tayyorladi: Xolmatov Azimbek o’qituvchi: Abduqodirov Jasur - “Ichan qal’a”- o’rta asrlardagi yirik va noyob me’moriy yodgorlik. Xivaning ichki ya’ni shahriston qismi. Ichan qal’a shaharning dishan(tashqi) qala qismi bilan kungurador devor bilan ajratilgan. U dishan qal’adan baland qo’rg’ontepaga o’xshab ko’rinadi. Qal’aga 4ta darvoza orqali kirilgan bo’lib, ular: bog’cha darvoza, tosh darvoza, polvon darvoza hamda ota darvozalaridir.
Ichan qal’a “ichan qal’a” majmuasi: - Xorazm me’morchiligining ajoyib obidalari: masjid, madrasa, saroy va minoralar asosan, Ichan qal’ada joylashgan.
- Xorazm me’moriy obidalarinig yaratilish tarixi 4ta davrga bo’linadi. Birinchi davr: xorazmning qadimiy davridan to mo’g’ullar istilosiga qadar. Ikkinchi davr: xorazmning mo’g’ullaR istilosidan keying tiklanish davri. Bu davrda sayyid aluvuddin maqbarasi va boshqa mahobatli binolar qurilgan. uchinchi davr: xvi-xvii asrlar ya’ni abulg’oziyxin hamda asfandiyorxonlarning hukmronlik davri. Bu davrda anushaxon hammomi(1657), peshayvonli oq masjid(1675), xo’jamberdibek madrasasi(1688) kabilar bunyod etilgan. To’rtinchi davr: xviii-xx asrlarni qamrab oladi. Bu davrda polvon darvozasidan ota darvozasigacha kata yo’l o’tkazildi.
Ichan qal’a “ichan qal’a” majmuasi: - Xviii asr oxirida juma masjid qayta qurildi va uning yonida baland minora qad ko’tardi. Qal’aning xaroba devorlari va bir qancha obidalar qayta ta’mirlandi. 1840-1842- yillarda qutlug’ murod inoq madrasasi qarshisida tim va toqilar barpo etildi. M.rahimxon(1806-1825) olloqulixon(1825-1842) m.aminxon(1845-1855) davrida ichan qal’ada qurilish ishlari avj oldi. Ichan qal’a qurilishida xiva me’morlari qadimdan o’rta osiyoda qo’llanib kelingan usul ya’ni “qo’sh” ro’parama-ro’para qurish usulidan foydalanishgan. Yana bir o’ziga xos xususiyati shuki, binolar alohida ansambl holida qurilgan. Ichan qal’a ansambli 1961-yil me’moray yodgorlik sifatida muxofazaga olinib, muzeyga aylantirilgan. 1990-yildan Ichan qal’a butunjahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritilgan. 1997-yilda xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan ta’mirlash ishlari olib borilgan.
Ichan qal’a E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |