillar), Ollohqulixon (1825-
1842-yillar), Muhammad Aminxon (1845-1855-yillar) hukmronligi yillarida bu yerda 
qurilish avj olib ketgan. Muhtasham saroy, madrasa, maqbaralar barpo etilgan. 
Toshhovli saroyi qurilgan. Pahlavon Mahmud maqbarasi qad ko‗targan. Kalta Minor 
yuzaga kelgan va hokazo. 
Ichan qal‘a qurilishida Markaziy Osiyoda qadimdan qo‗llanib kelingan uslub – 
inshootlarni yuzma-yuz qurish uslubi (qo‗sh)dan foydalanilgan. 
Binolarning alohida ansambl holida qurilishi ham Xiva me‘morchiligining 
o‗ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi. Masalan, Juma masjid yonida ikkita kichik 
madrasa, Muhammad Amin Inoq va Muhammad Amin Atpanoboy minorasi hamda 
Matniyoz Devonbegi madrasasi qurilishi ancha yirik ansamblni tashkil etgan. Polvon 
darvoza oldida bir necha masjid va madrasalar, hammom, toqi, karvonsaroy va xon 
saroyini barpo etilishi o‗ziga xos ansamblni tashkil etgan. Qutlug‗ Murod Inoq bilan 
Ollohqulixon madrasasi, Tosh hovli bilan Oq masjid o‗rtasidagi maydoncha shu 
ansamblning kompozitsion markaziga aylangan. Xiva yodgorliklari yog‗och 
o‗ymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqa rang-barang 
naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. 
Shaharning vertikal dominanti – koshinlari quyoshda yaltirab turuvchi Islom 
hoji minorasidir. Minora bilan uning yaqinidagi Pahlavon Mahmud maqbarasining 
gumbazi bilan birgalikda tevaraklaridagi pastroq inshootlarni yaxlitlikka keltirib 
turadi. Maqbara ro‗parasida supa tarzli Sherg‗ozixon madrasasi qurilgan. 
Ichki shaharning asosiy ko‗chalari Xivaning rabotida – tashqi shaharda, Dishan 
qal’ada davom etib, to‗rt tarafidagi boshqa shahar va qishloqlarga olib boradi. Dishan 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling