olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz
57
qal‘ada jami o‗nta darvoza bo‗lib, ulardan shimol tomondagi Urganchga olib
boradigan ochiq qiyofali Qo‗sh darvoza o‗ziga alohida e‘tiborni tortadi.
Kalta Minor
Kalta Minor Muhammad Aminxon madrasasi yonida
1855-yilda qurila boshlangan. Xonning fikricha, bu minora
Markaziy Osiyodagi minoralarning eng go‗zali, eng kattasi
va eng balandi bo‗lishi kerak edi, lekin uning xotinining
bevaqt o‗limi tufayli minora oxirigacha qurilmay chala
qolgan; Kalta nomi ham ana shundan qolgan. Inshootning
hozirgi balandligi 26 m, asosining diametri 14,2 m ni tashkil
etadi. O‗z salobati, ko‗lami, oq, yashil, feruza rangdagi
koshinli naqshlari bilan minora jozibadordir. Uning bezagida
ko‗k-feruza rangli koshinlar ko‗p ishlatilgan, shu tufayli u
Ko‗k Minor deb ham ataladi.
Pahlavon Mahmud maqbarasi
Xiva arxitektura yodgorliklaridan biri
Pahlavon Mahmud maqbarasidir. U moviy
gumbazli xonaqoh, maqbara va ziyoratxonadan
iborat kompleksdir. Maqbara Pahlavon Mahmud
daxmasi ustida, 1664-yilda qurilgan kichik sinch
imorat o‗rnida 1810-1835-yillarda bunyod
etilgan. Unga peshtoqli darvozaxona orqali
kiriladi, so‗ng kichik hovliga o‗tiladi. Qarshida
buyuk peshtoq va gumbazli xonaqoh, maqbara,
g‗arbda qorixona, sharqda nafis o‗ymakor ustunli ayvon joylashgan. Hovli sahnida
―muqaddas‖ quduq bor.
Xonaqoh peshtoqining yuzasi g‗ishtin; gumbazi moviy rang sirkor koshinlar
bilan bezatilgan. Maqbaraning ichkarisi ham gumbaz qubbasigacha moviy rang sopol
bilan juda nozik va nafis ishlangan. Bezak gullar orasidagi so‗zlar Pahlavon Mahmud
ruboiylaridan keltirilgan.
1913-yilda Pahlavon Mahmud maqbarasi hovlisining g‗arbiga ikki qavatli
qorixona, uning qarshisiga ayvon qurilgan. Kompleks Xiva me‘morchiligining noyob
namunasi bo‗lib, unda XIX asrdagi badiiy san‘at uslubi yorqin aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |