Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
65 
Me‘moriy obida bunyod etilgan davrda zulm, talonchilik, o‗zaro urushlar 
kuchaygan. Ollohqulixon Buxoro bilan sulh tuzilganligiga qaramay 7 marta Buxoro 
xonligi hududiga yurishlar qilib, qishloqlarni talab qaytgan. Xurosonga 5 marta yurish 
qilgan. Qoraqalpoq va Turkmanlarning qo‗zg‗olonlarini beshafqat bostirgan (1828-
yil). Rossiya bilan elchilik va savdo munosabatlarini mustahkamlagan (1840-1841-
yillar). Bundan tashqari, Ollohqulixon hukmronligi davrida ko‗pgina obidalar qad 
rostladi. Borlari ta‘mirlandi. Bir so‗z bilan aytganda, me‘morchilik, san‘at va ko‗pgina 
sohalar rivojlandi. 
Me‘moriy obidani bunyod etilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan g‗isht, 
tosh, tunuka, sement, qum, loy, yog‗och, maxsus ―qir‖ qotishmasidan va shunga 
o‗xshash ashyolardan foydalanilgan. 
Karvonsaroy to‗g‗ri to‗rtburchak tarhli (69,0x58,0 m), burchaklariga guldasta – 
minoralar ishlangan. Karvonsaroyga shimol va janubdagi peshtoq orqali kiriladi. 
Uning keng hovlisi (46,3x42,4 m) va hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar (4,6x2,9 m) bir 
xil hajmda 105 tani tashkil qiladi. Hujralar hovli sahniga qaratilgan. Burchaklaridagi 8 
ta hujralar (5x5 m) gumbazi baland qilib ishlangan, ular eshik tepasidagi tobadon 
panjaralari orqali yoritiladi. Tomi balxi gumbazli. Hovliga kiriladigan yo‗lak 2 
tomondan peshtoq bilan chegaralangan. Peshtoq qanotlari ichida 2-qavatga olib 
chiqiladigan aylanma zinalar bor.
Karvonsaroy Sharq me‘morchilik an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, 
―Chor‖ uslubida bunyod etilgan. 
Karvonsaroyning tashqi va ichki tuzilishida o‗ziga xos tomonlar bor. Masalan, 
shu tipdagi binolarda ichkariga maxsus xonalar orqali aylanib o‗tilsa, bu yerda 
ichkariga yuklar bilan 2 gumbaz ostidan to‗g‗ri o‗tish mumkin. Hovli o‗rtasi ot 
aravaga mol yuklashga qulaylashtirilganligi bilan karvonsaroy talablariga javob 
bergan va o‗z davrida chet davlatlardan keladigan savdo karvonlariga maishiy xizmat 
ko‗rsatilgan hamda karvonsaroy pastidagi xonalarda yuk saqlangan, yuqoridagilaridan 
mehmonxona sifatida foydalanilgan joy vazifasini bajargan.
Ollohqulixon karvonsaroyi mustaqillikka qadar va mustaqillikdan so‗ng bir 
necha bor ta‘mirlangan. 1967-yil 30-noyabrda O‗zbekiston Respublikasi 
hukumatining 616-sonli qarori bilan Xiva shahridagi 26 gektar maydondagi Ichan 
qal‘a devorlari chegarasida joylashgan 51 dona me‘moriy yodgorliklar, majmualar 
negizida ―Ichan qal‘a Davlat me‘moriy qo‗riqxonasi‖, 1969-yilda esa Dishan qal‘a 
hududidagi yodgorliklarni qo‗shib ―Ichan qal‘a Davlat tarixiy me‘moriy-muzey 
qo‗riqxona‖ deb e‘lon qilinib, shaharning Bosh rejasida uning muhofaza qilish 
chegaralari va shaharning rivojlanishining asosiy yo‗nalishlari belgilangan. Bundan 
tashqari, Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Xiva shahridagi boshqa 
me‘moriy obidalar qatorida Ollohqulixon karvonsaroyi ham ta‘mirlandi. Me‘moriy 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling